Milliy darajada jamiyatning ehtiyojmand guruhlarini ijtimoiy




Download 41,05 Kb.
bet2/5
Sana17.05.2024
Hajmi41,05 Kb.
#240795
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari.

1. Milliy darajada jamiyatning ehtiyojmand guruhlarini ijtimoiy
himoya qilish tizimini shakllantirish.
Ijtimoiy ish atamasi sobiq Ittifoqning boshqa davlatlari singari O‘zbekistonda ham yaqindan 80-yillar oxiri va 90-yillar boshidan beri ishlatila boshladi. Ushbu g‘arbiy atamani vatanimiz jamoatchilik tajribasiga ko‘chirilishi yagona geosiyosiy makonning buzilishi, hamda aholining har xil qatlamlariga yordam ko‘rsatish va himoya qilish bo‘yicha professional ehtiyojni rivojlanishi uni amalga oshirish shaklini aniqlash bilan bog‘liq. Muammo multi-madaniy soxada fahmlanadigan aniq bir fikrlash turini rivojlanishi ham, ijtimoiy ish fenomeniga murojat qilishning muxim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy O‘zbekistonning hududida yordamga muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilish o‘zining tarixiy rivojlanishini har xil shakllarda bosib o‘tgan-xayriya qilishdan tortib to davlat ijtimoiy himoya qilish sistemasini tashkil etishgacha.
Zamonaviy O‘zbekistonda mahallanining yordam ko‘rsatish vazifalari saqlanibgina qolmay, balki doimo takomillashib boradi. Buning uchun puxta huquqiy baza yaratilgan, chunki yurtimizning, O‘zbekistonning milliy tiklanish tamoyilidan kelib chiqqan birlamchi vazifalaridan biri bu ba’zi bir vazifalarni negizini o‘z-o‘zini boshqarish tashkil qiladigan mahalliy boshqarish tashkilotlariga doimiy va bosqichma-bosqich ravishda topshirishdir.
Buning natijasida mahalla ijtimoiy ishning rivojlanish kontekstida maxsus ma’noga ega bo‘ladi. U fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish mehanizmining qonuni sifatida tan olingan o‘zbek xalqining madaniy va ahloqiy urf-odatlarini saqlovchi bo‘lib qoldi. O‘n mingdan oshiq mahalladan iborat tarmoq yurtimizning barcha xududini egallagan va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashda muxim qism hisoblanadi. O‘zbekistonning barcha aholisi ularni jamiyat hayotini tashkillashtirishning foydali shakli sifatida qabul qiladi.
Mahallaning yordam ko‘rsatish vazifalari doimo mukammallashib boradi. Bunday, jamoaning a’zolari, yosh oilalarning ishi nizo va ajralishgacha yetib borganda ularning oilasini mustahkamlashga harakat qilishadi. Mahalla komitetlari er-xotinni yarashtirish uchun barcha sa’yharakatlarini ishga soladilar va shundan keyingina sud tashkilotlariga ajratish huquqi beriladi.
Oilaning qayg‘uli kunlarida moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishda mahallaning alohida roli yuzaga chiqadi. Mahalla marhumni dafn qilish marosimlarini tashkillashtiradi, mahallada yashovchilarga marhumning qarindoshlariga bildiradi, mahalla raisi esa o‘zi shaxsan ishtirok etadi va marosimni boshqaradi. Agar, ushbu qayg‘uni boshidan kechirayotgan oila kam ta’minlangan bo‘lsa, unda yuqorida keltirilgan ma’naviy yordamdan tashqari, mahallaning ijtimoiy yordam fondidan ma’lum miqdordagi moddiy yordam ham ko‘rsatiladi. Mahallaning ushbu fazilatlari natijasida ijtimoiy ish va yordam mavjuddir.
Hozirgi zamonda yordam berish professional ijtimoiy ish bilan yaqindan hamkorlik qiladi, har xil jamoa tashkilotlari orqali ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatadi, ijtimoiy xizmatlarning ijtimoiy dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash qo‘shimcha manbasidir va boshqalar.
O‘zbekistonda ijtimoiy ishning rivojlanish davrida yordam ko‘rsatish faoliyati jamiyatning yomon moslashgan a’zolarini ijtimoiylashtirish uchun katta imkoniyatlariga ega bo‘lgan davlat tizimlari ishtiroki asosidagi, muhtojlarga professional yordam ko‘rsatish sifatida mavjud bo‘ladi.
Zamonaviy O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ayniqsa ijtimoiy soxadagi islohotlarning yutug‘i tarixiy va zamonaviylikni birga qo‘llash orqaligina jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga erishiladi, ijtimoiy ish esa bunda faoliyat turi sifatida muxim tashkil qiluvchi bo‘lib qatnashadi.
Ijtimoiy siyosat har qanday zamonaviy davlatning birlamchi yo‘nalishlaridandir va amaldagi qonunchilik asosidir. Bu jamiyatning barcha fuqarolarini qiziqishlari rioya qilish bo‘yicha davlat faoliyati, aniq bir ijtimoiy guruh va shaxslarga nisbatan ijtimoiy yordam ko‘rsatishdir.
Keng ma’noda, ijtimoiy siyosat jamiyatda ijtimoiy tenglik va barqarorlikni o‘rnatish uchun yo‘naltirilgan hokimyat tizimlarini usul va mexanizmlari kompleksidir. Tor ma’noda ijtimoiy siyosat aholining ijtimoiy himoya va bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida davlat tomonidan amalga oshiriladigan institutlashtirilgan chora tadbirlariningkompleksi.
Ijtimoiy siyosat sohasiga jamiyat va axolining har xil ish faoliyati jabhalari kiritligan, aholining kuchsiz kategoriyasini qo‘llab quvvatlashdan tortib va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashgacha. Shunday qilib, mavjud ta’riflarda tahlil qilinayotgan
xodisaga har xil urg‘u qo‘yilgan lekin ularning hammasi ijtimoiy siyosat shug‘ullanadigan masalalar doirasini tasvirlaydi. Bu jamiyatning barcha fuqarolarining qiziqishlariga rioya qilish va o‘zining ijodiy imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur shart sharoitlarni yaratish, ijtimoiy keskinlikni neytrallashtirish uchun ehtiyot chora tadbirlarini ko‘rish, aniq bir ijtimoiy guruh va shaxslar uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha dvalat faoliyatidir.
Amalga oshiralayotgan ijtimoiy siyosatda munosib turmush va barcha huquq va erkinliklarini ta’minlashi kerak bo‘lgan barcha fuqarolar yoki ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan aholining aniq bir guruhi, ijtimoiy siyosatning ob’ekti xisoblanadi.



Download 41,05 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy darajada jamiyatning ehtiyojmand guruhlarini ijtimoiy

Download 41,05 Kb.