|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 323/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
242
a) ishlashning maqsadi (maqsadli tahlil jismoniy tarbiya sohasida olingan natijalarni matematik-
statistik tahlil va ularni solishtirish);
b) tarkibiy qismlarning tarkibi (tarkibiy tahlil jismonan sog‘lom yosh avlodni voyaga yetkazish,
bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy
asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish);
d) ichki va tashqi ishlash mexanizmlari (har bir jarayonni olib borilishida uning qanday olib borish
toʻg‘risida rejasi tuzib olinadi. Funksional tahlilning olib borilishida ham quyidagi bosqichlarni amalga
oshiramiz: tayyorgarlik bosqichi; manbaa toʻplash etapi; tahlil etish jarayoni; ijodiy mulohaza bosqichi;
taklif etish jarayoni; ilg‘or g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etish etapi);
e) paydo boʻlishi va rivojlanishi (genetik tahlil – organizmlardagi irsiyat va oʻzgaruvchanlikni
oʻrganish usullari yig‘indisi. Genetik tahlil yordamida organizmlar belgi va xususiyatlarining oʻziga xos
rivojlanish farqlari oʻrganiladi, bu farqlarni nazorat qiluvchi genlar miqdori hamda ularning oʻzaro ta’sir
xarakteri aniqlanadi.
3. Tadqiqot predmeti sifatida ta’kidlangan “Jismoniy madaniyat” fanida tanlangan sport turi asosida
sportga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya jarayonida talabalarning sport madaniyatini shakllantirish (umumiy
madaniy va kasbiy vakolatlarni shakllantirish) tizimi aniqlandi (maqsadlar, mazmun, shakllar), ularni toʻliq
tavsiflash uchun zarur va yetarli boʻlgan uslublar va oʻquv qoʻllanmalari koʻrib chiqildi.
4. Model xarakteristikalari natijalarini tahlil qilish insonning sport madaniyati tarkibidagi zarur va
yetarli tarkibiy qismlar: motivasion, shaxsiyat-xulq-atvorli, jismoniy, informatsion, refleksiv, operasion deb
tasnif qilishga asos beradi.
5. Tizimli tahlil metodologiyasiga muvofiq shaxsning sport madaniyati tizimli ravishda tashkil etilgan
obyekt sifatida qaraladi va maqsadga yoʻnaltirilganligi, tarkibiy qismlarining mazmuni, ichki va tashqi
faoliyat mexanizmlari, paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda izchil ochib beriladi.
6. Sport madaniyati konsepsiyasini sport faoliyatining maqsadlari va mazmuni (faoliyat yondashuvi),
shaxsiyat xususiyatlari (shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv) va uni tizimli tashkil etish g‘oyasi (tizimli
yondashuv) boʻyicha tan olinishiga asoslanib, sport madaniyatini insonning yaxlit, tizimli ravishda
uyushtirilgan va shaxsan aniqlangan xarakteristikasi deb tushunamiz, uning maqsadi va mazmuniga mos
keladigan, shaxsan va ijtimoiy jihatdan maqbul darajada amaliy bajarilishini ta'minlaydigan sport faoliyati
sub'ekti sifatida qaraladi. Sport madaniyatini shakllantirish maqsadlar, vazifalar va sifat jihatidan oʻziga
xosligi bilan ajralib turadigan pedagogik tizim sifatida tadqiq etiladi.
|
| |