|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 287/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilBiologiya va tarix
Qadimgi dunyo tarixi madaniy oʻsimliklarning tarqalishi bilan bog’liq. Ularning aksariyati paydo
boʻlgan joyga yaqin joyda yetishtirilgan. Eng qadimiy madaniyatlar bir necha ming yillar davomida mavjud
boʻlgan: bug’doy - Misrda, guruch - Xitoyda, arpa - Mesopotamiyada, noʻxat, loviya, lavlagi - Yevropada,
turp - Yevropada va Xitoyda, karam – Oʻrta dengizda, bodring - Hindistonda.
Misrda piramida quruvchilar sarimsoq, piyoz, bodring, karam va non iste’mol qilishgan. Misrda olma
bog’lari miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalarida mavjud boʻlgan.
Madaniy oʻsimliklardan tashqari, koʻplab oʻtlar iste’mol qilingan, ularning ozuqaviy qiymatini hozirgi
kunda hech kim eslamaydi: bizon, yalpiz, qichitqi oʻt, dulavratotu, mallow, cinquefoil va boshqalar,
shuningdek suv oʻtlari.
Xitoy va Misrda botqoq va suv oʻsimliklari ularning ildizi, poyasi, barglari yeyilgan: suv nilufarlari,
lotus, kalamus, oʻq uchlari, geleoxaris, mushukcha, qamish, suv yong’og’i, oʻrdak va boshqalar.
Harbiy yurishlar oʻsimliklarning yangi navlarini tarqalishiga hissa qoʻshdi. Shunday qilib, Buyuk
Iskandarning yurishlari tufayli yevropaliklar banan bilan tanishdilar. Rim sarkardasi Lucullus Kichik
Osiyodagi Pontiya qiroli Mitridataga qarshi yurishlaridan gilosni Rimga olib keldi. Ossuriya shohlari
Tigratpalassar va Sargon oʻzlarining yurishlaridan daraxtlar urug’ini, xususan, Kichik Osiyoda yoyila
boshlagan sadr urug’larini olib kelishdi.
Biologiya va fizika
Hozirgi zamon tabiatshunoslik fani rivojlanishi va texnik yuksalishida fizika fani munosib oʻrin tutadi.
Keyingi yillarda fizika fanida erishilgan yutuqlar, jumladan, yadro energiyasi, raketasozlik, yarim
oʻtkazuvchanlik texnikasi va boshqa fanlarning rivoji hamda ularda yangi kashfiyotlar yaratilishi boshqa
fanlar, masalan, biologiya fani rivojiga salmoqli ta’sir koʻrsatgan, jumladan optik va elektron mikroskoplar
kashf etilishi ham. Mikroskoplar orqali tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi, hujayrada sodir boʻladigan
murakkab jarayonlarni tadqiq etish imkoniyati yaratildi. Mikroskopiya natijasida tirik organizmlar
irsiyatining tabiati, irsiyatning moddiy asosi boʻlgan DNK va RNKlarning oʻziga xos xususiyatlari,
vazifalari, belgilarining paydo boʻlishidagi rolini aniqlash mumkin boʻldi.
Mexanika qonuniyatlarini organizmni oʻrganishga (qon aylanishi, tovush va yorugʻlikni sezish) tatbiq
qilishga urinish birinchi marta 17-asrda sodir boʻlgan. 18-asr oxirida L.Galvani va A.Volta tomonidan
“hayvon elektri”ning kashf etilishi fizik-kimyoviy hodisalarni oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻldi. 19-
asr va 20-asr boshlarida organizm energetikasi prinsiplari (Y.R. Mayer); koʻrish va eshitish organlari
ishlashining fizik asoslari hamda biologik strukturalar bilan yorugʻlikning oʻzaro taʼsiri (G. Gelmgols, K. A.
Timiryazev, P. P. Lazarev), toʻqima va hujayradagi osmotik va bioelektrik hodisalar (E. DyubuaRaymon,
Yu. Bernshteyn, J. Lyob, V. Nernst) tugʻrisidagi asosiy tushunchalarga asos solindi.
Ochiq biologik sistemalar termodinamikasi, energetik jarayonlardagi energiya oʻzgarishlari hamda
membranasi orqali transport qilinishi va u bilan bogʻliq bioelektrik hodisalar, muskul qisqarishi va boshqa
harakat shakllari (G. M. Frank), fotobiologik jarayonlar (A. N. Terenin, A. A. Krasnovskiy B.)ning rivojlanib
kelayotgan sohalari hisoblanadi. Biologik sistemalarning uzuzini tashkil qilishi (P. B. Usmonov) ilon,
chayon va arilar zaharidan ion kanallarini tanlab oʻtkazuvchi neyrotoksinlar umurtqalilar va hasharotlar
sinapslari glutamat neyroreseptorlari oʻrganildi va boshqarilishi ham xuddi shunday sohalar qatoriga kiradi.
Biologiya darslarida hayotiy muammoli vaziyatlarni yechishda ham yosh oʻqituvchining kreativlik
qobilyati toblanadi.
Agar qizil lola oʻsadigan maydonning 100 m
2
da 100 ta lola uchrasa, shu maydondagi lolalarning soni
10 yil davomida qanday oʻzgarishini yillar boʻyicha hisoblab toping. Mazkur oʻzgarishlarni grafik shaklda
tasvirlang.
Eslatma: qizil lola koʻsakchasida 6 ta urugʻ yetilib, urugʻdan chiqqan nihol 9-10 yilda gullaydi. Har
bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil boʻlib, undan ungan nihol 4-5-yilda gullaydi. Lola urugʻining
unuvchanligi 75% ni tashkil etadi.
Haydarali ota oʻz tomorqasida 20 tup bodiring yetishtirdi. Bodringlar oʻsib – rivojlanib, gulladi. Ota
qiziqishi tufayli bodring gullarini sanadi, ular 100 ta gul ekanligini aniqladi. Ota hosilni oʻzicha hisoblab
chiqdi. Lekin hosil yetilganda jami 30 ta bodring oldi. Ota buning sababini tushunmay, sizdan maslahat
soʻraganda siz bu holatni qanday izohlagan boʻlardingiz?
Eslatma. Oʻqituvchi oʻquvchilarga muammoning kelib chiqish sabablariga e’tiborli boʻlish, ya’ni
bodringni morfologik, anotomik, fiziologik, agronomik va boshqa xususiyatlari haqidagi bilim, koʻnikma va
https://buxdu.uz
|
| |