Avtomobilning tortish xarakteristikasi
Tortish kuchini tezlikka bog‘lab, har bir uzatma uchun qurilgan grafik avtomobilning tortish xarakteristikasi deyiladi, ya’ni
Bu grafikni qurish uchun tezlik formulasidan
va dvigatelning xarakteristika grafigidan foydalaniladi.
Bu grafik orqali, tortish kuchining maksimal qiymatini tezlik oshib borishi bilan, tortish kuchining kamayib borishi va avtomobil maksimal tezlikni erishgan paytda minimal qiymatga ega bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
Bu grafikda tortish kuchi xali hech qanday qarshiliklarga sarf bo‘lmagan. Drosselь kopqog‘i to‘liq ochilgan.
Qarshilik kuchlari
1. Balandlikka chiqishga qarshilik kuchi -
Balandlikka chiquvchi avtomobilning og‘irligi ikki tashkil etuvchiga ajraladi, ya’ni yo‘lga parallel va perpendikulyar
Avtomobil balandlikka chiqayotgan kuch avtomobil harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi, pastga tushayotganda esa uni ilgariga itaruvchi kuch bo‘ladi.
Demak, burchak avtomobil balandlikka harakatlanganda musbat, pastlikka harakatlanganda esa manfiy deb qabul qilinadi. Avtomobilning balandlikka chiqishga qarshilik kuchini engishga sarflangan quvvatini bilan belgilaymiz:
[kVt]
G‘ildirashga qarshilik kuchi
G‘ildirak bu dvijatel bo‘lib avtomobilni tashqi muhit bilan bog‘laydi. G‘ildirak orqali kuch uzatilib avtomobilni erda ushlab turadi va harakatlantiradi. SHu bilan birga harakat yuklanishini o‘zgartiradi.
G‘ildirakning 3-xil g‘ildirash holatini ko‘rib chiqamiz:
Elastik g‘ildirak, deformatsiyalanmaydigan yo‘lda g‘ildiraydi.
Elastik g‘ildirak deformatsiyalanadigan yo‘lda g‘ildiraydi.
Qattiq g‘ildirak deformatsiyalanadigan yo‘lda g‘ildiraydi.
Ko‘rilayotgan masalani soddalashtirish uchun elastik g‘ildirak, defformatsiyalanmaydigan yo‘lda harakat qiladi deb hisoblaymiz.
G‘ildirak aylanib harakat qilganda, uning elastik shinasi deformatsiyalanib, yo‘lning ma’lum yuzasiga ta’sir qiladi. Yo‘l esa aks ta’sir ko‘rsatib, elementar kuchlar bilan qarshilik ko‘rsatadi. Kontakt yuzasidagi elementar kuchlarning teng ta’sir etuvchisi, yo‘lning g‘ildirakka reaksiyasi bilan belgilanadi. SHunday qilib, yo‘l g‘ildirakning harakatiga qarshilik ko‘rsatadi.
Bu qarshilik shinaning yo‘lda g‘ildirash chisterezisiga, g‘ildirak izini hosil qilishga, shinaning yo‘lga ishqalanishiga, g‘ildirak gupchagidagi podshipniklar qarshiligi va g‘ildirakning aylanishiga, havoning qarshiligini engishga sarflangan energiyadir.
a) SHinaning deformatsiyalanishi natijasida hosil bo‘lgan reaksiya g‘ildirak simmetriya o‘qi bo‘ylab
ga qarama qarshi yo‘naladi.
b) Agar g‘ildirak og‘irlik kuchi va itaruvchi kuch P ta’sirida harakat qilsa, elementar reaksiyalarning teng ta’sir etuvchisi , simmetriya o‘qidan “a” masofaga harakat yo‘nalishi bo‘ylab siljiydi.
G‘ildirakka ta’sir qiluvchi kuchlarning 0 nuqtaga nisbatan muvozanatlik sharti bo‘yicha:
bundan
Bunda aylanma ilgarilama harakatga qarshilik koeffitsienti deyiladi.
G‘ildirashga qarshilik kuchi hamma g‘ildiraklarda teng desak, u holda:
|