|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 303/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
225
ishlarda keltirilgan. Shunga qaramasdan kimyo fanini oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari yetarlicha
oʻrganilmagan. Shu maqsadda kimyo fanini oʻqitishda vujudga keladigan qiyinchiliklarni tahlil qilish va
ularning oldini olish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqotning obyekti sifatida Abu Ali ibn
Sino nomli Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiy kimyo fanini oʻqitish jarayoni olingan.
Bugungi kunda Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro davlat tibbiyot instituti Xorijiy fakultetida 10 ta
davlatdan 300 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Shu bilan birga 2019-yilda institutda Pokiston va
Hindistonda tan olinadigan MBBS (Bachelor of Medicine, Bachelor of Surgery) ta’lim yoʻnalishi yoʻlga
qoʻyilgan.
Tibbiy kimyo fani birinchi oʻquv yilida oʻtiladigan fundamental fan hisoblanadi, shuning uchun
talabalar duch keladigan muammolar orasida nafaqat yangi jamoada, balki notanish mamlakatda ham
moslashishning murakkabligi bilan bog’liq ijtimoiy-psixologik muammolar muhim oʻrin tutadi. Turli xil
an’analar va turmush tarzi, tili va odatlari bilan farqlar kuzatiladi. Bu, shubhasiz, nafaqat talabalarning hissiy
holatiga, balki ularning oʻqishga boʻlgan munosabati va oʻqish samaradorligiga ham ta’sir qiladi.
Avvalo, mashg’ulotlar olib boriladigan ingliz tilida oʻqituvchi va talabalarning oʻziga xos talaffuzi
xususiyatlari natijasida yuzaga keladigan qiyinchiliklarga toʻxtalib oʻtamiz. Bu qiyinchiliklar dars
jarayonlarining birinchi oyida vujudga keladi. Oʻqituvchi va talaba bir-birini tushunishi qiyinroq boʻladi.
Ingliz tilida soʻzlashadigan chet el guruhlari odatda dekanat tomonidan tarkibi jihatidan bir-biriga yaqin
holda tuziladi. Bunda fan boʻyicha qiyinchilikka duch kelganda eng qiyin masalalarni tushuntirib beradigan
talabalar jamoasining a’zolari oʻzlashtira ololmayotgan talabaga yordam berish uchun oʻz ona tilidan
foydalanib yordam berishadi. Bu holat ham hindistonlik ham pokistonlik talabalar orasida koʻpincha amaliy
darslar jarayonida kuzatiladi. Bunday oʻzaro yordam natijasida ikkinchi yilga kelib vaziyat ancha
yaxshilanadi.
Oʻquv jarayoni, shuningdek, oʻquvchilarning maktab, kollej yoki litseydan keyin kelgan har xil
boshlang’ich bilim darajasi bilan murakkablashadi, bu, avvalo turli mamlakatlarda turlicha boʻlgan maktab
oʻquv dasturlariga bog’liq. Aksariyat hollatlarda oʻqishga qabul qilingan talabalar kimyoning bazaviy
tushunchalari hamda masalalarni yechishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bu, avvalambor, maktab
dasturidagi farqlardan kelib chiqadi. Ma’lumki, bugungi rivojlanayotgan dunyoda fan va texnologiyalar
sohasida oʻzgarishlar shiddat bilan bormoqda. Talabalarga bugun berilayotgan bilimlar tez eskirmoqda, bu
esa oʻz navbatida boʻlajak mutaxassislardan bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy ravishda rivojlantirib
borishlarini talab etmoqda [10]. Ammo, institutda oʻqish dasturi barcha talabalar uchun bir xildir. Tibbiyot
OTMlarida oʻqitiladigan tibbiy kimyo kursi maktabda oʻrganilgan kimyo, fizika va matematika bilimlariga
asoslanadi. Shuning uchun maktab kimyo kursiga kiritilgan mavzular ancha oson va tez oʻrganiladi; bu holda
murakkabroq masalalarni yechish uchun vaqt ajratish mumkin, masalan, bir nechta mavzular materialini
qamrab olgan yoki birlashtirilgan mavzular uchun. Aksincha, boshlang’ich bilim darajasi yetarli boʻlmagan
taqdirda, asosiy masalalar va muammolar turlarini muhokama qilish bilan cheklanib qolinadi. Ehtimol,
kimyoning asosiy tushunchalarini oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha soatlarni ajratish orqali vaziyat yaxshilash
mumkindir.
|
| |