• Muhokamalar va natijalar.
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet336/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    251 
    Ushbu tadqiqotda yuklamalar hajmi yosh guruhini inobatga olinib yuklamalarni taqsimlanishi va koʻp 
    yillik tayyorgarlikning boshqarish sxemasi berilib unda boshqaruvni asosiy komponentlarini ochib berishga 
    harakat qilingan. 
    Sportchilar tayyorlish tizimida sportchilan kelayotgan axborot va murabbiy tomonidan berilayotgan 
    qaytma axborotlarini toʻg‘ri yoʻlga qoʻyilmaganligi. Qolaversa, sportchilar tayyorlash tizimini boshqarish 
    omillari, ya’ni joriy, oraliq va tezkor boshqaruv tizimini murabbiylar tomonidan puxta egallanmaganligi 
    sportchilar tayyorlash tizimini samaradorligini ortga surishi muqarrar. Albatta, buning uchun koʻp yillik 
    tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni boshqarish tizimini ishlatish zarur. Bu esa sportchilar tayyorlash 
    tizimida sportchilarni maqsadli tayyorlash samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. Buning uchun albatta 
    koʻp yillik tayyorgarlik bosqich va davrlarida iqtidorli istiqbolli sportchilarni izlab topish, tayyorgarlik 
    mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish va ular bilan oʻtkaziladigan sport mashg‘ulotlarini yangi 
    texnologiyalar asosida boshqarish kabi omillarni amaliyot jarayoniga tadbiq etishni taqazo etadi. Bu esa 
    sportchilar tayyorlash tizimida bugungi kundagi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan dolzarb masalalardan biridir. 
    Muhokamalar va natijalar. Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlari boʻyicha olib borilgan tadqiqot 
    natijalariga koʻra, tayyorgarlik dasturlari, maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, 
    yildan-yilga mashg‘ulot yuklamalari tayyorgarlik bosqichini maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 
    takomillashtirib boriladi (Nikitushkin V.N.). Koʻp yillik tayyorgarlik boshlang‘ich ixtisosligi bosqichida 
    shug‘ullanuvchi sportchilarni saralash va tor ixtisoslikka yoʻnaltirish vazifalari amalga oshiriladi. Ular bilan 
    oʻtkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni tor ixtisoslikka yoʻnaltirish, tanlagan ixtisosligi boʻyicha texnikasini 
    egallash va musobaqa tajribasini shakllantirish masalalari hal etiladi (Nikitushkin V.N., Suslov F.P. 2017-y.) 
    Chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida funksional, maxsus jismoniy tayyorgarligi texnik-taktik, psixologik 
    tayyorgarliklar rivojlantirishiga musobaqalarda ishtirok etish va hakamlik amaliyotlariga e’tibor qaratiladi. 
    Sport takomillashuv bosqichida sportchilarni asosiy musobaqalarga maqsadli tayyorlash, ularning integral 
    tayyorgarligini har tomonlama takomillashtirish, xalqaro sport musobaqalarida tajribaga ega boʻlish kabi 
    omillar takomillashtiriladi. Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlariga bog‘liq holda maxsus tayyorgarlik 
    koʻrsatkichlari va musobaqa faoliyati natijaviyligi oʻrtasidagi oʻzaro korelyatsion bog‘liqliklar mavjud. 
    Sportchilarning koʻp yillik tayyorgarligini boshqarishning innovatsion texnologiyasi quyidagi tarkibiy 
    qismlardan tashkil topadi: 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish