• Asosiy qism.
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet282/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Key words: professional competence, integration, natural wonders, tomato, kakku, baobab tree, rat, 
    biology and history, biology and chemistry, biology and physics, biology and geography. 
     
    Kirish. Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida boʻlajak oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini 
    shakllantirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, bu boradagi ishlar sirasiga oily 
    ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasining toʻliq ta’minlanishi, DTS, dastur va darsliklarning yangi 
    avlodining yaratilishi, oʻqitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalardan uyg‘un ravishda 
    foydalanishning tatbiq etilishi, oʻquvchilarning bilish faoliyatining mustaqil va ijodiy izlanishlar asosida 
    tashkil etilishi, fan oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari faoliyatini 
    rivojlantirish, “Mahorat maktablari”ning tashkil etilishi kabi koʻplab yutuqlarni kiritishimiz mumkin. 
    Shunday islohotlar olib borilishiga qaramay, boʻlajak biologiya fani oʻqituvchilarining kasbiy 
    kompetentligida bir qator muammolar mavjudligi koʻzga tashlanmoqda.
    Asosiy qism. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 
    zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalarning egallanishi va amalda yuqori darajada qо‘llay olinishidir [1, 
    4-5]. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishinigina emas, balki 
    har bir mustaqil yoʻnalish boʻyicha integrativ bilimlar va harakatlarning oʻzlashtirilishini ham nazarda tutadi, 
    shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borish, yangi axborotlarni oʻrganish, 
    muhim ijtimoiy talablarni anglay olish, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va oʻz 
    faoliyatida qoʻllay bilishni taqozo etadi. 
    “Kompetentlik” tushunchasi shaxsning doimo о‘sib boruvchi tasnifi bо‘lib, real hayotiy vaziyatlarda 
    yuzaga kelgan muammolarni yechish qobiliyati, о‘z bilimi, о‘quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va 
    qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari hisoblanadi. 
    Boʻlajak biologiya fani oʻqituvchilarining kasbiy-pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish uning 
    mazmuni bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili boʻlajak biologiya 
    fani oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. Shu 
    sababli zamonaviy ta’lim texnologiyalari imkoniyatlaridan hamda yaratilayotgan о‘quv-uslubiy, didaktik 
    majmualardan unumli foydalanish negizida biologiya fani oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish