3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
181 
Asoslamaslik - biror bir g’oyani taklif etgan kishi oʻz yechimini asoslamasligi va oʻzi ham oʻzgalar 
fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa g’oyalar tug’ilishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi 
mumkin. 
Rasmiylashtirish - har bir fikr, taklif va g’oyalar yozib borilishi lozim. Oʻqituvchi birinchi bosqich 
davomida bildirilgan g’oyalarni yozib boruvchi kotibni belgilashi lozim. G’oyalarni doskaga yozib borish 
lozim. Vaqtni tejash hamda oʻz fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga oʻz g’oyalarini qog’ozga 
yozib, sinf doskasiga sketch yordamida yonishtirib qoʻyishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda quyidagi 
tartibga amal qilish lozim: bir varaq - bitta g’oya - bitta soʻz (ibora). 
Vaqtni chegaralab qoʻyish – g’oyani ifodalash uchun juda qisqa vaqt ajratilashi zarur. 
Nazorat qilish va tartibga solish - “Aqliy hujum”ning birinchi bosqichi, odatda, kuchli emotsional - 
ruhiy vaziyatda oʻtkazilgani uchun, oʻqituvchi mashg’ulotning borishini nazorat qilishi hamda 
oʻquvchilarning bir-birlari bilan bahslashish, munozara qilish va bir-birining gapini boʻlishga yoʻl 
qoʻymasligi kerak. 
Ikkinchi boqichda, ya’ni g’oyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgar yechimlar, qarorlar 
muhokama etiladi, guruhlarga ajratiladi. Takrorlangan fikrlar birlashtiriladi, eng asosiy 3 - 4 ta g’oyalar 
saralanadi (makrosaralash). Soʻngra tanlab olingan asosiy g’oyalardan eng maqbullari yana saralanadi 
(mikrosaralash). Mikrosaralash davomida ajratib olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari 
va cheklangan tomonlariga baho berib chiqish mumkin. 
Endi biz toʻplam tushunchasi, toʻplamning birlashmasi, toʻplamning kesishmasi, toʻplamning ayirmasi 
tushunchasini kiritib olishimiz kerak. Toʻplam tushunchasi matematikaning boshlang’ich tushunchalaridan 
biridir. “Aqliy hujum” usulidan foydalangan holda talabalarga toʻplam tushunchasi, toʻplamning birlashmasi, 
toʻplamning kesishmasi, toʻplamning ayirmasi tushunchalari haqidagi savollarni tashlaymiz. Talabalar oʻz 
fikrlari va mulohazalarini bayon qiladilar. Bu javoblar ichida noʻtoʻg’ri javoblar ham boʻlishi mumkin. Biz 
aytilgan fikrlarni yig’ib, umumlashtiramiz.
Toʻplam tushunchasi matematikaning boshlang’ich (ta’riflanmaydigan) tushunchalaridan biridir. U 
chekli yoki cheksiz koʻp obyektlar (narsalar, buyumlar, shaxslar va h.k.)ni birgalikda bir butun deb qarash 
natijasida vujudga keladi. 
Masalan, Oʻzbekistondagi viloyatlar toʻplami, viloyatdagi akademik litseylar toʻplami, sonlar 
toʻplami, toʻg’ri chiziq kesmasidagi nuqtalar toʻplami, sinfdagi oʻquvchilar toʻplami va hokazo. Toʻplamni 
tashkil etgan obyektlar uning elementlari deyiladi. 
A va B toʻplamlarning ikkalasida ham mavjud boʻlgan x elementga shu toʻplamlarning umumiy 
elementi deyiladi. A va B toʻplamlarning kesishmasi (yoki koʻpaytmasi) deb, ularning barcha umumiy 
elementlaridan tuzilgan toʻplamga aytiladi. A va B toʻplamlarning kesishmasi A va B toʻplamlarning 
birlashmasi (yoki yig’indisi) deb, ularning kamida bittasida mavjud boʻlgan barcha elementlardan tuzilgan 
toʻplamga aytiladi. A va B toʻplamlarning birlashmasi deyiladi. 
A va B toʻplamlarning ayirmasi deb, A ning B da mavjud boʻlmagan barcha elementlaridan tuzilgan 
toʻplamga aytiladi. A va B toʻplamlarning ayirmasi A\B koʻrinishda `belgilanadi.
“Aqliy hujum” usulidan foydalangan holda talabalarni fikrlarini birlashtirib toʻplam tushunchalarini 
oʻrganib oldik. Endi asosiy mavzularni talabalarga havola etamiz. 
Toʻplamning urinish, chegaraviy, ichki nuqtalarini oʻrganish bugungi mavzuimiz. 
“Aqliy hujum” usulidan foydalanib talabalarga shu savollarni beramiz. Talaba oʻz fikr va 
mulohazalarini bildiradi. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish