• Asosiy qism.
  • Keywords: problem situation, medical chemistry, task, medicine, education




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet275/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Keywords: problem situation, medical chemistry, task, medicine, education. 
    Kirish. Ma’lumki, bugungi rivojlanayotgan dunyoda fan va texnologiyalar sohasida o‘zgarishlar 
    shiddat bilan yangilanib bormoqda. Talabalarga bugun berilayotgan bilimlar tez eskirmoqda, bu esa o‘z 
    navbatida bo‘lajak mutaxassislardan bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda rivojlantirib 
    borishlarini talab etmoqda. Bu esa yosh avloddan doimiy ravishda izlanishda bo’lishi, nafaqat bilimlarini 
    rivojlantirishi, balki, ma’naviy va jismoniy jihatdan ham tarbiyalanishi zarurligini anglatadi. Bu borada 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida 
    aytilgan fikrni keltirish mumkin “Avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror 
    toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat 
    qilishi lozim” [1]. 
    Asosiy qism. Zamonaviy dunyoda innovatsion malaka deganda tanqidiy fikrlash, muomalaga tez 
    kirishish qobiliyati, hamkorlik qila olish, kreativlik, butun umr davomida bilim olish (lifelong learning) va 
    unumli ishlash bilan bog‘liq harakatlar tushuniladi. “Soft skills” malakasiga esa axborot kommunikatsion 
    texnologiyalarni bilish va ishlatish kabilarni aytish mumkin. 
    Talabalarda bunday malakalarni shakllantirish masalasi hozirgi oliy ta’lim muassalarida ishlab 
    kelayotgan professor-o‘qituvchilar yuzlashayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 
    1924-yilda “Kimyo ta’limi jurnali”ning birinchi sonida V.A.Patrik “Yaxshi o‘qitish uchun qanday 
    tadqiqotlar kerak?” maqolasida quyidagi so‘zlarni yozgan: “Kimyo fani boshidan oxirigacha fakt va usullarni 
    tushuntirishga asoslangan bo‘lib, talabalar uchun ushbu faktlarni tirik va realga aylantiradi” [2]. 
    Kimyo fanini o‘qitish bo‘yicha hozirgi kunda juda keng doiradagi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilyotgan 
    bo‘lib, ularga talabalar kimyo fanini tushunishlari yoki tushunishga xalaqit berayotgan mexanizmlar; 
    tushinish, munosabat va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘lchaydigan instrumentlarni ishlab chiqish; yangi o‘quv 
    dasturlar ishlab chiqish va boshqalar kiradi [3].
    Ayniqsa, malaka muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisning kelajagini ta’minlab berishi 
    shubhasizdir. Malakani quyidagi turlarga ajratish mumkin: hayotiy va kasbiy, innovatsion hamda raqamli 
    savodxonlik (soft skills). Hayotiy va kasbiy malakalarga mehnat unumdorligining yuqoriligiga erishish, tez 
    moslashuvchanlik, tadbirkorlik, maqsadni qo‘ya bilish va unga intilish, ijtimoiy va madaniyatlararo 
    hamkorlik, samaradorlik, mas’uliyatlilik va liderlik kiradi.
    Bir qator olimlarning fikriga ko‘ra [4, 6] aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadiga 
    fikrlashning rivojlanishi bilan ilmiy adabiyotlarni izlash, texnik ma’lumotlarni aniqlash, guruhda ishlash, 
    ilmiy faraz, tushuncha va fenomenlarni ilgari surishga o‘rgatish hisoblanadi. 
    Bizning fikrimizcha kimyo fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limda 
    an’anaviy usullar bilan birgalikda “Muammoli vaziyatlar” yoki “Muammoli ta’lim” (Problem based 
    learning) usulini qo’llash muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’limga kompetensiyaga asoslangan yondashuv 
    nuqtayi nazaridan talabalarning o’quv jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash maqsadlaridan biri 
    talabalarning shaxsiyatini, uning o’zini o’zi rivojlantirish qobiliyatini, o’z taqdirini o’zi belgilashi, o’z-o’zini 
    tarbiyalash va anglash qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni asosiy kompetensiyalarni shakllantirishdir [7]. 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keywords: problem situation, medical chemistry, task, medicine, education

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish