|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
| bet | 325/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilКлючевые слова: воспитание, народные праздники, национальные игры, развитие,
совершенство, физические качества, традиция.
This article highlights the role of Uzbek national holidays in the comprehensive development of young
people, as well as in the formation of physical qualities of primary school students.
Key words: education, national holidays, national games, development, perfection, physical qualities,
tradition.
Kirish. Yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunda
ta’lim tizimi oldida turgan muhim masalalaridan biridir. Bu masalani amalga oshirishda esa boshlang‘ich
ta’lim muhim oʻrin tutadi. Boshlang‘ich ta’limda yoshlarimizni aqliy hamda axloqiy tarbiyalash bilan bir
qatorda ular organizmining shakllanishi va rivojlanishida asosiy ahamiyat kasb etadigan jismoniy tarbiyaning
oʻrni beqiyosdir. Darhaqiqat, mamlakatning kelajagi ham aqlan, ham ma’nan, ham jismonan uyg‘unlikda
faoliyat olib boradigan yoshlarimizning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maktab oʻquvchisining
shaxs, komil inson boʻlib shakllanishida, rivojlanishida jismoniy tarbiya alohida ahamiyat kasb etishi
shubhasiz. Xalq jismoniy tarbiyasi esa insoniyat rivojining ilk bosqichlaridayoq bola va oʻsmirlarning
shakllanishida asosiy vositalaridan biri boʻlgan. Shu bois bugungi milliy oʻzligimizni anglayotgan davrda
xalqning milliy qadriyatlariga asoslangan jismoniy tarbiya alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Asosiy qism. Milliy qadriyatlarni ilmiy oʻrganish va targ‘ib qilishda olimlardan akademik J.Tulenov,
professorlar M.Murodov, U.Qoraboyev, I.Jabborov, N.Bekmurodov, T.Javliyev kabilarning ishlarini alohida
ta’kidlash oʻrinlidir. Jismoniy tarbiya va sportga oid milliy qadriyatlarni ilmiy oʻrganish va keng targ‘ib
qilishda olimlarimizdan A.Q.Atoyev, R. Abdumalikov, T.S.Usmonxoʻjayev, R.S.Salomov, Oʻ.Ibragimov,
X.A.Meliyev,
Sh.Xonkeldiyev,
A.Abdullayev,
K.Maxkamjonov,
X.T.Rafiyev,
K.D.Yarashev,
R.K.Qudratov, T.X.Xoldorov, F.Xoʻjayev, K.Yusupovlarning ishlarini alohida ta’kidlash zarurdir.
Qadriyatlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati haqida professorlar X.Homidov, O.Musurmonova, S.Nishonova,
M.Inomova, M.Davletshin, F.Nasriddinov, T.Usmonxoʻjayev, X.Rafiyev, Oʻ.Ibrohimov, R.Abdumalikov,
F.Axmedov, X.Meliyev, Sh.Q.Mardonov, O.Jamoliddinovalarning maqolalari, risolalari, uslubiy
qoʻllanmalari, monagrafiyalar va ular tomonidan ilmiy darajalar uchun yozilgan dissertatsiyalari hamda
oʻquvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini alohida
takidlash lozim. Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yoshlarda jismoniy sifatlarni har tomonlama
rivojlantirish, ularning milliy qadriyatlarga e’tiborini oshirish, ma’naviy, axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish
uchun kichik maktab yoshi eng qulay davr hisoblanadi. Oʻz navbatida shaxsning jismoniy shakllanishi va
jismoniy tayyorgarlik dinamikasi oʻquvchining mehnat qilish layoqati va izchil bajariladigan jismoniy
mashqlarning xususiyatiga bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf oʻquvchisining jismoniy sifatlarini rivojlantirish
uchun milliy va harakatli oʻyinlarga asoslangan dars, mashqlarni toʻg‘ri tashkil etish va oʻtkazish eng muhim
masaladir. Koʻpgina tadqiqotchilar maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi boʻyicha olgan
ma’lumotlar tahlilining koʻrsatishicha kichik maktab yoshiga kelib rivojlanishning tezlashish jarayoni roʻy
beradi. Shunga asosan mazkur maqolamizda milliy xalq bayramlari orqali boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida
jismoniy sifatlarni shakllantirish masalasiga e’tiborimizni qaratdik.
Oʻzbek xalq bayramlari oʻzining uzoq oʻtmishi, boy tarixiga ega boʻlgan, ajdodlardan avlodlarga
meros sifatida oʻtib kelayotgan ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan hisoblanadi.
https://buxdu.uz
|
| |