|
Ilashish kuchi. Avtomobilning harakatlanish sharti
|
bet | 6/26 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #111382 |
Bog'liq 3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari-fayllar.orgIlashish kuchi. Avtomobilning harakatlanish sharti.
Ilashish kuchi g‘ildirak bilan yo‘lning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lib, ular o‘rtasidagi ishqalanishni hamda shina elementlarining yo‘l bilan ilashishini hisobga oladi.
Ilashish kuchi, g‘ildirakning yo‘lga nisbatan sirpanishiga qarshilik qilib, uning ilgarilama harakatini ta’minlaydi.
Hamma g‘ildiraklari etaklovchi bo‘lgan avtomobil uchun:
Odingi g‘ildiraklari etaklovchi bo‘lgan avtomobil uchun:
Orqa g‘ildiraklari etaklovchi bo‘lgan avtomobil uchun:
Bu erda: avtomobilning oldingi va ketingi o‘qlariga tushadigan massalari; avtomobilning to‘liq massasi; - ilashish koeffitsienti.
Ilashish koeffitsienti fizikaviy ma’nosi bo‘yicha mexanikada qabul qilingan ishqalanish koeffitsientini ifodalaydi va shinaning yo‘l sirti bilan mexanikaviy tishlashini hisobga oladi.
Tishlashish koeffitsientining etarli bo‘lmasligi ko‘pincha etaklovchi g‘ildiraklarni shataksirashga yoki avtomobilni sirpanishiga olib keladi.
Avtomobil doimiy harakat qilishi uchun uning tortish kuchi qarshilik kuchlarining yig‘indisidan katta yoki teng bo‘lishi kerak:
Lekin bu shartning bajarilishi avtomobilni harakat qilishi uchun etarli emas, chunki g‘ildirak bilan yo‘l o‘rtasida ilashish kuchi ham mavjud bo‘lishi kerak
Agar bo‘lsa, etakchi g‘ildirak shataksiramasdan harakatlanadi. bo‘lsa, avtomobil o‘rnidan qo‘zg‘g‘ala olmaydi, chunki etaklovchi g‘ildiraklar shataksiraydi.
Demak, avtomobil, sirpanmasdan, shataksiramasdan uzoq vaqt davomida harakatlanishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:
Tortish balansi tenglamasi va uning grafigi
Avtomobilning harakat tenglamasidagi etakchi g‘ildirak urinma reaksiyasining harakat uchun qiymati:
qiymatlar avtomobilning harakat tenglamasiga qo‘yilsa va ni hisobga olib, ba’zi bir o‘zgarishlar kiritilsa, kuchlar balansi tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bu tenglama kuchlar (torish) balansi tenglamasi deyilib, grafigi rasmda ko‘rsatilganidek tasvirlanadi. Bu grafikda PT chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi (A nuqta) avtomobilning maksimal tezlik qiymatini ko‘rsatadi, Pu ordinatasi esa, tortish kuchining sarflanmagan qismi bo‘lib, avtomobilga tezlanish berish uchun zarur.
Kuchlar balansi grafigi avtomobil tekis harakatining dinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun kerak. Maksimal tezlik va chiziqlari kesishish nuqtasining abssissasi balan aniqlanadi. Bu vaqtda zapas tortish kuchi bo‘lmaydi va tezlanish ham nolga teng. Agar chizig‘i umumiy qarshilik chizig‘idan pastda, ya’ni bo‘lsa , avtomobil faqat sekinlashish bilan harakat qiladi.
Avtomobil tezlik bilan harakatlanayotganda ning qiymatini topish uchun uning ordinatasi masshtabga ko‘paytiriladi. Boshqa kuchlar qiymati ham shunday aniqlanadi.
Kuchlar balansi grafigi yordamida etakchi g‘ildirakning shataksiramaslik xassasini tekshirish mumkin. Tishlashish biror qiymati uchun topilib, rasmda ko‘rsatilganidek gorizontal o‘tkaziladi sharti tezligidan katta, lekin kichik qiymatlarda bajariladi va bunda g‘ildirak shataksiramasdan harakatlanadi. diopazonda bo‘lgani uchun etakchi g‘ildirak shataksirab harakatlanadi. bo‘lsa, ya’ni kontrol nuqtalar va tezliklarga to‘g‘ri kelsa, avtomobil harakatda bo‘ladi. Agar avtomobil tishlashish kuchiga ega bo‘lib, unga pastgi uzatmalar
qo‘shilsa, bo‘lgani uchun avtomobil harakatlanish yo‘qotadi. Rasmda ko‘rsatilgan uzatma tezlikning hamma diopazonida harakat qilishi uchun droselь-zaslonkani bir oz yopib ning qiymatini kamaytirish kerak.
Avtomobilning harakat tenglamasida hamma kuchlar shartli ravishda musbat qiymatda olingan. Aslida, harakatning xarakteriga qarab (tezlanish, sekinlanish, balandlikka yoki pastlikka harakatlanish) kuchlar avtomobil harakatiga yoki yordam berishi yoxud qarshilik qilishi mumkin. SHuning uchun avtomobil tezlanish bilan balandlikka harakatlansa sekinlanish bilan pastlikka harakatlansa, deb olinadi.
|
| |