|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 271/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKalit so‘zlar: organik kimyo, interaktiv metodlar, nоsimmеtrik, xatolik, reaktiv, Markоvnikоv qоidasi,
muammoli ta’lim.
В статье рассматриваются основы дальнейшего закрепления теоретических и практических
знаний студентов в области органической химии, развития их деятельности в процессе обучения
командном форме с использованием интерактивных методов.
Ключевые слова: органическая химия, интерактивные методы, несимметричный, ошибка,
реактивный, правило Марковникова, проблемное обучение.
The article discusses the foundations for further consolidation of theoretical and practical knowledge
of students in the field of organic chemistry, the development of their activities in the process of teaching a
team form using interactive methods.
Key words: organic chemistry, interactive methods, asymmetric error, reactive, Markovnikov's rule,
problem learning.
Kirish. Yuksak bilim va tafakkurga, intellektual salohiyat hamda ijodiy qobiliyatga ega bo‘lgan
kadrlarni tayyorlashning asosiy bosqishi ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanishini bilamiz. Istalgan jamiyatning
taraqqiyoti, rivoj topishi o‘sha jamiyatdagi barcha kasb egalarining yuksak mahorati hamda vijdonan faoliyat
yuritishiga bog‘liq. Har qanday soha vakili o‘z kasbining ustasi bo‘lishi, jamiyatning kerakli a’zosi sifatida
faoliyat olib borishi uchun poydevor aynan ana shu – ta’lim-tarbiya olish jarayonida yaratiladi. Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganidek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz”[1].
Asosiy qism. “5140500 – kimyo” tа’lim yo‘nаlishida tahsil olayotgan talabalarga mutaxassislik fani
sifatida “organik kimyo” o‘qitiladi. ushbu fan ta’limi uni o‘zlashtirishda talabalardan yetarli poydevor bilim,
mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur bilan birgalikda kuchli diqqat-e’tiborni talab etadi. ta’lim-tarbiya
jarayonida faollik ikki tomonlama bo‘lishini bilamiz. Demak, ayni paytda ta’lim beruvchining pedagogik
mahoratga egaligi va izlanuvchanligi o‘quv jarayoni samaradorligining oshishiga sabab bo‘luvchi asosiy
omillardan sanaladi. shuning uchun ham izlanuvchidan har bir organik moddaning fizik va kimyoviy
xossalari, reaksiyalar sodir bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlari, tajriba bajarishdan oldin fanning
umumiy qonuniyatlari va tajribani bajarish uchun barcha ma’lumotlarni yetarli darajada egallashi talab
qilinadi. chunki yo‘l qo‘yilgan har qanday noto‘g‘ri harakat talabani fan ta’limi jarayonida ko‘zlangan
maqsaddan yiroqashtiradi, ya’ni istalgan (organik-sintez, polemerlanish, kondetsatlanish) jarayon natijalari
biz uchun ijobiy bo‘lmasligi tabiiy. Nоsimmеtrik alkеnlarni gidrogalogenlash reaksiyalari yuqori
regioselektivlikga ega bo‘lib, reaksiya sharoitiga qarab ikki yo‘nalish bo‘yicha borishi mumkin:
CH
CH
2
R
HBr
+
CH
CH
3
R
CH CH
2
Br
R
1-bromalkan
(Markovnikov qoidasiga teskari)
CH
CH
3
R
Br
Br
peroksidlar
ishtirokisiz
peroksidlar
ishtirokida
CH
2
CH
2
Br
R
HBr
2-bromalkan
(Markovnikov qoidasiga binoan)
Br
+
Markоvnikоv qоidasiga (1869-yil) muvofiq bоrganda vоdоrоd galоgеnidning vоdоrоd atоmi
alkеnning qo‘shbоg‘ orqali bоg‘langan vоdоrоdga bоy uglеrоd atоmiga, galоgеn esa vоdоrоdi kam uglеrоd
atоmiga birikadi:
https://buxdu.uz
|
| |