3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
245
Jismoniy va sog‘lomlashtiruvchi ahamiyati – xalq bayramlarida tashkil etiladigan milliy oʻyinlar
oʻynalganda organizm tizimlari – nafas olish, mushak, yurak qon tomirlarga samarali ta’sir qiladi. Oʻyinlar
ochiq havoda oʻynalganda qon kislorod bilan toʻyinadi va bu moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Bu esa
organizmga ijobiy ta’sir koʻrsatadi va barcha hujayralar uyg‘onadi. Oʻyin oʻynagan shaxs jismonan sog‘lom
va baquvvat boʻlib voyaga yetadi. Xalq milliy bayramlarining barchasida chaqqonlik, epchillik, jasurlik,
pahlavonlik, mardlik kabi jismoniy sifatlar va insoniy fazilatlar toʻla mujassamlashgan.
Boshlang‘ich sinf oʻquvchilari bilan milliy oʻyinlarning elementlari, harakatli oʻyinlarning maqsadli
tashkil qilinishi natijasida ularning ongiga milliy qadriyatlarimiz tobora singdirib boriladi. Natijada ta’lim-
tarbiya jarayonlarida milliy oʻyinlar tobora singib, keng qoʻllanish imkoniyatlari yaratadi. “Navroʻz”,
“Mustaqillik kuni”, “Hosil bayrami” kabi xalq bayramlarida milliy oʻyinlarimiz (arqon tortish, bilak kuchini
sinash, ot oʻyinlari, xoʻroz, qoʻchqor urishtirish) keng ommalashib bormoqda. Hatto, chet elliklarda ham
qiziqish uyg‘otmoqda.