• 1-jadval. Ba’zi formula va kattaliklardagi farqlar № Formula yoki kattaliklarning ma’nosi Oʻzbek tilidagi adabiyotlarida
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet304/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Muhokamalar va natijalar. Chet ellik talabalar uchun tibbiy kimyo fanini oʻqitishning oʻziga xos 
    xususiyatlariga toʻxtalamiz. 
    1. Matematik hisob-kitoblarda qoʻllaniladigan formulalar va kattaliklarni ifodalashdagi farqlar. 
    Ayniqsa eritmalar mavzusida qoʻllaniladigan eritmalarning konsentratsiyasini aniqlashda nafaqat 
    formulalarning tuzilishi, balki, kattaliklarning farq qilishiga ham duch kelamiz. Kattaliklarning farq qilishi 
    ham qoʻshimcha noaniqliklarga olib keladi.
    Bunda talalabalar formulalarni yozishda qisqartirilgan belgilarning oʻrniga toʻliq soʻzlarni qoʻllashadi 
    (1-jadval). Taqqoslaydigan boʻlsak, oʻrtacha oʻzbek talabalari konsentratsiyaga doir oddiy masalalarni 
    yechish uchun 4-5 daqiqa sarflasa, ingliz tilida tahsil oladigan talabalar analogik masalani yechish uchun 2-
    2,5 barobar koʻp vaqt sarflashadi. Bu esa oʻz navbatida masalalarni yechish uchun koʻp vaqtni talab etib
    ba’zida mavzu yuzasidan berilgan vazifalarni toʻliq qamrab olishga vaqt yetmay qolishiga olib keladi.
    2. Amaliy va laboratoriya ishlarini rasmiylashtirish hamda kimyoviy formulalar yozishdagi farqlar. 
    Bunday tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun qoʻyiladigan talablar bilan kurs boshida talabalarni 
    tanishtirish juda muhimdir. Masalan, organik kimyoni oʻrganishda talabalar koʻpincha organik molekuladagi 
    vodorod atomlarini yozishmaydi, odatda bizning dastur boʻyich qoʻyilgan talab boʻyicha vodorodlarni ham 
    yozishi kerak, ammo, qisqartirilgan formulalar ham qoʻllaniladi. 
    1-jadval. Ba’zi formula va kattaliklardagi farqlar 
    № 
    Formula yoki 
    kattaliklarning ma’nosi 
    Oʻzbek tilidagi 
    adabiyotlarida 
    Ingliz tilidagi adabiyotlarda 

    Molyar konsentratsiya 

    https://buxdu.uz


    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    226 

    Molyal konsentratsiya 


    Qismlar ifodasi, masalan, 
    mingdan bir qism 
    milliondan bir qism 
    Qoʻllanilmaydi 
    pcm 
    ppm 

    Molyar konsentratsiyani 
    topish formulasi 
    Shu bilan birga terminologiya ham jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki oʻqituvchining 
    ham talabaning ham ona tili ingliz tili emas. Buni kabi qiyinchiliklarni oldini olish uchun professor-
    oʻqituvchilarni ingliz tili ona tili boʻlgan davlat oliy ta’lim muassasalariga kimyo fanini oʻqitilishi boʻyicha 
    qisqa muddatli stajirovkaga yuborish bilan erishish mumkin. 
    Shuni ta’kidlash kerakki, chet ellik talabalar laboratoriya ishlarida faol qatnashadilar va ularning 
    amaliy koʻnikmalari darajasi zarur talablarga javob beradi. Oʻqituvchi talabalarga dars paytida ham, ularga 
    tayyorgarlik jarayonida ham maksimal darajada maslahat yordamini koʻrsatishga tayyor boʻlishi kerak. Chet 
    ellik talabalarning bilimlarini nazorat qilish ham individual yondashuvni talab qiladi.
    Amaliy mashqlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu turdagi faoliyatni oʻtkazish usullari har xil boʻlishi 
    mumkin, ammo amalda talabalar bilan og’zaki muloqot qilish zarur. Talaba kimyoviy atamalar yordamida 
    oʻz fikrini bayon etishi kerak. Shuning uchun talabalar bilan og’zaki suhbatlashish zarur [11]. 
    Xulosa qilib aytganda, chet ellik talabalarni oʻqitishda kuzatiladigan ayrim xususiyatlar Oʻzbekiston, 
    Rossiya, Qozog’iston kabi davlatlarning turli ixtisoslikdagi universitetlariga xosdir. Ulardan ba’zilari 
    tuzatishni talab qiladi, masalan, oʻquv jarayonida yuzaga keladigan til qiyinchiliklari. Ularni bartaraf etish 
    uchun qoʻshimcha til ta’limi kerak boʻlishi mumkin. Kimyoni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari chet ellik 
    talabalar guruhlarida darslarni olib boradigan oʻqituvchidan qoʻshimcha vaqt, e’tibor va qoʻshimcha ishni 
    talab qiladi. Shunday qilib, tibbiy kimyo kafedrasida chet ellik talabalarni oʻqitishda koʻp qirrali yondashuv 
    mavjud boʻlib, ta’lim va tarbiya elementini oʻz ichiga olgan pedagogik jarayonning yaxlitligiga asoslanadi. 
    Bunga rivojlanayotgan ta’lim muhitida zamonaviy ilm talab qiladigan texnologiyalarni kompleks qoʻllash 
    orqali erishiladi. Kafedra professor-oʻqituvchilari oʻquv jarayonini rejalashtirishda oʻziga xos yondashuvni 
    qoʻllaydi, bu esa oʻz navbatida ta’limning amaliyotga yoʻnalganligini oshiradi va talabalarning 
    motivatsiyasini yuqori darajada rag’batlantiradi. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish