|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 314/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
234
Asar bamisoli kitobga oʻxshaydi. Uning oʻrtasidan bukilsa uning chap tomoni hayot quvonchlarini
soʻzlayotgandek, ikkinchi tomoni esa zulmat, ya’ni oʻlimni ramziy ma’noda ifodalaydi. Ufq chizig‘i oʻrtadan
oʻtgan. U ham asarni teng ikkiga boʻlib tiriklik va oʻlim ramzida berilgan.
Natyurmort kompozitsion uchburchak shaklida joylashgan. Yorug‘lik tepadan chap tomondan
tushirilgan. Nur uchburchakni ikki uchburchakka boʻlib, ikkinchi uchburchak ikkinchi, ya’ni abadiy hayotga
ishoradir. Ikkinchi tomoni kontrass rangda qoramtir berilgan. Bu esa kun bilan tunni, hayot va oʻlimni
ramziy ma’nolarda beradi.
Kompozitsiyaga yorug‘lik, qorong‘ilik va hayot chiziqlarini oʻtkazsak uchburchak shaklidagi ABC
shaklini beradi. Bu insonning umumiy, ya’ni ikki olamini anglatadi. Qizil chiziq (XC) – yorug‘lik, tiriklik
ramzidir. Qora chiziq (AB) – oʻlim chizig‘i. Hayot chizig‘ini, albatta, bir kun oʻlim chizig‘i kesib oʻtishi
muqarrardir degani. Yashil chiziqlar (AC va CB) - insonning ikki olamda yashaydigan hayoti. Asardagi
tiriklik chizig‘i ABC uchburchakni foniy dunyosini, DBC uchburchagi esa insonlarning boqiy hayotini
bildiradi [2].
Kompozitsiyada odam bosh chanog‘i birinchi koʻzga tashlanadi. Keyin boshqa narsalar birin-ketin
bosqichma-bosqich koʻzga tashlanadi. Natyurmortdagi bosh chanoqqa boshqa narsalar uyg‘unlikda berilgan.
Asosiy g‘oyani amalga oshirishda qoʻyilgan predmetlar xizmat qilgan.
Natyurmortda bosh chanoq, bosh kiyim, nota daftari, nay, kitob, qum soat, shaftolilar, barglar, tasbeh,
quticha va dasturxonlardan iborat (2-rasm).
Muhkamalar va natijalar. Endi natyurmortdagi har bir predmetni badiiy tahlil qilib chiqamiz.
Bosh chanoq – oʻlim ramzi hisoblanadi. Erkak bosh suyagi boʻlib, suyakda jarohatlangan joyi borligi
va tishlarning yaxshi saqlanganligi, insonning oʻz ajali bilan oʻlmaganligi, yoshi taxminan 30-35 yoshda
boʻlganligini koʻrsatib turibdi. Bu bilan rassom oʻlim haq demoqchi boʻlgan. Bosh chanoq peshonasiga
toʻg‘ri yorug‘lik tushirilishi, xuddi teatr sahnasidagi rol oʻynayotgan qahramonga tushirilgan yorug‘likka
oʻxshaydi. Inson yosh oʻladimi, qari oʻladimi uni faqat tangri biladi degan ma’noni beradi. Oʻtkinchi
dunyoda har bir insonning boshida oʻlim bor deydi. Oʻlimdan hech kim qochib qutulolmaydi. Oʻlim haqida
Arastu bunday deydi: “Oʻlimning muqarrarligini hamma biladi, ammo u yaqin emas degan fikr mavjudligi
tufayli, hech kim u haqida oʻylamaydi”. “Oʻlim inson uchun hech narsa emas, chunki biz bor paytda oʻlim
yoʻq, oʻlim bor joyda esa biz yoʻq” - degan edi Epikur.
Bosh kiyim (beretka) – erkak kishining bosh kiyimi boʻlib, uni zodagonlar kiygan. Bosh kiyimda ukpar
boʻlib, u ulug‘lik, aslzodalik, bilimdonlik, martabali insonlar ramzini bildiradi. Uning rangi toʻq jigarrang
boʻlib, natyurmort atributlari ichida eng toʻq rangda berilgan. Ya’ni qoramtir jigarrang oʻlimni bildiradi. Bu
bilan rassom, oʻtkinchi dunyoda insonlar shoh boʻladimi, gado boʻladimi hammaning boshida oʻlim
borligiga ishora qilingan. Natyurmortdagi bosh chanoqning mantiqiy g‘oyasiga uyg‘unlik berib, asarning
g‘oyasini kuchaytirib bergan.
Kitob – ilm ramzi. Inson umrining oxirigacha ilm oʻrganib, dunyoni tushunish va anglashga harakat
qiladi. Lekin inson hayoti soʻngida hech nima bilmasligini anglaydi. Ushbu oʻtkinchi dunyoda har bir inson
hayot kitobini yozib qoldiradi. Buni muqaddas kitoblarimizda har bir inson umurtqasining past qismida
noʻxotdan kichik, moshdan kattaroq suyak orasida insonning gavhari joylashgan boʻlib, insonning barchi
xatti-harakatlarini yozib boradi deyiladi. Ana shu qilgan ezgulik yoki yovuzlik ishlari uchun oxiri ajri
mukofotini oladi.
Nay – kuy ramzi. Kuy esa hayot ramzidir. Inson umri davomida Alloh tomonidan berilgan nota
boʻyicha oʻz kuyini chalib oʻtadi. Kuylarni baland pastligi, shoʻx va g‘amgin chalishi insonlar umri
davomidagi hayotiga qiyoslanadi.
Nota kitobi – bu oʻtkinchi dunyoda har bir inson Alloh bergan notasi boʻyicha oʻz kuyini chalib oʻtadi.
Lekin nota kitobining yarmidan kami kuylanganligi bosh chanoq egasini bevaqt, ya’ni navqiron yoshida
vafot etganligiga ishora qilingan.
“Yer yuzidagi barcha mavjudot-u maxluqotlar, shu jumladan, har bir kishining harakatlari Xudo
tomonidan avvaldan belgilab berilgan, deyiladi. Ammo, shu bilan birga, insonga harakat berilganligi, ya’ni
taqdir bilan bir qatorda tadbiri ham berilgan. Kishining qilgan amallari natijasi sifatida, taqdirni yaxshi yoki
yomon tomonga oʻzgartirsa boʻladi, deyilgan Islomda” [3].
Qum soat – vaqt, umr ramzi. Insonning umri chegaralanganligi, undan toʻg‘ri va unumli foydalanib,
uning qadriga yetish kerakligi hamda insonning vaqtni qaytarib bilmasligiga ishora qilingan. Umar Hayyom
ta’biri bilan aytganda “insonning hayoti bir karvonsaroyga oʻxshaydi. Uning ikki eshigi boʻlib, biridan kirib
turadilar, ikkinchisidan chiqib turadilar ”. “Umr bir lahzadir, Hadisu sharifda kimga qancha umr berganligi
faqat tangri bilguvchidir” (3-rasm).
https://buxdu.uz
|
| |