3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Yurtimizda va jahon sporti amaliyotida toʻplangan ilg‘or pedagogik tajribalar sportchilar 
tayyorlash tizimining turli bosqichlarida tashkil etilgan musobaqa faoliyatini natijaviyligi oʻquv-
mashg‘ulotlari jarayonlarini toʻg‘ri rejalashtirish va boshqarish samaradorligi bilan toʻg‘ridan-toʻg‘ri 
bog‘liqligini koʻrsatadi. Ammo bugungi kunda erkaklar oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon va Osiyo 
chempionatilarida yengil atletikaning qisqa, oʻrta va uzoq masofalarga yugurish turlari boʻyicha qoʻlga 
kiritilgan natijalarini Oʻzbekistonlik sportchilar koʻrsatgan natijalari bilan qiyosiy tahlil etganimizda ular 
oʻrtasida sezilarli farq borligi aniqlandi. Bunday sport natijalarining qayd etilishi sportchilarimizning 
tayyorgarligida oʻziga xos kamchiliklar mavjudligini koʻrsatadi. Bunda birinchidan, ular bilan 
oʻtkazilayotgan sport mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yuklamalarni toʻg‘ri taqsimlanmasligi sabab boʻlsa, 
ikkinchidan, mashg‘ulot vosita usullarini tayyorgarlik bosqich va davrlariga mos ravishda qoʻllanmasligidir, 
uchinchidan, sportchilarni saralashda yoʻl qoʻyilayotgan xatoliklar boʻlsa, toʻrtinchidan, ularni jimoniy 
rivojlanishi, jismoniy funksional holati, texnik-taktik tayyorgarligini inobatga olinmasdan mashg‘ulotlarni 
tashkil etilishi qisqa, oʻrta va uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorlash samaradorligini 
pasayishiga olib kelmoqda. 
Yuqoridagi muammolarni hal etish va yechimini topishda yetakchi olimlardan V.N.Nikitushkin, 
F.P.Suslov, (2017-y), V.K.Balsevich va boshqalar sportchilar tayyorlash tizimini optimal rejalashtirishni 
takomillashtirish boʻyicha qator ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishgan boʻlsa V.V.Ivochkin va boshqalar (2009-y), 
Yu.G.Travin, O.I.Pavlova, V.B.Zelechonok va boshqalar, Yu.V.Verxoshanskiy yengil atletikachilarni yillik 
mashg‘ulotlarini tuzilishi va koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida sportchilarni tayyorgarlik texnologiyasi 
boʻyicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Ammo ularning ishlarida yuklamalar hajmini umumiy tarzda 
berib oʻtishgan. Yuklamalarni rejalashtirish boʻyicha bergan ma’lumotlarida yugurish shiddati, takrorlanish 
sonlari aniq me’yorlari yosh xususiyatlari boʻyicha koʻrsatilmagan va koʻp yillik mashg‘ulotlarni 
rejalashtirish dasturlari umumiy holatda yoritilganligi aniqlandi. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish