Professional ijtimoiy xodimlar tayyorlash zamonaviy




Download 41,05 Kb.
bet4/5
Sana17.05.2024
Hajmi41,05 Kb.
#240795
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining strategiyasi va ustivor yo‘nalishlari.

3. Professional ijtimoiy xodimlar tayyorlash zamonaviy
texnologiyalari.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratilishi, fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy metodika va texnologiyalardan aholi bilan ishlashda keng foydalnish O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining muxim tendensiyalaridan hisoblanadi.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyati, maxalliy boshqarish tashkilotlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning xududiy tarmoqlarini yaratish va rivojlantirish orqali yuzaga keldi-xokimyatlarda va ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya soxalarida etuk mutaxassislarni tayyorlash.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi zamonaviy O‘zbekiston sharoitlarida, aloxida shaxs, oila yoki guruhlarni adaptatsiyasi, ijtimoiy reablitatsiyasiga yo‘naltirilgan ijtimoiy-insonparvarlik faoliyat turlari tizimi sifatida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda yordamga muhtoj fuqarolar kerakli ko‘makni olishlari mumkin bo‘lgan ijtimoiy uyushmalarning yangi tarmoqlari tashkil qilingan qariyalar, bolalar, nogironlarga g‘amho‘rlik qilish asosan vazirliklar va ijtimoiy himoya tizimi, shuningdek barcha idoralar o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari mahallalar, IIB idoralari orqali amalga oshiraldi. Bunday idoralar qatoriga fuqarolarning har xil kategoriyalariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish markazlari, ayollar, voyaga etmaganlar uchun ijtimoiy reablitatsiya markazlari oila va yosh bolalrga ijtimoiy yordamning xududiy markazlari va boshqalar.
Faqatgina “Ijtimoiy himoya yili” dasturi asosida 26 ta qonun va normativ huquqiy aktlar qabul qilingan. Ular orasida “Yosh bolalarning huquqlari kafolati to‘g‘risida”, “Xayriya to‘g‘risida”, “Yod etishmovchiligi kasalliklari to‘g‘risida”, “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyaning ratifikatsiyasi to‘g‘risida”
(Jeneva, 1973 yil 26 iyun)62, “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ratifikatsiya qilish haqida” gi qonunlar e’tiborga loyiqdir.
Yurtimizda ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha katta ishlar olib borilyapti, boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun davlat himoyasi va e’tibori kuchaymoqda, ota-ona tarbiyasidan maxrum bo‘lgan bolalar uyi va maxsus maktab-internatlarni moddiytexnik bazasini yaxshilash borasida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj aholi tabaqalriga ko‘mak berish kuchaymoqda.
Alohida ehtiyoj va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalar uchun ta’lim olish alohida ahamiyatga ega. Uning jamiyatdagi ijtimoiy reablitatsiyasi, adaptatsiya va integratsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri olgan ta’limning darajasiga bog‘liq. Oxirgi yillarda psixofizik rivojlanish bilan bog‘liq xususiyatlarga ega bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’limga aloxida e’tibor qaratilmoqda va bunday vaziyatda bolaning atrofidagilar va bolaning o‘zi birgalikda harakat qiladilar. Bu yo‘nalishdagi ilk qadamlar allaqachon qo‘yilgan va buning asosida umumiy ta’lim jaryonida inklyuziv ta’limning bosqichma-bosqich rivojlantirish siyosati olib borilmoqda.
Albatta, inklyuziv ta’limning bundan keyingi taraqqiyoti bir qator muammolarni echish bilan bog‘liq, bular qatoriga quyidagilar kiradi: normativ-huquqiy bazani yaratish; integratsiya jarayonini ilmiy-tashkiliy ta’minlash; barcha ishtirokchilarning psixologik tayyorgarligi; integrallashgan ta’limning milliy tamoyilini yaratish va o‘quv-metodik ta’minlash.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va aholiga ijtimoiy ko‘mak berishda yurtimizda nodavlat sektor ko‘proq ahamiyatga ega. U ko‘proq va operativ tarzda insonlarning ijtimoiy ehtiyojlariga javob beradi. Oxirgi yillarda nodavlat tashkilotlar soni doimiy ravishda o‘smoqda.
O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari: ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik sohasidagi siyosat. Shu
jumladan ijtimoiy ish-ijtimoiy tabaqalar, guruhlar va alohida fuqarolarga ijtimoiy himoya, yordam va ko‘mak berish bo‘yicha faoliyatdir.
Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning bir-biri bilan zich bog‘liq ekanligini aytib o‘tish kerak. Ijtimoiy ish bu ijtimoiy siyosatning amalga oshishini o‘ziga xos shaklidir. Ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning asosidir.
O‘zbekistonda ijtimoiy ishni ilgari surish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda, har yili u yoki bu ijtimoiy shior ostida o‘tadi, ijtimoiy himoya yoki aholining biror kategoriyasi yili deb e’lon qilinadi. Davlat rahbarlari mavzu aktivlashtirib, ijtimoiy himoya siyosatini hayotimizda maqsadga muvofiq holda o‘tkazib, har bir yilni ajratishadi. “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Ona va bola yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili”.
Hozirda O‘zbekiston o‘zining demografik xususiyatlari va ko‘p yillik urf-odatlari natijasida aholisini 60-foizini bolalar va yoshlar tashkil etadigan davlat hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy himoyasi jarayoni bolalar va oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga chaqirilgan vazirlik va tashkilotlarning qiyin va ko‘p tarmoqli tizimi orqali amalga oshiriladi. Yurtimizning boshidanoq yordam va ko‘makka muhtoj fuqarolari kategoriyasi singari, bollarning qiziqishlarini ta’minlash ham ushbu faoliyatning asosiy mezonidir. SHu bilan bog‘liq holda, bolalarni himoya qilish dasturida ijtimoiy ishning rivojlanishi judayam zarurdir, negaki aynan shu soxa mutaxassislari bolaning butut bolalaik davridagi qiziqishlarini bildiradigan huquq va vakolatlarga ega bo‘lishlari kerak.
Ijtimoiy ish ta’lim jarayoni, har xil davlatlarning bir-biridan kuchli farq qiladigan milliy ta’lim dasturini o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy ishchilarni o‘qitishda yagona namuna yo‘q. Lekin shunday tushuncha borki aniq bir sotsiumda qiyin vaziyatga tushib qolgan insonga maxsus bilimlarsiz malakali yordam ko‘rsatish qiyindir.
O‘zbekistonda oliy ta’limni olish ikki bosqichdan iborat: bakalavriat(4-yil) va magistratura (2-yil) tayyorlash. O‘zbekistonda ijtimoiy ishni institutlashtirish jarayoni boshlangandan so‘ng qisqa vaqt ichida ijtimoiy soxa uchun kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi oliy
ta’lim tizimi tarmoqlari universitetlarda, kolledjlarda, qayta tayyorlash maxsus kurslarda kengayish tendensiyalari kuzatilmoqda.
XX-asrning 90-yillaridan boshlab O‘zbekiston Milliy Universitetining sotsiologlar tayyorlash jaryoniga “Ijtimoiy ish” o‘quv kursi kiritildi. Uning maqsadlariga ijtimoiy ishning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlarini etika va tadqiqot metodlari, ular bilan bog‘liq tajribalar haqida to‘liq tushuncha berishdir.
2004 yilda Toshkent davlat Madaniyat institutida “Ijtimoiy ish” o‘quv yo‘nalishi ochilgan. Xuddi shu yili vazifasi bakalvri darajasida yuqori malakali ijtimoiy ishchilar tayyorlash bo‘yicha kafedra ochildi.
2005 yil sentyabrida xuddi shunday o‘quv yo‘nalishlari O‘zbekistonning ikkita Universitetlarida ochildi-Samarqand va Farg‘ona Davlat Universitetlarida.
2006 yilda “Aholining har xil guruhlari bilan ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul qilindi.
2010 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetida “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalarini tayyorlash boshlandi.
2020 yilda Buxoro Davlat Universitetida “Ijtimoiy ish(Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalarini tayyorlash boshlandi.
O‘quv jarayonida alohida e’tibor ijtimoiy ishning bo‘lajak mutaxassisliklarini amaliy tayyorgarligiga qaratiladi. Birinchi kursdan boshlab talaba tanishtiruv, o‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotini o‘tashi shart.
To‘liq aytganda, ijtimoiy ish mutaxassisi nazariy bilim va amaliy tajribalarni olgandan so‘ng ijtimoiy soxasidagi faoliyatda tashkiliyboshqaruv, ilmiy-pedagogik va amaliy tajriba qobilyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy ishni mutaxassislashtirishdagi asosiy masala, ushbu sohaning xalqaro talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash uchun munosib shart sharoitlar yaratishdir. Bu sohadagi ta’lim tizimi nazariyoti va amaliyotdan tashkil topishi kerak. Ta’limning asosiy shartlariga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘lishdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy ishni ilgari surish bo‘yicha Milliy jamoa a’zolari tomonidan ijtimoiy ishchining professiogrammasi ishlab chiqildi. Uning asosiy vazifasi, ish sub’ektiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni xisobga olgan holda, professional muxim sifatlarni amalga oshirish zaruriyati bilan bog‘liq.
Ijtimoiy ishchining professiogrammasi mutaxassislarni, ijtimoiy ishi va ularning faoliyati standartlari bo‘yichayaratishda qo‘yilgan birinchi qadamdir va bu ularning ta’lim tizimi va professional o‘quv jarayonini mukammallashtirishda muhim hisoblanadi.
“Bolalar uchun foydali dunyo” hujjati, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati va xalqaro donorlik uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshiralayotgan ishlar asosida ishlab chiqilgan. O‘tish davrida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni saqlab qolgan oz yoki yagona sobiq sovet davlatlaridan hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligi O‘zbekiston uchun assoiy birlamchi hisoblangan. Buning namunasi sifatida shuni ko‘rsatish mumkinki, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida davlat tekshiriuvi subsidyalari tufayli aholining asosiy mahsulotlarini narxlari ko‘tarilmadi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining qaror topishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarni samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beradigan zamonaviy metodika va texnologiyalardan keng foydalanish mamlakat ijtimoiy siyosatining eng muxim tendensiyasi hisoblanadi. Mahalliy boshqaruv organlarida, hokimliklarda xududiy ijtimoiy xizmatlar tarmog‘i tashkil etilishi va rivojlanishi, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tufayli aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati haqiqatga aylanmoqda.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda va mamlakat fuqarolarini ijtimoiy ximoya qilishda nodavlat sektor salmog‘i tobora oshib bormoqda. U kishilarning ijtimoiy ehtiyojlariga erkin va tezkor munosabatda bo‘lmoqda. Oxirgi yillarda mahalliy hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar soni oshib bormoqda.
Mamlakat aholisini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturlarini shakllantirish zarurligiga shubha yo‘q. Davlatimizning butun ijtimoiy siyosati shunga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o‘zaro uzviy bog‘langan. Ijtimoiy ish –bu ijtimoiy ishning o‘zagi va yo‘nalishidir. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo‘lida faoliyatning mamlakatimiz uchun yangi turini shakllantirish va ijtimoiy xodimlarni kasbga tayyorlash zarur.
“Oxirgi yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-ish,-ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan angliyalik olim Terri Myorfining fikricha,- tez rivojlanadi va mamlakat hamda ijtimoiy xodim kasbi mintaqada faoliyatning ushbu turida o‘zining etakchi rolidan faxrlanishi uchun barcha asosga ega”.
Hozirgi vaqtda respublikada ijtimoiy himoya qilish va qo‘llabquvvatlash faoliyati turli soha mutaxassislari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar, huquqshunoslar va boshqalar mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi. Shubhasiz, turli soha mutahassislari integratsiyasi kerakli va zarur ishdir. Biroq hozirgi mamlakat yangi Ijtimoiy Faoliyat Institutini tashkil etish bosqichida turibdi. Bunday institutni tashkil etish uchun barcha asoslar yaratilgan. Bular: davlatning kuchli ijtimoiy siyosati, mahalliy xokimyat organlari faoliyati, turli ijtimoiy tashkilotlar faoliyati. Biroq aytib o‘tilgan agentliklar faoliyati turli-tumanligiga qaramay, ijtimoiy ishga birgina juda muhim bo‘g‘in-ijtimoiy ishni nazariy asoslash etishmaydi. Yangi yo‘nalishdagi malakali mutaxassislarni-ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirib, ijtimoiy ishning nazariy asoslarini yaratish zarur.
2006 yildan boshlab O‘zbekistonda institutlashtirishdan qaytish, ya’ni bolalar uylariga topshiriladigan bolalar sonini kamaytirish, bolalarni biologik oilalariga qaytarish va mamlakatda ota-onasiz bolalarni boshpana bilan ta’minlashning muqobil shakllarini rivojlantirish sari qadam tashlandi. Ushbu chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi muassasalarini malakali ijtimoiy xodimlar bilan ta’minlash masalasiga uzviy bog‘liq.
Xulosa
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorlik loyihalari doirasida markaz bazasida ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarining o‘tkazilishi qisqa muddatlarda ushbu soha xodimlarini kasbga tayyorlash bo‘yicha muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Yangi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash.
Bolani oilaga qayta integratsiya qilishga qaratilgan, uning biologik oilasi bilan ijtimoiy ish olib borishdan tashqari, xomiylar ko‘magida tarbiyalash, farzandlikka olish singari bolalarni boshpana bilan ta’minlashning muqobil shakllarini faollik bilan rivojlantirmoqda. Respublika bolalar moslashuvi markazi xodimlari tomonidan foster oilalarni saralab olish mezonlari ishlab chiqildi. Mazkur mezonlar foster g‘amxo‘rlik va farzandlikka olish tizimida ijtimoiy ish xalqaro amaliyotini e’tiborga olgan holda tuzilgan. Vaqtincha yoki uzoq muddatga ota-onalari g‘amxo‘rligisiz qolgan bolalar uchun qabul qiluvchi oilalarga aylanishi mumkin bo‘lgan oilalarni aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Mazkur bosqichda oila va bolalarni himoya qilish xizmati xodimlari tomonidan foster oilalariga ijtimoiy hamrohlik qilish modeli ishlab chiqildi.

Download 41,05 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Professional ijtimoiy xodimlar tayyorlash zamonaviy

Download 41,05 Kb.