|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 283/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
213
shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini
belgilaydi.
Mutaxassislar tayyorlashga nisbatan oldindan belgilab berilgan me’yorlarga kо‘ra “kompetentlik”
atamasi mutanosib kompetensiyalarga ega bо‘lgan mutaxassisga nisbatan qо‘llaniladi. Kompetentlik ma’lum
holat xususida tо‘g‘ri mulohaza yuritish imkoniyatini beradigan bilimga ega bо‘lish, dalil-isbotli fikr,
kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining
murakkab majmui bо‘lib, ma’lum sohadagi bilim, kо‘nikma va tajribani mujassamlashtirish, insonga
muayyan masalalarda fikr bildirish, ma’lum qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish yoki о‘zi qaror qabul
qilish imkonini beradi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon boʻladi:
− murakkab jarayonlar;
− noaniq vazifalarni bajarish;
− bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanish;
− kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega boʻla olishda.
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
− oʻz bilimlarini izchil boyitib boradi;
− yangi axborotlarni oʻzlashtiradi;
− davr talablarini chuqur anglaydi;
− yangi bilimlarni izlab topadi;
− ularni qayta ishlaydi hamda amaliy faoliyatida samarali qoʻllaydi.
Boʻlajak biologiya oʻqituvchilari kasbiy kompetentligida koʻzga tashlanadigan muammolarning
yuzaga kelishiga koʻpgina omillar sabab boʻlmoqda:
‒ bilimlarining izchil ravishda boyitib borilmasligi, yangi axborotlarni oʻrganishning sustligi;
− internet tizimidan yetarlicha foydalanmaslik;
− darslikdagi ma’lumotlar bilan chegaralanib qolish;
− fandagi yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va oʻz faoliyatida qoʻllamaslik;
− laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etmaslik;
− oʻqitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg‘un ravishda foydalanmaslik;
− biologiyadan hayotiy muammoli vaziyatlarni yechish metodikasining toʻliq shakllanmaganligi;
−biologiya darslarida fanlararo integratsiya yetarlicha takomillashmaganligini ta’kidlash joiz.
Boʻlajak biologiya fani oʻqituvchilarining bu kabi muammolari ta’limning sifat va samaradorligini
oshirishga toʻsqinlik qiladigan asosiy sabablardan hisoblanadi. Keltirilgan muammolarning yechimlarini
birgina maqolada yoritish, albatta, mushkul, shu bois maqolada oʻqituvchining kasbiy kompetentligini
biologiyadan hayotiy muammoli vaziyatlarni yechish va biologiya darslarida fanlararo integratsiya
jarayonida shakllantirishgagina toʻхtalamiz.
Biologiyadan hayotiy mauammoli vaziyatlarni yecha olish biologiya oʻquvchilarining amaliy hayotda
zarur boʻladigan eng muhim kompetensiyalaridan biri sanaladi. Olib borilgan tajriba-sinov natijalariga koʻra,
koʻpchilik umumiy oʻrta ta’lim maktablarining biologiya fani oʻqituvchilari fanni oʻqitishda hayot bilan
bog’liqlikning yetarli emasligi hamda fanlararo bog’lanish umuman yoʻqligini yoki umuman
tushunmasliklari aniqlandi. Bunga sabab oʻz ustida ishlamasliklari va darslarda tizimli ravishda tatbiq
etmasligidir. Vaholanki, oʻquvchilarga ta’lim berish jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlashda hamda
ularning mazmun-mohiyatini anglab yetishda hayotiy vaziyatlar va fanlalaro bog’liqlik asosiy oʻrinda turadi.
|
| |