|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 340/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
254
TA’LIM-TARBIYA FIDOYISI
70 YOSHINGIZ MUBORAK BO‘LSIN
“Axloq – odobga doir hadis namunalari” kitobida shunday so‘zlar bor: “O‘zini kamtarin olib yuruvchi,
halol kasb qiluvchi, qalbi pok, ko‘rinishi yoqimli kishilar naqadar yaxshi”. Mana, yarim asrdan oshiq
pedagoglik kasbini ulug’lab kelayotgan, tunlarni kunlarga ulab qilgan halol mehnati bois “Xalq ta’limi
a’lochisi” nishoniga sazovor bo‘lgan, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ataxoʻjayev Valixoʻja ham
hadisda ulug’langan ana shunday baxtli insonlardan biridir. U 1972-1977-yillarda Andijon davlat tillar
pedagogika institutini tugatib, pedagogik faoliyatini o‘zi tug’ilib o‘sgan Andijon viloyatining Izboskan
tumanidagi 12-maktab rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi mutaxassisi sifatida ish boshladi. 1980-yilda
Andijon davlat tillar pedagogika institutida ish boshlaganida faqat o‘zigagina xos bo‘lgan kasb mahorati,
ajoyib insoniy fazilatlari bois jamoa a’zolarining hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘ladi. “U sabr-toqat bilan
guruhda intizomni o‘rnatib, mehr bilan fidokorona dars o‘tadi”, degan so‘zlarini kasbdoshlari faxr bilan tilga
oladi.
Imoni pok, e’tiqodi kuchli bu insonga taqdir mansab tojini kiydirganiga ham 50 yildan oshdi. Andijon
davlat tillar oliygohida 35 yil mehnat qildi. Kafedra mudiri, rus tili va adabiyoti fakulteti dekani, institut
ilmiy ishlar bo‘yicha mudir lavozimlarida ilmiy tadqiqotni takomillashtirishga katta hissa qo‘shdi.
Aspirantura ochdi, unga boshchilik qildi.
Hozirgi davr o‘zbek pedagogikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, uning taraqqiyoti uchun jon
kuydirgan, fidoyi olim va mohir murabbiy sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan uztozim Ataxoʻjayev Valixoʻja
bugun o‘zlarining tabarruk 70 yoshlarini oila azolari hamda kasbdoshlari, yor-u do‘stlari davrasida
nishonlamoqda. U o‘zining tinimsiz amaliy faoliyati – o‘qituvchilik, yoshlarga o‘qitish va tarbiyalash
sirlarini o‘rgatish bilan birga nazariy, ilmiy tadqiqot faoliyati orqali pedagogikaning eng dolzarb masalalari
ta’lim samaradorligini oshirish borasidagi tadqiqotlar yechimiga munosib hissa qo‘sha olgan iqtidorli
olimdir.
Ustozning ilmiy ishlari va darsliklari o‘zining chuqur nazariy-metodologik jihati, dolzarb va dalillarga
boyligi, ilmiy asoslanganligi sababli sobiq ittifoqning ko‘pgina yetuk olimlari tomonidan yuqori baholandi.
Ataxoʻjayev Valixoʻja fikricha, oliy o‘quv yurti o‘qituvchisi boshqa sohadagi o‘qituvchilardan farqli uch
faoliyatni uyg’un olib borolsa, muvaffaqiyat va obro‘ qozona oladi. Bular: yuqori saviyada dars bera olish,
ijtimoiy faoliyat bilan faol shug’ullanish, muntazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishida.
Chunonchi, shunday ishlash Ataxoʻjayev Valixoʻjaning ajralmas fazilati hisoblanadi.
Zabardast ustoz pedagoglik faoliyatida salmoqli tadqiqotlarini amalga oshirib, ko‘plab shogirdlarni
komillik sari yetaklab yaxshi natijalarga erishdilar. Ustoz Ataxoʻjayev Valixoʻjaning ilmiy ishiga bunday
yuqori baho berilishi va unga bo‘lgan qiziqishning boisi o‘z kasbini chin dildan sevib, tinimsiz ijod va
izlanishda bo‘lishlaridir. Ataxoʻjayev Valixoʻja faqatgina o‘zi ilm bilan shug’ullanmay, u yoshlarga
mehribon ustoz va beminnat maslahatchi hamdir. Ustozning ilmiy rahbarligida ko‘plab fan nomzodlari
S.M.Alijonova, Doniyorbek G’aniyev kabi yetuk pedagoglarga rahbarlik qilib, ustoz-shogird an’analarini
davom ettirmoqdalar. Ustozning ilmiy-pedagogik faoliyati faqat yuqoridagilar bilan chegaralanmaydi. U tom
ma’noda pedagogika fanining fidoyi tadqiqotchisi va tashviqotchisi hisoblanadi. U mamlakatimiz poytaxti va
uning turli shaharlarida tashkil qilingan ko‘pgina ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarda o‘zining
mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Ustoz bugungi kunda Toshkent davlat agrar instituti
Andijon filiali “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dosenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ustozning
kelgusidagi ilmiy pedagogik faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat, oilaviy sog’lik va xotirjamlik tilayman.
Mustaqil O‘zbekistonimizga yuqori saviyali barkamol kadrlarni hayotga tayyorlab, kelajakda yuz yoshlarga
kirishlarini tilab qolaman. Shogirdlar baxtiga hamisha sog’-salomat bo‘lsinlar.
|
| |