|
Dеmak, yangi muhit eski mеtodika va pеdagogik tеxnologiyalar samaradorligini oshirishi hamda an’anaviy ta’lim natijalariga yo‘naltirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur
|
bet | 4/8 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 115,97 Kb. | | #107704 |
Bog'liq 3-MaruzaDеmak, yangi muhit eski mеtodika va pеdagogik tеxnologiyalar samaradorligini oshirishi hamda an’anaviy ta’lim natijalariga yo‘naltirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogning asosiy vazifalari. - axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;
- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;
- sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;
- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;
- o‘quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo‘llay olish;
- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;
- axborotni modellashtirish asoslari;
- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;
- global internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish;
- materialni chuqur o‘rganish uchun manbalar ro‘yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish.
- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro‘yxatini tayyorlash.
- o‘quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash.
- o‘qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha taklif berish.
- nazorat ishlarini o‘tkazish.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning o‘ziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat: - o‘quv materiallari alohida – alohida bo‘laklarga (bloklarga) bo‘linadi.;
- o‘quv jarayoni ham ketma –ket olib boriladi. O‘quv materiali ma'lum bo‘laklarda fikr yuritib o‘zlashtirishga moslashtiriladi;
- o‘quvchining o‘zlashtirishdagi har bir harakati nazoratga olinib, monitoring yo‘lga qo‘yiladi.
- o‘quv – vazifani bajarib bo‘lishi bilan o‘quvchini o‘zlashtirish uchun navbatdagi vazifa berib boriladi. Shu tariqa bosqichma – bosqich o‘zlashtirishga muhit yaratilib boriladi.
- vazifalarni bajarishda o‘quvchi noto‘g‘ri javob qilsa, o‘sha zahotiyoq yordam ko‘rsatiladi.
- bunday tashkil etilgan darslarda har bir o‘quvchi alohida – alohida mustaqil ish yuritadi, shu asosda har bir o‘quvchi o‘z imkoniyat darajasida o‘quv materiali va mazmunini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- masalaning yana bir jihati shundaki, berilgan mavzu materiali mazmuni, bajariladigan natijalar o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham ayon bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dеmak, yangi muhit eski mеtodika va pеdagogik tеxnologiyalar samaradorligini oshirishi hamda an’anaviy ta’lim natijalariga yo‘naltirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur
|