|
Ijtimoiy ishda professionallik. Ijtimoiy ish texnologiyalari uning
|
bet | 3/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 41,05 Kb. | | #240795 |
Bog'liq O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari.2. Ijtimoiy ishda professionallik. Ijtimoiy ish texnologiyalari uning
institutsionalizatsiya shartlaridan biri sifatida.
Davlat ijtimoiy siyosatning asosiy subyekti hisoblanadi. Davlatdan tashqari, davlat muassasa va idoralari, o‘z-o‘zini boshqarish maxalliy tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari (jamoatchilik, xalqaro xayr-exson fondlari, diniy tashkilotlar) savdo tizimlari, ijtimoiy xizmatchilar va boshqa professionallar, ko‘ngillilar, fuqarolar ham ijtimoiy siyosatning subyekti sifatida qatnashadilar.
Aksariyat ijtimoiy davlatlar amalga oshiradigan ijtimoi siyosat bir qator prinsiplarga tayanadi, ijtimoiy adolat prinsipi, shaxsiy ijtimoiy javobgarlik prinsipi, ijtimoiy mustahkamlik prinsipi, ijtimoiy hamkorlik prinsipi, ijtimoiy garovlar prinsipi va boshqalar asosiy prinsiplar hisoblanadi. U yoki bu prinsiplar aniq bir davlat amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosatda birlamchi bo‘ladi va o‘zgartiriladi, lekin ularning negizida har doim insonparvarlik boyliklari va ijtimoiy adolatparvarlik turadi.
Davlatning ijtimoiy siyosat tizimlari har bir davlatda tarixiy sharoitlarni hisobga olgan holda vujudga kelgan va bajarilayotgan vazifalarni o‘xshashligi va bir xil turdaligiga qaramasdan, usul, metod va tashkillashtiruvchi rasmiylashtirishda farqga ega.
O‘zbekistonda amalga oshiriladigan ijtimoiy siyosat mexanizmining asosiy yo‘nalishlari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan ta’minlangan fuqarolarni barcha huquqlariga rioya qilishni ta’minlovchi normativ va institutsional bazani tashkillashtirish aholining “ijtimoiy o‘z-o‘zini himoya qilish”61 imkoniyatlarini aktivlashtirish uchun amaldagi mexanizm va sharoitlarni yaratish, aholining alohida tabaqalarini manzilli himoya qilish uchun normativ, institutsional va resurs asoslari. Ushbu siyosatni amalga oshirishda har xil ijtimoiy tizimlar ish ko‘radi. Ijtimoiy sug‘urta, ishsizlarni qo‘llash, kamta’minlangan oilalarga yordam berish, fuqarolarning alohida kategoriyasiga imtiyoz berish va yana boshqalar.
O‘zbekiston hukumati ijtimoiy siyosati bozor iqtisodiyoti islohotlarini barcha bosqichlarida keng masalalar doirasini o‘z tarkibiga olgan, bular qatorida-aholi daromadini tartibga solish, bandlikni ta’minlash va yangi ish munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy himoya va aholining alohida kategoriya va guruhlarini qo‘llab–quvvatlash, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish ta’lim, jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish. Bozor iqtisodiyoti islohotlarining dastlabki bosqichlarida birlamchi yo‘nalishlardan biri bu-inflyasiyaning o‘sishi va narxlarning liberalizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolarning daromadini qo‘llabquvvatlash, hamda respublika iste’mol bozorini himoya qilishdir.
Ko‘rilgan chora tadbirlarning barcha kompleksi axolining yashash darajasi buzilishi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda respublikada ijtimoiy ko‘rsatkichlarning keskin buzilishi kuzatilmadi, ba’zi bir yo‘nalishlarda esa o‘sish kuzatildi. Misol uchun: aholining daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha keskin tabaqalanishi ro‘y bermadi, lekin iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonda foyda va xizmatlarning teng bo‘lishini oldini oldi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishga qarab mentalitet va xalqning yashash tarzi hisobga olgan holda aholining zaif qatlamlarini aniqlashga ixtisoslashgan axolini ijtimoiy manzilli himoyasi mexanizmi amalga oshirildi. Manzilli ijtimoiy himoya mexanizmida asosiy rolni mahalla fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruvchi odatiy tarixiy instituti o‘ynaydi. Mahalla orqali muhtoj odamlarga yordam beriladi. Ushbu usul aholining zaif qatlamini himoya qilishga mo‘ljallangan. Bunda davlatning roli kamaymaydi, ayniqsa axolining ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha marosimlarni resurs ta’minlash.
Boshqa davlatlarda kam uchraydigan holatlardan biri bo‘lgan, davlat byudjetining barcha xarajatlarini yarmidan ko‘pini ijtimoiy sohaga qaratilishi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatni yaqqol tasdiqlaydi.
Ijtimoiy ishni mutaxassislashtirishdagi asosiy masala, ushbu sohaning xalqaro talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash uchun munosib shart sharoitlar yaratishdir. Bu sohadagi ta’lim tizimi nazariyoti va amaliyotdan tashkil topishi kerak. Ta’limning asosiy shartlariga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘lishdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy ishni ilgari surish bo‘yicha Milliy jamoa a’zolari tomonidan ijtimoiy ishchining professiogrammasi ishlab chiqildi. Uning asosiy vazifasi, ish sub’ektiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni xisobga olgan holda, professional muxim sifatlarni amalga oshirish zaruriyati bilan bog‘liq.
Ijtimoiy ishchining professiogrammasi mutaxassislarni, ijtimoiy ishi va ularning faoliyati standartlari bo‘yichayaratishda qo‘yilgan birinchi qadamdir va bu ularning ta’lim tizimi va professional o‘quv jarayonini mukammallashtirishda muhim hisoblanadi.
“Bolalar uchun foydali dunyo” hujjati, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati va xalqaro donorlik uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshiralayotgan ishlar asosida ishlab chiqilgan. O‘tish davrida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni saqlab qolgan oz yoki yagona sobiq sovet davlatlaridan hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligi O‘zbekiston uchun assoiy birlamchi hisoblangan. Buning namunasi sifatida shuni ko‘rsatish mumkinki, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida davlat tekshiriuvi subsidyalari tufayli aholining asosiy mahsulotlarini narxlari ko‘tarilmadi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining qaror topishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarni samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beradigan zamonaviy metodika va texnologiyalardan keng foydalanish mamlakat ijtimoiy siyosatining eng muxim tendensiyasi hisoblanadi. Mahalliy boshqaruv organlarida, hokimliklarda xududiy ijtimoiy xizmatlar tarmog‘i tashkil etilishi va rivojlanishi, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tufayli aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati haqiqatga aylanmoqda.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda va mamlakat fuqarolarini ijtimoiy ximoya qilishda nodavlat sektor salmog‘i tobora oshib bormoqda. U kishilarning ijtimoiy ehtiyojlariga erkin va tezkor munosabatda bo‘lmoqda. Oxirgi yillarda mahalliy hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar soni oshib bormoqda.
Mamlakat aholisini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturlarini shakllantirish zarurligiga shubha yo‘q. Davlatimizning butun ijtimoiy siyosati shunga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o‘zaro uzviy bog‘langan. Ijtimoiy ish –bu ijtimoiy ishning o‘zagi va yo‘nalishidir. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo‘lida faoliyatning mamlakatimiz uchun yangi turini shakllantirish va ijtimoiy xodimlarni kasbga tayyorlash zarur.
“Oxirgi yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-ish,-ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan angliyalik olim Terri Myorfining fikricha,- tez rivojlanadi va mamlakat hamda ijtimoiy xodim kasbi mintaqada faoliyatning ushbu turida o‘zining etakchi rolidan faxrlanishi uchun barcha asosga ega”.
Hozirgi vaqtda respublikada ijtimoiy himoya qilish va qo‘llabquvvatlash faoliyati turli soha mutaxassislari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar, huquqshunoslar va boshqalar mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi. Shubhasiz, turli soha mutahassislari integratsiyasi kerakli va zarur ishdir. Biroq hozirgi mamlakat yangi Ijtimoiy Faoliyat Institutini tashkil etish bosqichida turibdi. Bunday institutni tashkil etish uchun barcha asoslar yaratilgan. Bular: davlatning kuchli ijtimoiy siyosati, mahalliy xokimyat organlari faoliyati, turli ijtimoiy tashkilotlar faoliyati. Biroq aytib o‘tilgan agentliklar faoliyati turli-tumanligiga qaramay, ijtimoiy ishga birgina juda muhim bo‘g‘in-ijtimoiy ishni nazariy asoslash etishmaydi. Yangi yo‘nalishdagi malakali mutaxassislarni-ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirib, ijtimoiy ishning nazariy asoslarini yaratish zarur.
2006 yildan boshlab O‘zbekistonda institutlashtirishdan qaytish, ya’ni bolalar uylariga topshiriladigan bolalar sonini kamaytirish, bolalarni biologik oilalariga qaytarish va mamlakatda ota-onasiz bolalarni boshpana bilan ta’minlashning muqobil shakllarini rivojlantirish sari qadam tashlandi. Ushbu chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi muassasalarini malakali ijtimoiy xodimlar bilan ta’minlash masalasiga uzviy bog‘liq.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorlik loyihalari doirasida markaz bazasida ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarining o‘tkazilishi qisqa muddatlarda ushbu soha xodimlarini kasbga tayyorlash bo‘yicha muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Yangi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash.
Bolani oilaga qayta integratsiya qilishga qaratilgan, uning biologik oilasi bilan ijtimoiy ish olib borishdan tashqari, xomiylar ko‘magida tarbiyalash, farzandlikka olish singari bolalarni boshpana bilan ta’minlashning muqobil shakllarini faollik bilan rivojlantirmoqda. Respublika bolalar moslashuvi markazi xodimlari tomonidan foster oilalarni saralab olish mezonlari ishlab chiqildi. Mazkur mezonlar foster g‘amxo‘rlik va farzandlikka olish tizimida ijtimoiy ish xalqaro amaliyotini e’tiborga olgan holda tuzilgan. Vaqtincha yoki uzoq muddatga ota-onalari g‘amxo‘rligisiz qolgan bolalar uchun qabul qiluvchi oilalarga aylanishi mumkin bo‘lgan oilalarni aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Mazkur bosqichda oila va bolalarni himoya qilish xizmati xodimlari tomonidan foster oilalariga ijtimoiy hamrohlik qilish modeli ishlab chiqildi.
|
| |