|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 248/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
185
Sagidat KANATBAYEV
Navoiy davlat pedagogika instituti
dotsenti
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKADAN LABORATORIYA
MASHG‘ULOTLARINI OʻTKAZISHNING HOLATI VA MUAMMOLARI
Ushbu maqolada hozirgi kunda umumta’lim maktablarida fizika fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlarini oʻtkazishning sinflar va yillar kesimidagi holati, bu jarayonda kuzatiladigan kamchiliklar
va muammolar hamda ularning yechimi boʻyicha tahliliy mulohazalar bayon etiladi.
Tayanch soʻzlar: koʻnikma, fizika, kompetent, laboratoriya, maktab, ta’limi sifati, eksperiment,
hodisa, ilmiy yondashuv.
В статье описывается текущее состояние лабораторных занятий по физике в
общеобразовательных школах по классам и годам, выявленные недостатки и проблемы, а также
аналитические соображения по их решениям.
Ключевые слова: навык, физика, компетентность, лаборатория, школа, качество обучения,
эксперимент, мероприятие, научный подход.
The article describes the current state of laboratory classes in physics in general education schools by
grade and year, identified shortcomings and problems, as well as analytical considerations for their
solutions.
Key words: society, spirituality, education, people, intelligent person, personality.
Kirish. Hozirgi kunda respublikamizda ta’lim tizimiga va uning rivojiga katta ahamiyat berilib,
ta’limga boʻlgan e’tibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan muhim masala hisoblanadi. Davlatimiz rahbari
Sh.Mirziyoyevning asarlarida, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida, Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomalarida, ta’lim
tizimini rivojlantirmasdan turib ilm-fan, ishlab chiqarish va turli xil sohalarda yangiliklarni hamda
innovatsiyalarni amalga oshirishning iloji yoʻqligini qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Mustaqillikka erishgan
yillardan to bugungi kunga qadar ta’lim sohasidagi erishgan yutuq va kamchiliklarni sarhisob qilinishi
natijasida hamma sohalar kabi ta’lim tizimini rivojlantirishning qonuniy jihatlariga alohida e’tibor berilib,
birqancha qonun va qonun osti hujjatlari, qarorlar va farmoyishlar chiqarildiki, maqsad ta’limga boʻlgan
e’tibor, sohaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb
qilish va ta’lim-tarbiya beruvchi oʻqituvchilarning bilim va saviyasini kuchaytirish hamda jamiyatda
muallimlarning roli nihoyatda katta ekanligini anglatishdan iborat. Jumladan, davlatimiz rahbarining Oliy
Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida: “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya
|
| |