• 1-grafik. Umumta’lim maktablarida 2010-2019-yillarda fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari oʻquv soatlarining oʻzgarishi
  • Muhokamalar va natijalar.
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet251/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Fizika ta’limi sifatini 
    va samaradorligini 
    oshirish
     
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    187 
    2. Fizika fani boʻyicha laboratoriya mashg’ulotlarining hajmi va mazmuni yillar davomida 
    oʻzgarmasdan qolgan. 
    3. Fizika fani boʻyicha darsliklarda laboratoriya mashg’ulotlarini oʻtkazish tartibi va undan kelib 
    chiqadigan xulosalar oʻzgarmagan va bir yoqlama tahlil etilgan. 
    4. Fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlarida ishlab chiqarish bilan bog’lanish amalga oshirilmagan. 
    5. Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarida ekologik ta’limga e’tibor berilmagan. 
    6. Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarida ilmiylikni hisobga olgan holda “ta’lim-ishlab chiqarish-
    fan” integratsiyasi hisobga olinmagan. 
    1-grafik. Umumta’lim maktablarida 2010-2019-yillarda fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari 
    oʻquv soatlarining oʻzgarishi 
    Yuqorida keltirilgan kamchiliklar oʻz navbatida umumta’lim maktab oʻquvchilarining fizikadan 
    eksperimental koʻnikmalarini takomillashtirishda sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin.
    Muhokamalar va natijalar. Ma’lumki, fizika fani oʻrganadigan qonuniyatlar texnika va koʻplab 
    texnologik jarayonlarning asosini tashkil qiladi. Shu sababli ishlab chiqarish samaradorligini va shu orqali 
    mamlakatning iqtisodiy potensialini orttirish masalasi barcha sohalar uchun yetuk va malakali kadrlar 
    tayyorlash masalasi bilan bevosita bog’liqdir. Turli sohalar uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasi esa 
    umumta’lim tizmining samaradorligiga va, oʻz navbatida, shu tizimda faoliyat yuritadigan pedagog kadrlar 
    kompetentligiga borib taqaladi. Shu nuqtayi-nazardan olib qaraganda fizika ta’limi samadorligini oshirish, 
    avvalo, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika oʻqitish fanidan laboratoriya mashg’ulotlari 
    mazmunining maktab fizika laboratoriyasi mashg’ulotlari mazmuni bilan moslashtirilishi maqsadga 
    muvifiqdir.
    Laboratoriya mashg’ulotlarini oʻtkazishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning asosiy omillari 
    sifatida quyidagi vazifalarni keltirish mumkin:
    1. Laboratoriya mashg’ulotlarida ishlab chiqarish bilan bog’lanishni amalga oshirish. 
    2. Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda fanlararo bog’lanishdan samarali foydalanish. 
    3. Laboratoriya mashg’ulotlarida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish orqali ilmiy dunyoqarashni 
    shakllantirish. 
    4. Laboratoriya mashg’ulotlarida oʻquvchilar ongida ekologik tushuncha va tassavvurlarni 
    shakllantirish.
    Albatta, bu vazifalarni amalga oshirish samaradorligi pirovard natijada pedagogik kadrlarning 
    saviyasi, malaka va koʻnikmalariga bog’liq boʻladi. Yuqori malakali pedagog har qanday darsning har bir 
    mavzusida ixtiyoriy ishlab chiqarish jarayoni yoki ixtiyoriy fan bilan bog’lanishni amalga oshira oladi. 
    Haqiqatdan ham, fizika fani boʻyicha laboratoriya mashg’ulotlari ma’lim ma’noda ishlab chiqarish 
    texnologik jarayoyining bir qismi deb qarash mumkin. Masalan, 7-sinf fizika dasturidagi “Tekis 
    tezlanuvchan harakatda jism tezlanishini aniqlash” [5, 47], 10-sinf fizika dasturidagi “Qiya tekislikning 
    F.I.K.ni aniqlash” [8, 51] mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotlarini konchilik sanoatidagi karyerlardan 
    rudani transportyorlar yordamida chiqarish jarayonlari bilan taqqoslash mumkin.
    Shuningdek, fizika fanidan har bir laboratoriya ishi ma’lum bir fizik jarayonning qonuniyatini ilmiy 
    eksperimental tadqiqoti ekanligini yodda tutish lozim. Haqiqatdan ham oʻrganilayotgan oddiy laboratoriya 
    mashg’uloti dastlabki davrlarda yangi kashfiyot sifatida qabul qilingan, Oʻquvchi yoki talaba bu kashfiyotni 
    oʻzlashtirish orqali, uni yanada rivojlantirishi va yangi holatlarga tadbiq etishi rejalashtirilishi lozim. Bunday 
    yondashuv orqali oʻquchilarda har bir fizik hodisani oʻrganishga ilmiy yondashuv shakllanadi. Shu oʻrinda 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish