PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
200
Kirish. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bu toʻg’ri va ishonchli arxitekturani loyihalashtirish muhim
rol oʻynaydigan murakkab va koʻp vaqt talab qiluvchi jarayondir. Dasturiy ta’minotni ishlab
chiqish maqsadi
xaridorning barcha talablariga javob beradigan modelni yaratish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Dasturlarni yaratish boʻyicha harakatlarni taqsimlash va muvofiqlashtirish koʻpincha asosiy mas’uliyatli va
qiyin qarorlar hisoblanadi, chunki ular asosiy natijaga ta’sir qiladi. Arxitektura loyihasining maqsadi dasturiy
ta’minotning ichki xususiyatlarini aniqlash va uning tashqi xususiyatlarini mijoz tomonidan berilgan talablar
asosida batafsil tahlil qilish. Arxitektura bosqichida toʻg’ri
rejalashtirishsiz loyihalash, dasturiy ta’minot
ishlab chiqarish vaqt va xarajat nuqtayi nazaridan juda samarasiz boʻlishi mumkin.
Asosiy qism. Dasturiy ta’minot arxitektori aniq loyihani toʻliq loyihalashtirish
va amalga oshirishni
eng yaxshi qoʻllab-quvvatlaydigan ma’lum arxitekturani taklif qilish uchun javobgardir.
Dasturiy ta’minot arxitektorlari qanday loyiha alternativalari mavjudligini va qaysi biri funksional va
funksional boʻlmagan talablarga eng mos kelishini bilishlari kerak.
Toʻg’ri dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash ishlab chiqish va texnik xizmat koʻrsatish jarayonini
odu va samaraliroq qilishga yordam beradi. Dasturiy ta’minot tizimlari miqyosi, murakkabligi va oʻsishda
davom
etar ekan, toʻg’ri arxitektura dasturiy ta’minot ishlab chiqarishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaxshi ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot arxitekturasi mezonlariga quyidagilar kiradi:
Dasturning samaradorligi. Dastlab dastur berilgan vazifalarni hal qilishi va oʻz
vazifalarini yaxshi
bajarishi kerak, shu bilan birga, u har xil sharoitda bajarilishi lozim. Bularga ishonchlilik, xavfsizlik, ishlash
jarayonida
yuqori nagruzkaga
chidamli boʻlishi, va boshqa shu kabi xususiyatlar kiradi [1].