|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 273/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
206
Tajriba
yuzasidan
talabalar
fikr
almashadi:
Reaksiya
natijasida
hosil
qilingan
modda
fizik
xossalari
(kristallangan trifenilkarbinol 162
o
C da suyuqlanadi...) va sifat reaksiyalari o'tkaziladi.
Nazariy
hisob
kitobga
ko'ra
reaksiya
unumi
78
%.
(Guruh hisobotlarida reraksiya unumi solishtiriladi).
Yuzaga kelgan xatoliklarda talabalar fikri muhokama qilinadi.
Xatoliklarni tuzatishning aniq dasturi ishlab chiqiladi.
Tajriba so'ngida xato va kamchiliklar o'rganilib, talabalarning bilimi, salohiyati va
erkin fikrlash qobilyatlari inobatga olingan holda o'qituvchi tomonidan baholanadi.
Jamoa bilan ishlash talabalar fikrlash doiralarini kengaytiradi, fikrlar xilma-xilligi asosida bilimlar
yanada mustahkamlanadi.
Shu o‘rinda “muammoli ta’lim” metodiga ehtiyoj seziladi. muammoli ta’lim metodi asosida trifenil
karbinol sinteziga oid mavzu doirasida quyidagi muammoli savol va topshiriqlar guruhlarga taqdim qilinadi:
1. Bir atomli spirtlar haqida nimalarni bilasiz?
2. Bir atomli spirtlarning olinish reaksiyalariga misollar keltiring.
3. Bir atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari haqida gapirib bering.
4. Organik-sintez reaksiyalari jarayonini boshlashdan oldin idishlarning kimyoviy jihatdan tozaligiga
jiddiy e’tibor qaratish muhimmi? javobingizni asoslang.
5. Reaktiv sifatida nega aynan brom benzol tanlangan? boshqa turdagi galogenarenlardan ham
foydalanish mumkinmi?
6. Nima uchun jarayon absolyut efir muhitida bajarilishi lozim?
7. Reaksiya davomida muz bo‘laklaridan foydalaniladi. nega?
8. Oraliq mahsulot difenilni qanday yo‘qotish mumkin?
9. Haydash jarayoniga izoh bering.
10. Trifenil karbinolning fizik xossalarini gapirib bering.
11. Trifenil karbinol uchun qanday sifatli reaksiya qo‘llaniladi?
12. Reaksiya unumini oshirish uchun qanday chora-tadbirlarni qo‘llash mumkin?
Xulosa qilib aytganda, talaba mavzuga oid tegishli ma’lumotlar (sintezda ishlatiladigan reaktivlarning
fizik-kimyoviy xossalari, boradigan asosiy va qo‘shimcha reaksiya mexanizmlari, sintezni bajarish tartibi va
hisobi, mahsulotning xossalari va hokazo)ga egaligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng o‘qituvchi ishni
bajarish uchun talabalarga ruxsat beradi.
Organink kimyo oliy taa’lim muassasalarida o‘qitiladigan muhim va kelajakda ishlab chiqarish,
tibbiyot, sanoat miqiyosida juda katta o‘ringa ega bo‘lgan fanlardan biri bo‘lib, talabalar fanga oid nazariy va
amaliy ko‘nikmalarni to‘liq o‘zlashtirishlari lozim. bu esa o‘z navbatida professor-o‘qituvchilar zimmasiga
yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. bugungi kunda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘z o‘rnida,
maqsadga muvofiq ravishda foydalanish ta’lim sifatini oshiradi, darslarning samaradorligini rivojlantirishga
fundamental asos bo‘ib xizmat qiladi.
|
| |