• 3.1. Metrologik ta’minot va uning asosiy jihatlari O‘lchashlarning metrologik ta’minoti
  • Ilmiy asosi
  • Me’yoriy-uslubiy (qonuniy) asoslari
  • 3 – Ma’ruza. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot. Reja




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana18.02.2024
    Hajmi0.87 Mb.
    #158453
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-DMTT fosterg1, MUSTAQIL ISH, Австря, Mavzu Ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar tеxnologiyasini loyiha, Tizimli dasturlash yakuniy savollari, СамДУ етакчи таш такризи


    3 – Ma’ruza . Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va 
    ta’minot . 
     
    Reja : 
     
    1.1 Metrologik ta’minot va uning asosiy jihatlari 
    1.2 Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik ta’minot 
    3.3 Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy asosi
    sifatida 
    3.1. Metrologik ta’minot va uning asosiy jihatlari 
    O‘lchashlarning metrologik ta’minoti deganda talab etilgan o‘lchash aniqligi 
    va birligiga erishish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, qoida va me’yorlar, ilmiy 
    va tashkiliy asoslarni o‘rnatish va qo‘llash tushiniladi. 
    Batafsil va kengroq ma’noda o‘lchashlarning metrologik ta’minoti – bu 
    mamlakatda zaruriy etalonlar, namunaviy va ishchi o‘lchash vositaarini yaratish; 
    ularni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash; metrologik qoida va me’yorlarni ishlab chiqish va 
    qo‘llash; iqtisodiyotda, vazirlik (mahkam)larda, korxonalarda, ish joylarida talab 
    etilgan o‘lchash sifatini ta’minlash uchun metrologik ishlarni bajarishga 
    yo‘naltirilgan metrologik va boshqa xizmatlarning faoliyatidir. 
    Metrologik ta’minot tushunchasi juda keng ya’ni texnik o‘lchashlarni amalga 
    oshirishda to o‘lchashlar biriligi ta’minlashgacha va qonunlashtiruvchi metrologiya 
    qo‘llanib, asosan o‘zchash, sinash va nazoratga munosabati bo‘yicha faoliyatda 
    qo‘llaniladi hamda bir vaqtda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining 
    metrologik ta’minoti tushunchasi qo‘llanilishiga ham ruxsat etilgan. 
    Metrologik ta’minotni tashkil-uslubiy asoslarini tashkil etuvchi faoliyatlar 
    quyidagilar: 
    1. Metrologik ta’minot asoslari; 
    2. Metrologiyaning me’yoriy-huquqiy asoslari; 
    3. Metrologik xizmatlar va tashkilotlar. 
    Ishlab chiqarish korxonalari, o‘lchash vositalari ishlab chiqaruvchilar va 
    ulardan foydalanuvchilar uchun metrologik ta’minotning korxona metrologik 
    xizmati faoliyati bilan bog‘liq qismi amaliy qiziqishni namoyon etadi. 
    Va shuning uchun “korxona metrologik ta’minoti” va “ishlab chiqarishni 
    metrologik ta’minoti” atamalari keng qo‘llaniladi. 
    Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti asosan quyidagilardan iborat: 

    o‘lchashlar holatini tahlil qilish; 
    - belgilangan aniqlikga mos keluvchi o‘lchash vositalari (etalonlar va ishchi 
    o‘lchash vositalari) foydalanish va o‘lchanayotgan kattaliklarning 
    ratsional nomenklaturasini o‘rnatish; 

    o‘lchash vositalari qiyoslash va kalibrlashdan o‘tkazish; 

    o‘rnatilgan aniqlik me’yorlarini ta’minlash uchun o‘lchashlarni bajarish 
    uslubiyotini ishlab chiqish; 
    - konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan 
    o‘tkazish; 


    - zaruriy me’yoriy hujjatlarni (xalqaro, davlat, tarmoq va tashkilot 
    standartlarini) joriy qilish; 
    - texnik omilkorlikka akkreditatsiyalash; 
    - metrologik nazoratni o‘tkazish. 
    Bozor munosabatlari sharoitida foydalanilayotgan o‘lchash vositlarini asosiy 
    fond qismi sifatida maksimal foyda olishda ishchi holatda bo‘lishi korxonaning 
    asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. 
    Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti korxona va texnologik jarayonlarini, 
    tayyorlanayotgan mahsulot sifatini ta’minlovchi va jarayonlarni turg‘unlashtirish 
    maqsadida aniq bir darajada optimal boshqarishni ta’minlashi lozim. Bunda ishlab 
    chiqarishni metrologik ta’minoti uchun xarajatlar ishlab chiqarish qo‘lamiga, 
    texnologik siklining murakkabligiga mos bo‘lishi va uning yakuniy hisobida nafaqat 
    qoplashi, balki daromad olib kelishi lozim. Ishlab chiqarishni metrologik 
    ta’minotining iqtisodiy samaradorligi va mosligini baholash ilmiy-tadqiqot 
    institutlarning metrologik xizmati yoki MI 2240-92 “DO‘T. Korxona, tashkilot 
    birlashmalarda o‘lchashlar, nazorat va sinash holatlari tahlili” tavsiyasi asosida 
    tashkiliy va uslubiy jihatdan mumkin. 
    Bu hujjat metrologik ta’minotini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish 
    uchun texnik omilkorlikka akkreditlashtirishda, sifat tizimini ishlab chiqish va 
    sertifikatlashtirishda foydalaniladi. Unda “korxonada metrologik ta’minot, 
    o‘lchashlar, nazorat va sinashlar holatini takomillashtirish bo‘yicha chora-
    tadbirlarning iqtsidiy smaradorligi baholash usuli” keltirilgan. 
    Uning 2-ilovasi “Axborot ta’minoti. Korxonada o‘lchashlar, nazorat, 
    sinashlar holatini tahlil qilish bo‘yicha axborotlari avtomatlashgan qayta ishlash 
    uchun dialog va algoritmlar ssenariyalar” juda ham dolzarb va zarurdir. Ushbu 
    materialga qo‘shicha ravishda dasturiy ta’minotlar va texnik vositalarga muvofiq 
    korxonaning metrologik xizmat ishlarini avtomatlashtirish va operatsiyalar hajmini 
    kamaytirish, ishab chiqarishni metrologik ta’minotining iqtisodiy samaradorligini 
    hisoblashni soddalashtirish va uning samaradorligini oshirishga tavsiyalar 
    keltirilgan. 
    Turli xil parametrlar va kelgusida ularning iqtisodiy samaradorligi; ishlab 
    chiqarishning optimal metrologik ta’minotini avtomatlashtirilgan qidiruv (tanlash)ni 
    ta’minlash bo‘yicha variantlari bilan ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti 
    variantlarini modellashtirish istiqbolli bo‘lib hisoblanadi.
    Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir (7.1-rasm): 
    1. Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir; 
    2. Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil 
    topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati; 
    3. Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar 
    birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va 
    ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va 
    ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab 
    chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, 
    modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni 
    yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.


    4. Me’yoriy-uslubiy (qonuniy) asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat 
    standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
    Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari
    − mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning 
    samaradorligini oshirish; 
    − detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash; 
    − moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish 
    ishonchliligini ta’minlash; 
    − atrof-muhitni himoya qilish; 
    − salomatlikni saqlash va hokazolar.

    Download 0.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3 – Ma’ruza. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot. Reja

    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish