3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
201
obyektlarga boʻlinadi. Modullarni dekompozitsiya qilish eng yaxshi dastur
tomonidan hal qilinadigan
vazifalarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Asosiy dastur bir-biridan mustaqil ravishda ularga yuklangan
vazifalarni bajaradigan modullarga boʻlinadi.
Bundan tashqari, toʻg’ri dekompozitsiya bilan odular oʻz
vazifalarini bajarishga va mustaqil ishlashga e’tibor qaratishlari mumkin [9]. Modul nafaqat uning
bajaradigan
funksiyalarini, balki ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar toʻplamini ham
tavsiflaydi (2-rasm). Toʻg’ri dekompozitsiya bilan modul oʻz funksiyalarini faqat kirish ma’lumotlari asosida
bajarishi mumkin.
2-rasm. Modulni qurish sxemasi
Modulli konstruksiya koʻpincha maxsus dasturiy ta’minotni tarkibiy har biri oʻz vazifalarini
bajaradigan qismlarga (sinflarga, funksiyalarga va boshqalarga) boʻlinishni anglatadi. Juda ishonchli tizimlar
uchun dastur ishlab chiqilgan taqdirda, bu boʻlinish usuli yetarli boʻlmasligi mumkin. Sun’iy yoʻldoshlardan
navigatsiya ma’lumotlarini yig’ish, saqlash va tahlil qilish uchun oʻlchov kompleksi juda ishonchli tizimga
misoldir.
Bitta modulning ishlamay qolishi barcha maxsus dasturlarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Shu
munosabat bilan, juda ishonchli tizimlar uchun maxsus dasturiy ta’minotda alohida dasturlardan
ularning vazifalari doirasi uchun mas’ul modul sifatida foydalanish taklif etiladi. Bundan tashqari, xabarlarni
odular oʻrtasida uzatadigan vositachi dasturni yaratish kerak [10] (3-rasm).