|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 315/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
235
3-rasm. Umr soati
Dunyoda koʻzga koʻrinmas g‘oyat bebaho narsa borki, u ham boʻlsa - vaqt. Vaqt – oʻtib boruvchi va
oʻtmishga aylanuvchi, keluvchi va voqelikka aylanuvchi jarayon. Vaqt mavjud boʻlmagan kelajakdan kelib,
voqelikka aylanadi, keyin esa endi mavjud boʻlolmaydigan oʻtmishga aylanadi.
Qadimgi Rim faylasufi kichik Plinniy – “inson qanchalar baxtli boʻlsa, vaqt shunchalik tez kechadi”
degan.
E.Kant vaqt xuddi fazo singari mutlaq voqelik emas, u oliy ongning sof, azaliy shakli boʻlib, zohiriy
hamda botiniy olamlar asosidir, deb aytgan. Uning ta’kidlashicha, vaqt chetdan qaraganda kishiga zohiriy
oʻlchamday tuyulishi mumkin, ammo u mohiyatan ilohiy xususiyatga ega.
Shaftolilar – jannat mevalaridan biri. Ikki bir juft shaftolining berilishi bu oʻtkinchi dunyoda
hammaning jufti haloli bilan yaratilganligiga ishora. Shaftolining yorug‘ tomoni insonlarning xursandchilik
kunlarini, uning soyasi qiyinchilik kunini anglatadi.
Ikki shaftoli va sharbat dasturxondan tashqarida tasvirlanishi bu oʻtkinchi dunyodan rizq-u nasibaning
uzilganligini bildiradi. Chunki dasturxon rizq, nasiba ramzidir.
Uch bargli novda – umuman, barg hayot ramzi. Ota-ona va farzand, ya’ni oila ramzida ifodalangan.
Insonlar jufti haloli bilan yashab oila quradilar.
Sharob – hayot sharbati, nasiba, oʻlim sharbati ramzi. Oʻtkinchi dunyoda har inson oʻlim sharbatini
ichuvchidir. Idishdagi sharbatning yarmi ichilganligi insonning uzoq umr koʻrmaganligi, ya’ni 30-35 yoshlar
atrofida vafot etganligiga ishora qilingan.
Tasbeh – insonning xudojoʻyligiga va uning oʻtgan umrini ifodalagan.
Quticha – sirli quticha, sirli dunyo. Yopiq quticha insonlarning hayoti sirlidir, ularning umri qanaqa
oʻtishi hech kimga ayon emas. U faqat yaratganga ayondur. Yana inson bu oʻtkinchi sinov dunyosida oʻzidan
nimalarnidir meros qilib qoldiradi, ezgulik yoki yovuzlik.
Dasturxon – insonlarning foniy dunyodagi rizq–nasiba ramzi. Dasturxon qizil rangdaligi qonni
anglatadi. Qon esa hayot joʻshqinligini, kurash va qarama–qarshilikdan iborat ekanligini bildiradi. Hayotda
ezgulik yoʻlida yurgan inson komillikka erisha oladi deyiladi.
Yorug‘lik va qorong‘ulik – olamning qarama–qarshiligi, zulmat, tun va kundan, ezgulik va
yovuzlikdan iborat ekanligi. Inson hayoti zulmatdan iborat ekanligi, u zulmatdan yorug‘likka, ya’ni olamni
anglashga harakat qiladi va hayotining oxirida hech nima bilmasligini anglatadi. Agarda chap tomondan
tushayotgan yorug‘lik, asosan, ikki narsaga: odam chanog‘i va nota daftari, bu hayot va oʻlim timsolida
berilgan. Yana asarni vertikalidan ikkiga ajratilsa chap tomoni yorug‘ ikkinchi tomoni qorong‘ulik. Bu esa
tun va kunni, ezgulik va yovuzlikni, hayot va oʻlimdan iboratligiga ishora qiladi.
Qum soat – besh kunlik dunyo, inson umrining bir lahza ekanligi, soatning yorug‘lik bilan
qorong‘ulikni oʻrtasida berilishi, tiriklikdan vaqti soati yetib, oʻlim borligi uqtiriladi.
Xulosa. X.Stenvekni natyurmort janrida “Bosh chanoqli natyurmort” bajarilgan asari “borliq va
yoʻqlik” olam falsafasini bayon etgan boʻlib, insonlarni hayot abadiy emasligi, oʻz vaqtini, ya’ni hayotini
behuda oʻtkazmasligi, oʻz va oʻzgalar hayotini qadrlashga chaqiradi.
Tug‘ilish va oʻlim. Oʻlim va tug‘ilish. Ular oʻrtasidagi farq shundaki, inson tug‘ilishi bilan
mavjudligining bir koʻrinishi – “oʻladi”, vafot etganida esa mavjudligining yangi bosqichi – “tug‘iladi”.
Shundanmi, “oʻlim- bir hayotning tugab, ikkinchi hayotning boshlanishidir”, degan ekan mashhur faylasuf
Arastu.
Bu borada ayniqsa mashhur soʻfiy, shoir, avliyo Xoja Ahmad Yassaviyning quyidagi hikmati ayniqsa
diqqatga sazovordir.
Beshak biling, bu dunyo borcha eldin oʻtaro,
Inonmag‘il molingga, bir kun qoʻldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh, qayon ketti fikr qil,
Toʻrt oyog‘lig‘ choʻbin ot bir kun sanga yetaro.
Dunyo uchun g‘am yema, haqdin oʻzgani dema,
https://buxdu.uz
|
| |