3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
197
➢
ish joyi va vaqtini belgilashda erkinlik;
➢
iqtisodiy tejamkorlik (ish uchun kiyim-kechak, transport, oziq-ovqat xarajatlari)
;
➢
muhitga yoki jamoaga moslashish
shart emasligi;
➢
bir nechta sohalar boʻyicha ishlab, koʻp daromat olish;
➢
oʻqigan mutaxassisligi boʻyicha hujjat muhim emasligi.
Yuqorida keltirilgan afzalliklar bilan bir qatorda ba’zi kamchiliklarni ham sanab oʻtish
mumkin:
➢
har doim ham buyurtmalar boʻlmasligi;
➢
doimiy ravishda vaqt sarflab buyurtmalar izlash;
➢
reklamalar uchun pul sarflash;
➢
doimo internetda boʻlish;
Hozirgi vaqtda bir nechta web-freelance saytlari mavjud. Freelancerlik bu oʻz qobiliyati, bilimi va oʻzi
qiziqqan faoliyat turi orqali pul topishning eng oson usuli. Freelancerlik juda ham koʻp qamrovli soha boʻlib,
bunda hamma oʻzi qobiliyatidan kelib chiqib xizmat turini taklif qilishi mumkin. Masalan:
siz kompyuter
grafikasiga qiziqasiz va CorelDraw, Flash, PhotShop dasturlarida yaxshi ishlaysiz. Bemalol siz turli xil
rasmlarni tayyorlash, chizish yoki animatsiyalar tayyorlash xizmatini taklif qilishingiz mumkin.
Freelancerlik bilan shug’ullanishda buyurtmalarni izlab topish va oʻz ishini taklif qilishda asosiy
manba bu – freelance web saytlardir. Freelance web-saytlar mijozlarni oson
topishga hamda ish beruvchi
ishonchini qozonishga xizmat qiladi. Freelance web-saytlardan foydalanib taklif qilingan loyihalarni bajarib,
oʻz qobiliyatini namoyish etib borishi orqali platforma kengayadi va buyurtmalar soni oshib boradi.
Freelance web-saytlar freelancerlikni endigina boshlangan shaxslar uchun moʻljallangan xizmat turi
hisoblanadi. Ushbu saytlarda har xil kasb egalari xizmat olib borishadi. Freelance web-saytlar qatoriga
Freelance.ru, Freelancer.com, Weblancer.net, Freelancejob.ru, Upwork.com kabilarni kiritish mumkin.
Hozirgi kundagi keng qamrovga ega web-sayti bu – freelancer.com sayti hisoblanadi. Ushbu sayt
buyurtmachi va sotuvchilarni bir joyga toʻplash uchun moʻljallangan platformadir.
Ushbu platforma orqali
buxgalteriya, dasturiy ta’minot, muhandislik kabi loyihalarda ishtirok etish mumkin. Boshqacha aytganda,
freelancer.com – bu butun dunyo boʻylab mijozlar va freelancerlar uchun oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish
vositasini taqdim etadigan onlayn ish bozoridir. Avvalo foydalanuvchi mazkur saytdan roʻyxatdan oʻtib,
shaxsiy ma’lumot, elektron pochta manzilni tasdiqlaydi. Shundan soʻng foydalanuvchi oʻz profilini yaratib
oladi. Ushbu saytda qisqa yoki uzoq muddatli loyihalar joylashtiriladi. Freelancerlar joylashtirilgan loyihalar
bilan tanishib, oʻzi tanlagan yoʻnalishga mos bajarilgan ishlarni mijozlarga taqdim etadilar. Soʻngra mijozlar
e’lon qilingan takliflarni va ish namunalarini koʻrib chiqib, eng malakali ishtirokchilarni aniqlaydilar hamda
loyihani bir yoki bir nechta freelancerlarga beradilar. Mana shu orqali freelancerlik faoliyati rivojlanib
boraveradi. Hozirgi kunda talab eng yuqori boʻlgan freelancerlik yoʻnalishlariga matn bilan ishlash, tarjima
bilan shug’ullanish, dizayner, grafika bilan ishlash, web-saytlarni yaratish, mobil ilovalar yaratish kabilarni
sanash mumkin. Umuman olganda
,
barcha freelancerlarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchisi, ish
beruvchi va ishchilar oʻrtasidagi muloqotni ta’minlaydigan tarmoqda
,
ya’ni internet orqali ishlovchi insonlar.
Bunday kasb egalariga advokat, fotosuratchi, hisobchi, tarjimon, dars va maslahat beradigan oʻqituvchilarni
misol keltirish mumkin. Ikkinchisi, ish sohasi aynan internet faoliyati bilan bog’liq boʻlgan insonlar.
Masalan: dasturchi, dizayner, kopirayter kabi kasblarni keltirish mumkin. Soʻnggi vaqtlarda aksariyat firma
va korxonalar masofadan ish olib boradigan xodimlar va freelancerlarning xizmatidan foydalanishni ma’qul
topmoqda. Sababi, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz ishni tashkil etish qulayroq ya’ni buyurtmachi freelancer uchun
joy tashkil etishi, uni jihozlashi, elektr energiya sarfi uchun toʻlov toʻlashi, oziq-ovqat
uchun xarajatlardan
xoli boʻladi.
Freelancerlik faoliyati bilan shug’ullanishda yana bir muhim jihat bu chet tillarini mukammal bilishdir.
Ayniqsa, internet orqali daromad qilishda ingliz tili muhim rol oʻynaydi. Ingliz tili dunyo boʻylab keng
tarqalgan til boʻlib, koʻpgina platformalar ishni bajarish uchun ingliz tilida ravon gaplashishni talab qiladi.
Shuning uchun buyurtmachilar bilan muloqotga kirishishda buyurtmachi tilida gaplashish, ishni oson va
samarali tugatishga sabab boʻladi. Freelancerlar ishlagan daromadlarini qabul qilib olishlari uchun albatta
elektron hamyonga ega boʻlishi lozim. Masofaviy ishlarni bajarishda daromad olish uchun
bir kishida bitta
yoki bir nechta elektron hamyon kerak boʻlishi mumkin. Hozirgi kunda eng qulay oʻtkazmalar Yandex
money, WebMoney, QIWI, PayPal kabi tizimlardan foydalanish mumkin. Ushbu tizimlardan roʻyxatdan
oʻtish orqali foydalanish mumkin.