• O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati tuzilmasi
  •  Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy




    Download 0,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/6
    Sana18.02.2024
    Hajmi0,87 Mb.
    #158453
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-DMTT fosterg1, MUSTAQIL ISH, Австря, Mavzu Ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar tеxnologiyasini loyiha, Tizimli dasturlash yakuniy savollari, СамДУ етакчи таш такризи
    3.3. Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy 
    asosi sifatida
     
    Respublika metrologik xizmati metrologik ta’minotning tashkiliy asosi bo‘lib 
    hisoblanadi. Metrologik ta’minot bo‘yicha ishlarning hal qiluvchi hajmini 
    ixtisoslashtirilgan metrologik tashkilotlar bajaradi. Bu tashkilotlar majmuasi va 
    ularning mamlakatda o‘lchashlar birliligini va talab qilinayotgan aniqligini 
    ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati metrologik xizmatni tashkil etadi. Metrologik 
    xizmat tashkilotlari metrologik ta’minot bo‘yicha barcha ishlarni ilmiy – texnikaviy 
    va metodik boshqaruvini amalga oshiradi, o‘lchashlar birliligini ta’minlash uchun 
    zarur qoida va me’yorlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
    Metrologik xizmat aniq o‘lchashlarning ilmiy – nazariy aspektlarida ham, 
    amaliy aspektlarida ham muhim ishlarni bajarishga qodir ilmiy va nazariy – sinov 
    tashkilotlarining tarmoqlangan tarmog‘ini ifodalaydi. 
    Hozirgi vaqtda respublika metrologik xizmati respublikaning har bir 
    viloyatida davlat metrolgik xizmatlari tarmog‘iga ega, 13 ta metrologik xizmat 
    tayanch tashkilotlariga va respublikaning 302 korxona va tashkilotlarida idora 
    metrologik xizmatlarining tarmoqlangan tarmog‘iga ega.
     O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati tuzilmasi 
     
    O‘zstandart Agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat 
    metrologik xizmat idoralari kiradi. 
    Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, 
    shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi. 
    Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi. 
    O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi: 
    – metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo 
    muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
    – milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini o‘rnatish 
    va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’minlash; 
    – o‘lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik 
    talablarni belgilash; 
    – davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; 
    – metrologik masalalar bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan 
    O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan 
    hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish; 
    – metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash; 


    – 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    metrologiya 
    sohasida 
    xalqaro 
    shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish
    – xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha faoliyatida 
    qatnashish; 
    – O‘z O‘BTT ning ishini va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va 
    boshqa mamlakatlarning o‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash; 
    – iste’molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof 
    muhitni va davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy 
    ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. 
    O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasining 05.08.2004 №373 Qarori bilan tasdiqlangan. 
    Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar ham kiradi: 
    – Milliy etalonlar markazi; 
    – Metrologik xizmat Bosh markazi; 
    – Standart namunalar Bosh markazi; 
    – Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti 
    (SMS ITI) Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga; 
    – sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM) ning metrologik 
    laboratoriyalari; 
    – standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB); 
    – Axborot-ma’lumotnoma markazi. 
    Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini 
    rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini 
    yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi. 
    Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan 
    bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, 
    me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka 
    oshirish ishlarini bajaradi. 
    Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga 
    yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari 
    davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart 
    namunalarini 
    chiqarish 
    va 
    qo‘llanish 
    tartibi 
    bo‘yicha 
    faoliyatlarini 
    muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini 
    ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi. 
    Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning 
    metrologik laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
    bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati 
    qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni O’z DSt 8.002:2002 “O‘z 
    O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar” bo‘yicha o‘tkazadi.
    Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi 
    va O‘z O‘BTT qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlaydi. 

    Download 0,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy

    Download 0,87 Mb.
    Pdf ko'rish