1-Jadval. Muammoli vaziyatlar usuli turlari va talabalarning ta’lim darajasi bog’liqligi
Ta’lim turi
Tinglovchilar
Talabalar
Mutaxassislar
Boshlang’ich
Tasviriy (illyustrativ) o’quv
Muammoni shakllantirish bilan
bog’liq bo’lgan o’quv jarayoni
Maxsus
Muammoni shakllantirish bilan
bog’liq bo’lmagan o’quv jarayoni
Amaliy mashg’ulotlar
https://buxdu.uz
3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
209
Muammoli vaziyatlar – hayotdan olingan misol, bu nafaqat voqealarning aniq tavsifi, balki, vaziyatni
tushunishga imkon beradigan yagona axborot majmui hamdir. Muammoli vaziyatlar quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
1) yaratilishning aniq belgilangan maqsadiga mos kelishi;
2) tegishli qiyinchilik darajasiga ega bo’lishi;
3) hayotning bir necha jihatlarini tasvirlashi;
4) tez eskirmasligi;
5) bugungi kunda dolzarbligi;
6) odatiy vaziyatlarni tasvirlashi;
7) analitik fikrlashni rivojlantirishi;
8) munozaraga olib kelishi;
9) bir necha yechimlarga ega bo’lishi.
Tibbiy kimyo fani barcha tibbiyot oliygohlarida birinchi kurslarida o’tildigan fundamental fan
hisoblanadi va u kimyo fanini tibbiyotdagi ahamiyati bilan cheklanib qolmaydi. Fan nafaqat kimyoviy
moddalarni inson organizmiga ta’siri, balki, organizmda kechadigan moddalarning o’zgarishlari, o’zgarishlar
natijasida organizmda sodir bo’ladigan jarayonlarni ham o’rganadi. Misol tariqasida mualliflar tomonidan
ishlab chiqilgan muammoli vaziyatga oid masasalalarni keltirish mumkin.
1. Bemorni tekshirishda qon plazmasining pH qiymati 7,2 ga teng ekanligi aniqlandi. pH qiymatining
normadan chetga chiqishi qanday kasalliklarga olib kelishi va bu patologiyani qanday qilib davolash (oldini
olish) mumkin?
2. Bemorni tekshirishda qon plazmasining pH qiymati 7,6 ga teng ekanligi aniqlandi. pH qiymatining
normadan chetga chiqishi qaysi kasalliklarga olib kelishi mumkin va bu patologiyani qanday qilib davolash
(oldini olish) mumkin?
3. Tish to’qimalarining anorganik asosini gidroksiapatit tashkil etadi:
. Ftorli tish
pastalaridan profilaktik vosita sifatida foydalanish nimaga asoslangan?
4. Laboratoriyada yangi dori yaratildi. Ushbu preparatning optimal saqlash muddati T = 20
da uch
yil bo’lishi kerak. Tibbiyot amaliyotiga preparatni tezkor ravishda kiritish uchun uning yaroqlilik muddatini
belgilash uchun tezlashtirilgan saqlash usulidan foydalanishga qaror qilindi. Agar tezlik harorat koeffitsienti
g = 2 bo’lsa, dorini saqlash muddati aniqlash uchun vaqt qay darajada qisqartadi?
a) tezlashtirilgan saqlash usuli nima?
b) Vant Goff qoidasi qanday matematik ifodaga ega?
c) preparat 30 haroratda qancha vaqt saqlanishi kerak?
d) preparatni 40 da qancha vaqt saqlash kerak?
e) preparatni 50 haroratda qancha vaqt saqlash kerak?
5. Bolalardagi gipoxromik anemiya uchun gemofer (
) ishlatiladi. Davolash paytida qon
plazmasidagi
ionlari miqdorini nazorat qilish kerak. Klinik laboratoriyada quyidagi titrant eritmalari
mavjud: 0,1 mol/l HCl eritmasi, 10%
eritmasi, 0,1 mol/l Trilon B eritmasi, 0,01 mol/l
eritmasi va indikatorlar: fenolftalein, lakmus, metilzarg’aldog’i. Qon plazmasidagi
ionlarining
miqdorini qanday aniqlash mumkin?
a)
ionlarining konsentratsiyasini aniqlash uchun qanday titrlash usulini qo’llash kerak?
b) qaysi titrantni tanlash kerak?
d) reaksiya qanday muhitda amalga oshirilishi kerak?
e) qanday indikatorni qo’llash kerak?
6. Me’da shirasining kislotaliligini aniqlash uchun laboratoriyada elektrodlar to’plami bo’lgan pH
o’lchagich mavjud: platina, kalsiy, to’yingan kumush xlorid, stakan, natriy. Yo’naltiruvchi elektrodlar va
pHni aniqlash elektrodini tanlash kerak.
a) yo’naltiruvchi elektrod sifatida natriy elektrodini tanlash mumkinmi?
b) yo’naltiruvchi elektrod sifatida kumush xlorid elektrodini tanlash mumkinmi?
d) kalsiy elektrodini pH elektrodi sifatida tanlash mumkinmi?
e) shisha elektrodni pH elektrod sifatida tanlash mumkinmi?
f) platina elektrodini pH elektrod sifatida tanlash mumkinmi?
7. Sr90 zaharlanishiga chalingan bemor kasalxonaga atsidoz simptomi bilan yotqizilgan. Kasalxonada
quyidagi dorilar mavjud:
https://buxdu.uz
|