• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari. Reja: Kirish Asosiy qisim




    Download 41,05 Kb.
    bet1/5
    Sana17.05.2024
    Hajmi41,05 Kb.
    #240795
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari.


    O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari.
    Reja:
    Kirish
    Asosiy qisim
    1. Milliy darajada jamiyatning ehtiyojmand guruhlarini ijtimoiy
    himoya qilish tizimini shakllantirish.
    2. Ijtimoiy ishda professionallik. Ijtimoiy ish texnologiyalari uning
    institutsionalizatsiya shartlaridan biri sifatida.
    3. Professional ijtimoiy xodimlar tayyorlash zamonaviy
    texnologiyalari.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Davlat hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat to‘g‘risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxm. 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo bo‘lgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qarshi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtli saodatli hayotini ta’minlashdir. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Allohnpng o‘zi oliy qonun sohibi. Uning talablari, ko‘rsatmalari payg‘ambarlar
    orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
    Diniy-mifologik ta’limotlar bilan birga, keyinchalik davlat to‘g‘risidagi dunyoviy qarashlar, g‘oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J. J. Russo, G. Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteske, Kant, Jefferson va b. katta hissa qo‘shdilar. Bugungi dunyoviy davlatlarda ana shu mutafakkirlar ta’limotlari muayyan darajada o‘z aksini topgan. Aristotel ham, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va o‘z ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h. k.) asosida davlatga birlashadilar, deb hisoblagan. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta’minlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimiyat sifatida qaragan.
    Turli xalqlar o‘z davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatlarga bog‘liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o‘tdilar. Yer yuzida o‘z davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan bo‘lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urug‘ va qabilaning ma’naviy o‘lchamlari, urug‘ boshliqlarining obro‘-e’tibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti hamdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha ta’limotga ko‘ra, davlat sinfiy xarakterga ega, hukmron sinflarning qo‘lidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida davlat o‘z qiyofasidan maxrum bo‘ladi va dastavval «yarim davlat»ga aylanib, keyinroq (zarurat bo‘lmaganligi bois) umuman barham topadi. Bu xildagi «nazariy qoida»larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi.
    Tarixiy taraqqiyot shuni ko‘rsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, davlatsiz yashay olmagan, aksincha tom ma’nodagi davlatning rivojlanishi jamiyatning yuksalishiga olib kelgan. Zotan davlat jamiyatda barcha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan o‘zining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan farklanadi.
    Davlatning belgilari to‘g‘risidagi masalani siyosatshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy bo‘linishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar tizimi alohida ajratib ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda davlatning umumiy e’tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin: davlat o‘z chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo‘yicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; davlat— suveren hokimiyatning yagona egasidir; davlat — yuridik kuchga ega bo‘lgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; davlat— o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, o‘z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo‘ladi .
    Hozirgi zamonda fanda keng foydalanilayotgan davlat tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik davlatlar.
    Liberal davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, Davlat ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yo‘l qo‘yiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud davlat va ijtimoiy tuzumni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Totalitar davlatda hamma narsa bir g‘oyaga — «Davlat — bu hamma narsa, inson esa — hech nima» degan g‘oyaga bo‘ysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qo‘lida bo‘lib, boshqalar davlatni boshqarishdan chetlatilgan.
    Avtoritar davlatda ham hokimiyat tor guruh kishilar qo‘lida bo‘lib, shaxsiy manfaatlar davlat manfaatlari yo‘lida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi.
    Demokratik davlat fuqarolarning davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda ta’minlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng bo‘lib, ularni amalga oshirish ta’minlangan bo‘ladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri taqiqlanmagan hamma narsaga yo‘l qo‘yiladi .
    Davlat qurilishida davlat shakli katta rol o‘ynaydi. Yangi davlatlar tashkil topayotganda uning shakli to‘g‘ri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. Davlat shakli boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv shakli — davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qadimgi va hozirgi kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublika.
    Monarxiyaning o‘zi ham mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya ko‘rinishlariga ega. Mutlaq monarxiya davlatlarida davlat boshlig‘ining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga o‘tadi, Davlat boshlig‘ining ustidan nazorat yo‘q va u hech kimga hisobot bermaydi.
    Respublika (lot. respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi shakli, unda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qo‘yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortig‘i Respublika hisoblanadi. Boshqaruvning Respublika shakli quyidagi turlarga ajratiladi:
    1) prezidentlik Respublikasi (AQSh, Meksika va b.), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning o‘zida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanadi;
    2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va b.), bunda parlament to‘liq hokimiyatga ega bo‘lib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshlig‘i bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanmaydi;
    3) aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bo‘lgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qo‘shilib ketadi. Ya’ni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega bo‘ladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafakat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy
    javobgar bo‘ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident ma’lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.


    Download 41,05 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 41,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari. Reja: Kirish Asosiy qisim

    Download 41,05 Kb.