|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 338/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
253
taqsimlashi va oʻtkazishi ularni kutgan sport natijasiga erishishni ta’minlamasligi kuzatildi. Bu esa
sportchilar tayyorlash tizimida oʻtkazilayotgan mashg‘ulotlar samarasini toʻliq ta’minlamasligiga olib keladi.
Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari qisqa masofalarga yugurishda oʻrtacha yuklamalar hajmi boshlang‘ich
ixtisoslikda 1300-1500 km tashkil etib, shundan maxsus jismoniy tayyorgarlikka 40% bajarilgan boʻlsa,
umumiy jismoniy tayyorgarlikka umumiy yuklamani 60% bajargan. Chuqurlashtirilgan bosqichda esa
umumiy yuklamalar 1650 kmni tashkil etib, shundan 42,5 % maxsus yugurish mashqlariga e’tibor berilagn
boʻlsa, umumiy jismoniy tayyorgarlikka 57,5 % yuklama bajarilishi aniqlandi. Sport takomillashuv
bosqichida esa umumiy yuklamalar hajmi 1800 km tashkil etib, shundan II-III-IV-V shiddat zonasida 43,6
%ni bajargan boʻlsa, umumiy va ixtisoslashmagan yuklamalar 56,4 % ni tashkil etilishi aniqlandi.
Oʻrta masofalarga yugurishda yuklamalar aerob va anaerob rejimda bajarilishi qayd etildi. Shundan
dastlabki tayyorgarik bosqichida umumiy yuklamalar 1800 km dan 2200 km gacha tashkil qilishi aniqlandi.
Boshlang‘ich ixtisoslikda esa 2000 kmdan 3000 kmgacha chuqurlashtirilgan ixtisosligida 2400 kmdan 3500
kmgacha umumiy yuklama hajmini tashkil etadi. Sport takomillashuv guruhida esa umumiy yuklamalar
hajmi 3000 km dan 4500 km gacha taashkil etishi kuzatildi.
Uzoq masofalarga yuguruvchilarda esa dastlabki bosqichda oʻrtacha yuklamalar 2200 kmdan 2800
kmgacha boshlang‘ich ixtisoslikda esa 2400 km – 3500 kmgacha tashkil qilar ekan. Chuqurlashtirilgan
ixtisoslik bosqichida esa 3000 kmdan – 4500 kmgacha sport takomillashuv ixtisosligida esa 3500 dan 6000
kmgacha umumiy yuklamalar tashkil etishi aniqlandi. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari yengil atletika boʻyicha
sportchilar tayyorlash tizimini yangi rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni talab
etadi.
|
| |