|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 244/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilAsosiy qism. “Aqliy hujum” biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan
erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U
toʻg’ri va ijodiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum”
yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yoʻllari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a’zosi fikrini
tezda yig’ish va umumlashtirish imkonini beradi. “Aqliy hujum”ni, oʻquvchilar muammo haqida yetarli
ma’lumotga ega boʻlmagan hollarda ham qoʻllash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy shiroitda aqlga
kelmaydigan antiqa yechimlar topish imkonini beradi.
“Aqliy hujum” usulidan foydalanilganda, odatda, mashg’ulot ikki bosqichdan iborat boʻladi: birinchi
bosqich - taklif bosqichi (“Aqliy hujum”ning oʻzi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash
bosqichi. Bosqichlar oʻrtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. “Aqliy hujum”ning
birinchi bosqichini oʻtkazishga oid tavsiyalar:
Muammoning aniq va ravshan qoʻyish lozim!
“Aqliy hujum” oʻtkazish uchun asos boʻlgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qog’ozga (yoki
doskaga, oʻquv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi koʻrinadigan joyga osib qoʻygan
ma’qul.
“Aqliy hujum” - bitta muammo - har bir “Aqliy hujum” faqatgina bitta muammoni hal etishga
qaratilgan boʻlishi kerak.
Shartlashuv – “Aqliy hujum”ni oʻtkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq-
ravshan, tushunarli boʻlishi kerak. Shartlar asosida mashg’ulotni oʻtkazish tartib-qoidalari tuziladi va qisqa
ifodalangan qoidalarni hammaga koʻrinadigan joyga yozib qoʻyish lozim.
Demokratiya – “Aqliy hujum”ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. “Aqliy hujum” vaqtida bemalol,
erkin ravishda muloqot yuritishni ta’minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya
etiladi.
Bemalol, istalgan takliflarni taklif qilish va tanqid qilmaslik - “Aqliy hujum”ning birinchi bosqichida
birorta ham taklif muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan g’oyalarni taklif etish qoʻllab -
quvvatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma’lumot toʻplanadi. Qancha koʻp
g’oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g’oya va fikrlarni toʻldirish va yanada kengaytirishga
imkoniyat beriladi.
https://buxdu.uz
|
| |