|
3 – mavzu: ta’lim jarayoni ishtiroqchilarining raqamli faoliyatini tashkil etish sifatida xizmatlar va vositalar
|
bet | 7/8 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 115,97 Kb. | | #107704 |
Bog'liq 3-MaruzaUshbu shartlarni aniqlash uchun mamlakatimiz universitetlari kafedralari va xorijiy xuddi shunday kafedralarning tashkiliy, metodik va ilmiy faoliyatini, shuningdek kafedraning ergatitik tizimi kabi kafedraning faoliyatini ta’minlaydigan axborotning tipi, tarkibi va xarakteristikasining tahlilini o‘tkazish zarur. Birinchi navbatdagi quyidagilarni amalga oshirish zarur: - o‘quv-metodik, ilmiy, tashkiliy va boshqa innovasion funksiyalarni amalga oshirishda AKT bazasida taqimlangan (virtual) kafedraning konsensiyasini;
- AKT bazasida taqsimlangan (virtual) kafedraning ishlash strukturasi va prinsiplarini;
- internet tarmog‘ida kafedraning virtual vakillari konsepsiyasini;
- ilmiy, metodik va ilmiy-tadqiqot faoliyatni ta’minlash uchun interfaol axborot tizimlar kabi kafedraning VV namunaviy konsepsiyasini ishlab chiqish zarur.
Taqsimlangan kafedra quyidagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarning barcha turlarini amalga oshirishi mumkin: - ma’ruzalar, shu jumladan potokli auditorida;
- tarmoq klasslarida ma’ruzalar;
- tele va videokonferensiyalar rejimida;
- ma’ruza-prezentasiya;
- amaliy mashg‘ulotlar, shu jumladan barcha texnologik muhitda seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv-mashg‘ulot klasslari va firmalardagi o‘quv mashg‘ulotlari;
- talabalar, aspirantlar, doktorantlar, tinglovchilarning mustaqil (yakka tartibda bajariladigan) ishlarni tashkil qilish, shu jumladan kurs ishi va dimplom loyihasini bajarish, ma’lumotlar bazasi va o‘quv-metodik adabiyot bilan ishlash, referatlar, kurs ishlari va diplomni loyihalarini resenziyalash, atamalar lug‘atini shakllantirish;
- elektron pochta va boshqa telekommunikasiyadan foydalanib o’quv guruhlar konferensiyasini, elektron pochta va telekommunikasiyadan foydalanib kurs mavzularini o‘zlashtirishda (ChAT) o‘qitiladiganlarning noshakliy muloqatini tashkil qilish;
- konsultasiyalar: yakka tartibda va guruhli (tyutoriallar);
- nazorat qilish tadbirlari - kunduzgi bo‘limda imtihon va zachetlarni off-line va on-line rejimlarda, tele-videokonferensiyalar rejimida o‘tkazish;
- kurs va diplom (loyihalar) ishlarini tayyorlashni tashkil qilish va rahbarlik qilish, kollokviumni o‘tkazish;
- bitiruvchilarning yakuniy davlat attestasiyasini tashkil qilishda ishtirok etish;
- davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan amaliyotni tashkil qilishda ishtirok etish.
|
| |