PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
230 
boshqa masalalardagi hamkorligini yuqori baholaydi. Bu mintaqaviy hamkorlik boʻyicha loyihalarga ijobiy 
ta’sir koʻrsatadi. Mazkur loyihalar ta’lim sifatini yuksaltirish, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta’minlash, 
barqaror rivojlanishga koʻmaklashish hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan. 
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik Oʻzbekiston uchun mamlakatni isloh qilish va rivojlantirishda siyosiy 
va moliyaviy koʻmak olish, Yevropa Ittifoqi uchun esa oʻz qadriyatlarini Yevropa Ittifoqidan tashqarida 
targ’ib qilish imkoniyatidir. 
Yevropa parlamentining Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya boʻlimi rahbari Nikkolo Rinaldi 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni 
barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish boʻyicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U, shuningdek, 
Oʻzbekistonning yaqin qoʻshnilari ham Yevropa Ittifoqi bilan KSHHB ni imzolashiga umid bildirdi. 
Yevropa parlamentidagi “Yashillar” partiyasi deputati Nikolas Nienass “Oʻzbekiston islohotlar 
borasida yana nimalar qilishi kerak?” degan savolga quyidagicha javob bergan: “Mamlakat oʻz iqtisodiyotini 
katta ishtiyoq bilan isloh qilmoqda va u xuddi shunday kuch bilan demokratiya va inson huquqlarini ham 
yanada mustahkamlashi kerak. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini cheklovchi qonunlar oʻzgartirilishi 
lozim va soʻz erkinligi shunchaki shior emas, balki jamiyat poydevorining asosi boʻlsin. Iqtisodiy islohotlar 
oddiy insonlarga amaliy foyda keltirishini ta’minlash darkor. Bu, shubhasiz, mamlakat uchun qiyin vazifa, 
ammo uni oʻzbek xalqining hayotini yaxshilash uchun, albatta, bajarish zarur”. 
“EU Reporter” Yevropa Ittifoqi huzuridagi missiya vazifasini bajaruvchi Oʻzbekiston elchixonasi 
vakilining ham soʻzlarini keltirgan. 
“Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan oʻzaro manfaatli va amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishdan 
manfaatdor - deydi oʻzbek diplomati. Biz Yevropa Ittifoqi demokratiyaning umuminsoniy qadriyatlarini 
targ’ib qilish, qonun ustuvorligi, inson huquqlarini himoya qilish, tinchlik va barqaror rivojlanishini 
ta’minlashdagi rolini yuqori baholaymiz. Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning eng muhim savdo sheriklaridan 
biridir. Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun eng qulay savdo-sotiq tartibini yaratgan. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar Yevropa biznesi va 
sarmoyalarining Oʻzbekistonda keng ishtiroki uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.” 
“EU Reporter” Bryusselda joylashgan yirik multimediya platformasi hisoblanadi. U Yevropa va 
jahonda kechayotgan voqealar toʻg’risida onlayn tarzda 58 ta tilda matnli va video materiallar taqdim etadi. 
“European External Action Service” saytida yozilishicha, hamkorlik aloqalari Oʻzbekistondagi 
islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar bilan toʻldirilmoqda. Masalan, 2017-yil fevral 
oyida Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida qayta tiklanadigan energiya sohasida hamkorlik boʻyicha 
anglashuv memorandumi imzolangan [4]. 
2020-yil aprel va iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari - Investitsiylar va 
tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba 
videokonferensiya shaklida uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Yevopa Ittiffoqi 
oʻrtasida kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik toʻg’risidagi bitim loyihasi boʻyicha kelishish jarayonini 
faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 
4-yig’ilishiga tayyorgarlik koʻrish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, 
Oʻzbekistonning Yevopa Ittiffoqi “PBT+” imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga 
alohida e’tibor qaratildi. 
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosida tarqalishi va butun dunyo 
iqtisodiyotiga salbiy ta’siri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun 
Oʻzbekistonga 30 milliondan koʻproq mablag’ ajratishga qaror qildi. 
Yevropaning “EU Reporter” internet nashri Martin Benksning Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan 
yangilanish jarayoni haqidagi tahliliy maqolasini e’lon qildi. Material Yevropa Parlamenti va Yevropa 
Ittifoqi (YI) vakillarining “Oʻzbekistonning turli sohalarda erishayotgan ulkan taraqqiyoti”ga bag’ishlangan 
fikr-mulohozalariga asoslangan [2]. 
Muallif Yevopa Ittiffoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida 1999-yildan beri amalda boʻlib kelayotgan 
“Sheriklik va hamkorlik toʻg’risida”gi bitim oʻrniga shu kunlarda “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik 
toʻg’risida”gi bitim (KSHHB)ni imzolash boʻyicha muzokaralar davom etayotganiga e’tibor qaratgan: 
“Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi KSHHB boʻyicha muzokaralar olib bormoqda va joriy yil oxirigacha 
mazkur bitim imzolanishiga umid qilinmoqda. 2018-yil noyabr oyida boshlangan muzokoralar 
muvaffaqiyatli yakunlansa, ikki tomon munosabatlarida yangi davr boshlanadi”. 
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston hamda Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy-
iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalardagi diplomatik munosabatlar yangi koʻrinishda namoyon boʻlmoqda. 
Bu hol Oʻzbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy gullab-yashnashi uchun muhim ahamiyatga ega. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish