• PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
  • 1-diagramma. Freelancerlarning daromadlarining oʻsish sur’ati (Top 10)
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet262/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Muhokamalar va natijalar. Freelancerlik faoliyati sohalari juda ham keng. Bunda oʻquvchi va 
    talabalar uchun ham imkoniyat mavjud. Masalan: onlayn repetitorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari 
    mumkin. Agar oʻquvchi ba’zi bir fanlarni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlsa, video darslar tashkil etish orqali 
    boshqa oʻquvchilarga ta’lim berish mumkin. Ushbu video darslarni YouTube yoki Instagram kabi 
    https://buxdu.uz


    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    198 
    platformalarga joylashtirish mumkin. Bunda daromad videolardagi reklamalardan kelib tushadi, qancha 
    obunachilar koʻpaygani sayin koʻproq daromad olish imkoniyati paydo boʻladi. Freelancerlik orqali oʻtgan 
    2019-yilga nisbatan 2020-yilda freelancerlarning daromadlarining oʻsish sur’ati ancha oshgan. Buni quyida 
    keltirilgan mamlakatlar kesimidagi diagrammada koʻrish mumkin [3]. 
    1-diagramma. Freelancerlarning daromadlarining oʻsish sur’ati (Top 10) 
    Hozirgi kunda mamlakatimizda ham freelancerlik sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, umumiy 
    oʻrta ta’lim maktablarining 7-11
    -
    sinf oʻquvchilari sinovdan oʻtkazilib, web-freelancer yoʻnalishlari boʻyicha 
    qiziqishi boʻlgan oʻquvchilar saralab olinib, ular bilan muntazam ishlash yoʻlga qoʻyilgan. Bu ishlar
    ,
    albatta, 
    yoshlarning zamonaviy kasb egasi boʻlishi uchun koʻnikma va bilimlarni shakllantirish, ularni yetuk 
    malakali mutaxassislar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. Eng muhimi yoshlarimiz internetda vaqtni 
    bekor oʻtkazmasdan, oʻz ustida ishlashi va yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qilish lozim. 
    Freelancerlikning yana bir afzalliklaridan biri bu – faoliyatni tashkil etishda dastlabki sarmoya shart 
    emas, yana bir jihati freelance xizmat uchun har doimo ehtiyoj sezilishi ushbu faoliyatni internet orqali 
    daromad keltiradigan turli sohalar roʻyxatida oldingi oʻrinlarda ekanligini koʻrsatadi. Freelancer hamma vaqt 
    izlanishda va doimiy rivojlanishda boʻladi.
    Xulosa qilib aytganda, freelancer web-saytlar butun dunyo boʻylab freelancerlar va mijozlar oʻrtasida 
    hamkorlik qilish uchun xavfsiz, sodda va arzon muhitni ta’minlashga intiladi. Freelancerlik orqali har bir 
    inson boʻsh vaqtini oʻzi yoqtirgan mashg’ulot bilan shug’ullanib daromad olish imkoniyati ega. Freelancerlik 
    faoliyati butun dunyo hamjamiyati bilan aloqalarni yaxshilashga, har bir sohadagi muammolarni hal qilishga 
    hamda ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, vaqtdan unumli foydalanishga asos boʻladi.
     

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish