3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Biz soʻnggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari 
kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Xususan, 2019-yil, may oyida 
Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari 
Yevopa Ittiffoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha endilikda sobiq oliy vakili Federiko 
Magerini ikki marta (2017-yil, noyabr va 2018-yil, mart oylari) Respublikamizga tashrif buyurdi. Uning 
safarlari, asosan, Oʻzbekistonning Afg’oniston va Markaziy Osiyo boʻyicha tashabbuslari bilan bog’liq edi. 
Mogerini Oʻzbekistonda Afg’oniston va Markaziy Osiyo boʻyicha uyushtirilgan xalqaro konferensiyalarda 
ishtirok etdi. 2020-yil, aprel oyida Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel oʻrtasida 
telefon muloqoti oʻtkazildi. Tashqi ishlar vaziri A. Komilov Yevopa Ittiffoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik 
siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi komissiyasi vitse-prezidenti Jozep-Borell (2020-yil, yanvar 
oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chog’ida 
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar 
sohalarda koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 
Mazkur muzokaralar chog’ida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, 
transport, ilm-fan, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan 
manfaatdor ekanini bildirdi. Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda 
hamkorlikning sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab oʻtish lozim. Jumladan, 2019-
yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va Yevopa Ittiffoqi mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan 
taqqoslanganda deyarli 60% oʻsib, 4 milliard AQSH dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 barobar ortgan holda 580 million AQSH 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish