|
Transport vositalarining yurish ravonligi xususiyatlari
|
bet | 25/26 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #111382 |
Bog'liq 3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari-fayllar.orgTransport vositalarining yurish ravonligi xususiyatlari
Avtomobilning yurish ravonligi xususiyati deb, har qanday yo‘l sharoitida uzoq vaqt davomida notekis yo‘llarda ekspluatatsion tezlik bilan haydovchi va passajirlarni ortiqcha yoqimsiz hissiyotlarni gallayontirmasdan va charchatmasdan, hamda avtomobil agregat va detallarini ortiqcha dinamik yuklantirmasdan yura olish qobiliyatiga aytiladi.
Ma’lumki, harakat paytida majburiy tebranma harakatning kelib chiqish sababi: bu g‘ildirak bilan er orasidagi notekislik, g‘ildiraklarning notekis aylanishi shuningdek shinaning bir jinsli bo‘lmaganidir.
Past va balandliklarning uzunlik to‘lqini 100 m dan 10 sm gacha bo‘lsa, bunday yo‘lni mikroprofil deyiladi. Bu esa asosan kuch manbay bo‘lib avtomobilning osmalarini tebranma harakat qilishga majbur etadi.
Uzunlik to‘lqini 25 m dan ortiq bo‘lsa makroprofil deyiladi.
Avtomobilnning yurish ravonligi o‘lchagichlari va ko‘rsatkichlari
Avtomobil agregatlari bir –biri sharnirli yoki elastik biriktirilgani sababli harakat vaqtida yo‘nalishda tebranadi. Tebranish sabablaridan biri qiymati va yo‘nalishi o‘zgaruvchi kuchlar ta’siridir. Tebranish bir tomondan passajirlar va haydovchida yomon tuyg‘u hosil qilsa, ikkinchi tomondan detallarning eyilishini kuchaytiradi. Tebranish vaqtida avtomobilning harakatiga qarshilik ortgani sababli uning yonilg‘i sarfi ko‘payadi. Haydovchi notekich yo‘llarda tezlikni kamaytirishga majbur bo‘ladi, shunda avtomobilning ish bajarish qobiliyati ham pasayadi.
Avtomobilning tebranishi quyidagi o‘lchamlarga bog‘liq:
a) tebranish amplitudasi
b) tebranish chastotasi
v) tebranish tezlanishi
g) tebranish tezlanishining vaqt birligi ichida o‘zgarishi
Bu ko‘rsatkichlar laboratoriya va yo‘l sharoitida o‘tkazib aniqlanadi.
Bir massali sistemaning tebranishi
Tebranishga har xil faktorlarning ta’sirinin o‘rganish uchun bitta erkinlik darajasiga ega bo‘lgan jism tebranishini tekshiramiz.
m massali jism bikrlikka ega prujinaga maxkamlangan bo‘lsin. Prujinaga yuk qo‘yilmasdan oldin jism 1 holatda bo‘ladi. YUk qo‘yilgandan keyin esa uning og‘irligi kuch ta’sirida siljishga ega bo‘ladi (II-holat). Jismni muvozanatdan chiqarish uchun prujina siqib, keyin qo‘yib yuboriladi va uning erkin tebranma harakati hosil qilinadi.
Erkin tebranma harakat tiklovchi kuch ta’sirida hosil bo‘ladi. Majburiy tebranma harakat – tiklovchi va ta’sir qiluvchi kuch ta’sirida sodir bo‘ladi.
III holat oraliq bo‘lib, pastdan yuqoriga kuch ta’sir etadi.
Bu erda:
jism og‘irligi
prujina bikrligi
jism og‘irligi ta’sirida
neytral holatga nisbatan jismning surilishi
Bu kuch jismning harakati davomida og‘irlik kuchiga va inersiya kuchining yig‘indisiga teng.
Ko‘rilayotgan holatda (III holatda) harakat sekinlanuvchan bo‘lgani uchun formula oldiga (-) ishora qo‘yiladi.
Bundan: yoki
Bu differensial tenglama bo‘lib, erkin so‘nmaydigan harakat tenglamasidir.
Bu tenglama quyidagi echimga ega:
; [sek]
bo‘lgani uchun
(1)
bu erda:
tebranish amplitudalari tebranish davrida jismning o‘z muvozanat holatidan maksimal chetga chiqishi amplituda deyiladi.
t – tebranish davri; [sek]
tebranish jarayonida jismning o‘z holatiga qaytib kelish vaqti-tebranish davri deyiladi.
w – erkin tebranishning burchakli chastotasi (1) tenglamadan garmonik tebranishdagi yurish ravonligi o‘lchamlarini aniqlash mumkin.
Tebranish tezligi:
[sm/s]
Tebranish tezlanishi:
[ ]
Tebranishning o‘sish tezligi:
[ ]
Tebranish chastotasi:
[ ]
Osmaning statik deformatsiyasi qanchalik katta bo‘lsa, osma shunchalik yumshoq bo‘ladi, avtomobilning komfortabelligi esa ortadi.
|
| |