|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 249/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yiltizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshiramiz”, shuningdek,
“Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda
fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan ham,fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan
turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab
qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi.” [1] degan strategik g‘oya kun tartibiga qoʻyildi.
Ushbu maqolada hozirgi kunda umumta’lim maktablarida fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini
oʻtkazishning sinflar va yillar kesimidagi holati, bu jarayonda kuzatiladigan kamchiliklar va muammolar
hamda ularning yechimi boʻyicha tahliliy mulohazalar bayon etiladi.
Asosiy qism. Fizika fani texnika va koʻplab ishlab chiqarish texnologiyalarining asosi boʻlib, fizika
ta’limi samaradorligini oshirish turli yoʻnalishlarda yetuk mutaxassislar tayyorlash jarayonining sifati va
samaradorligiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Fizika fanini oʻqitish samaradorligini oshirishning asosiy
boʻg‘inlaridan biri nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirib oʻrganishga xizmat qiluvchi amaliy
hamda laboratoriya mashg‘ulotlaridir. Laboratoriya mashg‘ulotlarida oʻquvchilarning nazariy bilimlari
mustahkamlanishi bilan birga amaliy bilim va koʻnikmalari shakllanadi. Shu jihatdan qaralganda fizikadan
laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish metodikasining toʻg‘ri tanlanishi, laboratoriya ishlarining soni va
mazmunini takomillashtirish vazifasi hamda bu vazifani amalga oshiruvchi yuqori kompetentli – oʻz kasbini
makammal egallangan boʻlajak fizika oʻqituvchilarini tayyorlash masalasi pedagogika oliy ta’lim
muassasalari oldida turgan dolzarb masaladir. Bu masalani ham etish va amalga oshirish uchun bajarilishi
lozim boʻlgan vazifalarni umumlashgan holda quyidagi sxemada tasvirlash mumkin.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va bu sohada rivojlangan davlatlar darajasiga koʻtarilish
maqsadida “Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonun hamda “Davlat ta’lim standartlari” qayta koʻrib chiqildi. Shu
https://buxdu.uz
|
| |