|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 276/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
208
Olimlarning fikricha, laboratoriya mashg‘ulotlarida tadqiqotga asoslangan ta’lim talabalarning fikrlari
va konsepsiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega [8, 9]. Muammoli vaziyatlar usulida talabalar
hayotda uchraydigan voqealar, muammoli vaziyatlarni yechishiga qaratilgan tajriba ishlarini amalga oshiradi
[10]. Bunda talabalar oddiy mustaqil ishlarini (referat, prezentatsiya va boshqalar) bajarishga qaraganda dars
jarayonida olgan bilimlarini amalda qo‘llash, noan’anaviy sharoitda ishlash, qaror qabul qilish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Bu esa ularni qo‘shimcha ma’lumotlarni izlash va o‘rganishga undaydi. Vujudga keladigan
savollar ilmiy izlanishga undaydigan vositalar hisoblanadi. Sababi, mustaqil ta’lim uchun beriladigan tajriba
ishlarining yakuni mavhum hisoblanadi, ya’ni, natija noma’lumdir [11, 13].
So’nggi yillarda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ta’limni modernizatsiya qilish – o’quv dasturlarini
qayta ishlash va zamon talablariga moslashtirish, yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish, kredit-modul
tizimini hamda qo’shma dasturlarni joriy qilish munosabati bilan yangi samarali o’qitish usullarini qidirish
ishlari olib borilmoqda.
Oliy ta’lim amaliyotiga muammoli vaziyatlar usulini joriy etish muammosi hozirgi kunda juda dolzarb
bo’lib, ikkita yo’nalishga bog’liq:
birinchisi ta’lim rivojlanishining umumiy yo’nalishi, uning kasbiy kompetensiya, ko’nikma va aqliy
faoliyatni shakllantirish, shaxs qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha aniq bilimlarni olishga
yo’naltirilganligidan kelib chiqadi, ular orasida o’rganish, fikrlash paradigmasini va qayta ishlash
qobiliyatiga alohida e’tibor beriladi. Ma’lumotlar massivlari;
ikkinchisi – mutaxassisning sifatiga qo’yiladigan talablarning ishlab chiqilishidan kelib chiqadi, u
birinchi yo’nalish talablariga javob berish bilan bir qatorda, turli vaziyatlarda maqbul harakat qilish
qobiliyatiga ega bo’lishi, inqiroz davrida tizimli va samarali bo’lishi kerak. Shu sababli talabalar “Muammoli
vaziyatlar” usulida “Tadqiqotchi” sifatida faoliyat ko‘rsatadi, chunki, haqiqiy ilmiy ish bajarishdagi kabi
tajribalarni bajarishda yagona uslubiy ko‘rsatma bo‘lmaydi va talaba tajribalarni bajarish uchun turli kimyo
adabiyotlarini tahlil qilishi kerak bo‘ladi. Talabalar amaliy muammoni aniqlashi, ilmiy adabiyotlardan
farazni shakllantirishi, eksperimentni ishlab chiqishi, natijalar olish va ularni tahlil qilish qobiliyatini
ko‘rsatishi talab qilinadi. O‘qituvchi esa tadqiqotga rahbarlik qilib, ishni bajarish bo‘yicha maslahatlar,
tushuntirishlar, savollarga javob berish orqali tegishli yo‘nalish beradi. Shu bilan birga talabalar bilan
natijalarni muhokama qiladi. Og‘zaki va yozma hisobotlarni tayyorlashda ko‘maklashadi.
|
| |