|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 309/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
229
jurnalistlarga jiddiy yordam koʻrsatgani qayd etildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2019-yilda “Chegarasiz
OAV” tasnifiga koʻra, “qora hudud”dan chiqarildi.
Rasmiy xabarlarga koʻra, Xalqaro Mehnat tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Haynd Kyoller,
oʻtkazilgan monitoring natijalariga tayanib, Oʻzbekistonda bolalar mehnati, shuningdek, majburiy
mehnatdan foydalanish tajribasiga barham berilganini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqi rasmiylari
Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasiga ham turli loyihalar
bilan koʻmak berishga va’da bergan. Avvalroq AQSH hukumati majburiy mehnat orqali yetishtirilgan oʻzbek
paxtasiga qoʻyilgan ta’qiqni bekor qilgan edi.
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasidagi
hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Republikamiz birinchilardan boʻlib adliya,
ichki ishlar, inson huquqlari va aloqador masalalar boʻyicha Oʻzbekiston - Yevropa Ittifoqi quyi qoʻmitasi
doirasida “Inson huquqlari boʻyicha muloqot”ni tashkil etdi. Bugungi kunga qadar tomonlar oʻrtasida 12
raund muloqot boʻlib oʻtdi.
Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni e’tirof etgan holda, Toshkent tomonidan ilgari surilgan yaxshi
qoʻshnichilik siyosati tufayli Rim ilk marta “Italiya – Markaziy Osiyo” formatidagi vazirlar uchrashuvini
(2019-yil, dekabr) oʻtkazdi. Oʻz navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Parij
ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi.
Muhokamalar va natijalar. Siyosatshunos Farxod Tolipov Oʻzbekiston - Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi
yangi hamkorlik bitimiga doir muhokamalarda qatnashgan ekspertlardan biri. Uning fikriga koʻra, blok
Oʻzbekiston tashabbuslarini qoʻllab kelmoqda. “E’tirof etish joizki, Toshkent tashabbuslari e’tiborsiz
qolayotgani yoʻq - AQSH, Yevropa ham qoʻllab kelmoqda. Ammo mohiyat baribir bu tashabbuslarning
qanchalik amaliyotga koʻchishida qoladi. Masalan, Afg’onistondagi vaziyat qanchalik oʻzgaradi, bu
tashabbus tinchlik oʻrnatilshiga qanday hissa qoʻshadi. Umuman, Oʻzbekiston bilan hozirlanayotgan yangi
strategiya bizdagi oʻzgarishlardan, islohotlardan ham kelib chiqmoqda. Yevropa Ittifoqi aynan Oʻzbekiston
qaysi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligiga ham diqqat qilmoqda. Bu narsa avval ham
aytilgan edi, Yevropa Ittifoqi biror loyihani majburan singdirmoqchi emas. Koʻproq mintaqa davlatlarini
oʻzidan kelib chiqib, hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Shu fikr yangi bitim haqida ham aytilmoqda”, – deydi
Tolipov.
Farxod Tolipov fikriga koʻra, inson huqulari va siyosiy islohotlar borasida Yevropa Ittifoqi bilan
munosabatlar qanday rivojlanishi baribir Toshkent ixtiyorida qoladigan masala. “Islohotlarni olib boruvchi
mamlakat - bu Oʻzbekiston, shuning uchun bu masala aynan uning oʻziga bog’liq. Chunki Yevropa bu
borada biror yordam taklif qilgan taqdirda ham bu narsa Oʻzbekistonning oʻzi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Kuzatishlar avval ham boʻlgan, bugun ham boʻladi, lekin masala aniq qanday islohotni amalga oshirishda.
Bizda hozirgacha siyosiy islohotlar, bu masala nimalarni nazarda tutishi oʻzimizda muhokamaga chiqqani
yoʻq. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikka kelganda ta’lim sohasida, huquqiy, sarmoya sohasida mavjud
boʻlgan loyihalar keltirib oʻtiladi va bunday hamkorlik loyihalari bor. Siyosiy islohotlarda biror oʻzgarishlar
boʻlishi uchun esa avval bu islohotlar nimalarni nazarda tutishi oʻzimizda muhokamaga olib chiqilishi
kerak”.
Yevropa Ittifoqi diplomatiya xizmati — “European External Action Service” saytida Oʻzbekiston va
Yevropa Ittifoqi munosabatlariga bag‘ishlangan (2017-yil) maqola chop etilgan. Unda ikki tomonlama
aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz boradi.
Maqolada qayd etilishicha, Oʻzbekistonda sud tizimi, davlat boshqaruvi hamda xavfsizlik sohasida tub
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, muqobil jazo turlarini
kengaytirish boʻyicha aniq qadamlar tashlanayotgani fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini
ta’minlashda muhim huquqiy kafolat boʻlib xizmat qilayotgani ta’kidlangan. Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashning ta’sirchan,
institutsional hamda huquqiy mexanizmlari joriy qilinayotgani ham e’tirof etilgan. Oʻz navbatida,
ishbilarmonlik va investitsiya muhiti ijobiy baholangan.
Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston bilan hamkorligi turli darajadagi, jumladan, Yevropa parlamenti
vakillari, Yevopa Ittiffoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, Yevropa moliya institutlari, Yevropa
tashqi aloqalar xizmati hamda Yevropa Komissiyasi rasmiy xodimlarining koʻp sonli tashriflari bilan yanada
rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2017-yilning aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa
Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Peter Burian Yevopa Ittiffoqi 2017-2021-yillarda
Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi amalga
oshirilishini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, Oʻzbekistondagi
islohotlar nafaqat Yevropa Ittifoqi, ayni paytda qoʻshni davlatlar bilan ham hamkorlik uchun yangi
imkoniyatlar yaratadi. Yevopa Ittiffoqi Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegara va
https://buxdu.uz
|
| |