• 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet313/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Asosiy qism. Borliqni va voqelikni musavvir yoki usta tomonidan bajarilgan asarlari har bir insonga 
    oʻziga xos ruhiy ta’sir etadi. Shu oʻrinda rassomlarning asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tasviriy 
    va amaliy san’atiga nazar tashlar ekansiz, musavvirlarning asarlaridagi har bir chiziq va rang hamda 
    shakllarda bir dunyo hikmatlar yashiringanining guvohi boʻlasiz. Ta’lim tizimida natyurmort chizish va 
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    233 
    natyurmort san’at asarlari oʻrgatiladi. Lekin ularni badiiy tahlil qilish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish 
    hamda hayotda foydalanish yoʻllari haqida yetarli darajada bilim, koʻnikma va malakalar yetishmaydi. Biz 
    muammoni bartaraf etish uchun natyurmort janridagi asarlarni oʻqishning falsafiy va psixologik asoslarini 
    koʻrib chiqamiz. 
    Natyurmort tasviriy san’at janridan biri boʻlib, fransuzcha “jonsiz tabiat” degan ma’noni bildiradi. 
    Insonning atrofini oʻrab turgan real maishiy muhitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni 
    tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi. Shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham natyurmort deb 
    ataladi. Asosan, dastgohli rassomlik (rangtasvir va grafika)da, qisman haykaltaroshlik (asosan, relyef)da 
    ishlanadi. Natyurmortda “jonsiz buyumlar” (masalan, uy–roʻzg‘or buyumlari, qurol-aslahalar va 
    boshqalar)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari ham 
    tasvirlanadi [1]. 
    Natyurmort janrida M.Karavadjo, V.K.Xedi, P.Klas F.Sneyders, J.B.Sharden A.Matiss va boshqalar, 
    Oʻzbekiston rassomlari R.Ahmedov, A.Ikromjonov, M.Nuriddinov va boshqalar samarali ijod qilib
    natyurmortining taraqqiyotini ta’minladilar. 
    Natyurmort janrida ishlagan olmoniyalik rassom Xramen Stenveyk asarlaridan birini badiiy tahlil qilib 
    chiqamiz. Xramen Stenveyk taxminan 1580-yilda Frankfurtda tug‘ilgan. 1649-yilda esa Londonda vafot 
    etganligi ham taxmin qilinadi. Oʻz otasi Gendrik van Stenveyk Starshiyning shogirdi boʻlgan. Frankfurtda, 
    Gaagada va Antverpenda faoliyat koʻrsatgan. 1617-yilgacha Londonda Karl I saroyida xizmat qilgan. 
    Asosan, “Vanitas” usulida ishlanadigan falsafiy natyurmort janrida ijod qilgan va, asosan, maishiy turmush 
    masalalarini yoritgan (“Bosh chanoqli natyurmort”, “Inson hayotidagi ma’nosizliklar”. 1647-yil. Londondagi 
    Milliy galereyada saqlanadi). Stenveykning asarlarida ayrim predmetlar qatori Ona zamin (yer) va undagi 
    boyliklarni madh etish (qurol-yarog‘lar, kitoblar, san’at atributlari, qimmatbaho jihozlar) yoki hissiy 
    lazzatlanishga asos boʻladigan gullar, mevalar kabilarning bosh chanog‘i yoki qum soat bilan hamohang 
    kelishi goʻyo hayotning oʻtkinchi ekanligini eslatadi. Stenveykning ijodi predmetlardagi eng nozik 
    jihatlarning rang-barang tuslarda ishlanishi hamda obrazlarni ifodalashda oʻziga xos kinoya orqali 
    yondashganligi bilan ajralib turadi. Shunday falsafiy ishlaridan biri “Bosh chanoqli natyurmort” asaridir (1-
    rasm). 
    1-rasm. X.Stenvek. “Bosh chanoqli natyurmort”. Kompozitsion joylashishi 
    2-rasm. X. Stenvek. “Bosh chanoqli natyurmort”dagi asosiy elementlar (1-bosh chanoq, 2 - bosh 
    kiyim, 3 - qum soat, 4 - nay, 5 - kitob, 6 - nota daftari 7 - may, 8 - shaftolilar, 9 - barglar, 10 - tasbeh, 11 - 
    quticha, 12 - dasturxon, 13 - yorug‘lik, 14 - qorong‘ilik). 
    Natyurmort qizg‘ish jigarrang koloritda bajarilgan boʻlib, tomoshabinni hayajonga soladi. Inson bir 
    daqiqa tinchlanib, hayollar olamiga kirib qoladi. 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish