|
Biologiya darslarida integratsiya Pdf ko'rish
|
bet | 285/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilBiologiya darslarida integratsiya
Boʻlajak biologiya fani oʻqituvchisi darsni sermazmun, qiziqarli, barcha
oʻquvchilar uchun kerakli boʻlishi, boshqa fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ishlash malakasiga hamda
maktabdagi fan oʻqituvchilari oʻrtasida mustaqil ishlash va hamjihatlikda boʻladi.
Biologiya va kimyo
Inson organizmida doim boʻladigan va ularning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan kimyoviy
elementlar:
kislorod, uglerod, vodorod, kalsiy, azot, kaliy, fosfor, magniy, oltingugurt, xlor, natriy, temir kiradi.
Biogen elementlardan birortasi organizmda yetarli miqdorda boʻlmasa kasallik roʻy beradi
(biogeokimyoviy endemiyalar), masalan, suvda va ovqatda yod yetishmasaodam buqoq boʻladi yoki bor
yetishmaganda qand lavlagi qora dogʻli boʻlib qoladi.
Sog’lom odam organizmida mineral tuzlar ortiqcha miqdorda iste’mol qilinsa zaxira sifatida toʻplanib
boradi masalan: NaCl - teri osti kletchatkasida, temir tuzlari - jigarda, kalsiy tuzlari - suyakda toʻplanib
boradi.
Bioelementlar deb ham ataladigan mineral elementlar inson tanasida muhim rol oʻynaydi:
tana qurilishida (kaltsiy, fosfor, temir);
metabolizm jarayonida koʻplab biokimyoviy jarayonlarni (kaliy, natriy, yod, xlor, mis, marganets,
selen va boshqalar) tartibga soladi;
qon ivishi (kalsiy) jarayonida ishtirok etish;
tanadagi suv muvozanatini saqlash (natriy, kaliy);
kislota-ishqor muvozanatini saqlashga ta’sir qiladi;
Tirik tizimlarning kimyoviy elementlari tarkibi yer qobig’ining kimyoviy elementlaridan farq qiladi.
Yer qobig’ida O, Si, Al, Na, Fe, K, tirik organizmlarda H, O, C, N. Boshqa barcha elementlar 1% dan kam.
Bizga 20 ta kimyoviy element kerak - ularsiz tirik tizim boʻla olmaydi. Ushbu moddalarning toʻplami atrof-
muhit va metabolizmga qarab farq qiladi. Ba’zi kimyoviy elementlar barcha tirik organizmlarning bir
qismidir (universal kimyoviy elementlar) H, C, N, O. Na, Mg, P, S, Ca, K, Cl, Fe, Cu, Mn, Zn, B, V, Si, Co,
Mo...
Organizmda 1,5 kg atrofida kalsiy mavjud boʻlib, uning ikki fondi mavjud:
1. Suyaklardagi kalsiy.
2. Suyuqliklardagi yoki toʻqima oqsillari bilan birikkan kalsiy.
|
| |