• 1-rasm. Fizika ta’limi sifatini va samaradorligini oshirish mexanizmida laboratoriya mashg’ulotlarining oʻrni
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet250/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    186 
    maqsadda amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar va ular orasidagi uzviy bog’lanishlar 1-rasmdagi 
    sxemada keltirilgan.
    Umumta’lim maktablarida, oʻrta maxsus ta’lim tizimi va oliy ta’lim tizimlarida darslik va oʻquv 
    qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish, umumta’lim maktablaridan tortib oliy ta’limga qadar ta’lim 
    tizimida oʻqitiladigan fanlarning mavzularining bir-biri bilan takrorlanmasligi, aksincha turdiruvchi 
    mavzularni oʻzida mujassam etgan boʻlishligi kerakdir. Umumta’lim maktablarida aniq va tabiiy fanlarni 
    ham oʻqitishda mana shularga ahamiyat qaratish lozimdir.
    1-rasm. Fizika ta’limi sifatini va samaradorligini oshirish mexanizmida laboratoriya 
    mashg’ulotlarining oʻrni 
    Jumladan, umumta’lim maktablarida fizika fan 6-11-sinflarda oʻqitilib, maktab 6-sinfda fizika faniga 
    kirishish uchun moʻljallangan mavzular tanlab olingan boʻlsa, 7-, 8-, 9-sinflarda umumiy fizika kursini 
    mexanika, elektrostatika va molekulyar fizika hamda atom va yadro fizikasiga doir mavzular oʻqitiladi. 
    Ushbu umumta’lim maktablarida fizika fanini oʻqitishda fizika fanidan bajariladigan laboratoriya 
    mashg‘ulotlari va ushbu laboratoriya ishlarini toʻg‘ri tanlab olish muhimdir. Shuni takidlash joizki, 
    umumta’lim maktablari oʻquv dasturi asosida 6-11-sinflarga haftalik 2 soatlik dars mashg‘ulotlari olib 
    boriladi. Bu bir necha yildirki saqlanib qolingan va yillar davomida oʻzgartirilmagan.
    Maktab oʻquvchilarining fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishi orqali ularning nazariy va 
    amaliy bilimlarining mustahkamlashishiga, ularda eksperimental koʻnikmalarning takomillashishiga erishish 
    mumkin boʻladi. Eksperimentning lug‘abiy ma’nosiga ahamiyat qaratadigan boʻlsak – tajriba qilish va sinab 
    koʻrish, insonning obyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish 
    va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida eksperimentdan haqiqatni bilish va uni 
    isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Demak, maktab davridayoq oʻquvchilarning eksperimental 
    koʻnikmalarininng shakllanishi va takomillashib borishi shart va zarurdir. Bu esa, oʻz navbatida, maktabda 
    bajariladigan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilgan oʻquv mashg’ulotlari hajmi va bu mashg’ulotlarni 
    oʻtkazilish sifati va darajasiga ham koʻp jihatdan bog’liqdir.
    Soʻngi oʻn yillir davomida umumta’lim maktablarida fizika fani dasturlarining tahliliy fizika fani 
    boʻyicha bajariladigan laboratoriya mashg‘ulotlariga ajratilgan soatlar hajmi yillar davomida deyarli 
    oʻzgarmaganligini koʻrsatadi. Quyidagi 1-grafikda 6-11-sinflarda fizika fanidan bajariladigan laboratoriya 
    mashg‘ulotlarini yillar kesimidagi bajarilish holati keltirilgan. Keltirilgan grafikdagi ma’lumotlar hamda 
    umumta’lim maktablarida fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini oʻtkazish boʻyicha koʻp yillik 
    tajribalarni taqqoslash asosida quyidagi tahliliy xulosalarni chiqarish mumkin: 
    1. Umumta’lim maktablarida fizika fani boʻyicha laboratoriya mashg’ulotlari uchun ajratilgan soatlar 
    hajmi kamligi bu fanni mukammal oʻrganish uchun yetarli emas. 
    Laboratoriya ishlarini oʻtkazish uslubiyotini 
    takomillashtirish
    Yuqori kompetentli 
    pedagog kadrlarni 
    tayyorlash
    Yangi avlod 
    darsliklarining yaratilishi 
    Fizika ta’limini ustuvor 
    yoʻnalish sifatida e’tirof 
    etish 
    Davlat ta’lim standartlarini 
    yangilash 
    Fan dasturlarining qayta 
    koʻrib chiqish va 
    optimallashtirish
    Laboratoriya ishlarini 
    hajmi va mazmunini qayta 
    koʻrib chiqish 
    “Ta’lim toʻg’risida”gi Qonunning yangilanishi 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish