|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 318/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
238
Shuningdek, oʻzbek tilidagi “sport” sememali birliklarning struktur-semantik va lingvokulturologik
tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: terminologik leksikasining taraqqiyoti, sohaviy leksik
sistemaning semantik xususiyatlari, sport terminlarining lingvistik tabiati bilan bog‘liq natijalardan 2017-
2018-yillarda bajarilgan I–2017-1-14/3 raqamli “Oʻquvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali
tizimini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan. Natijada sport terminlari, umumtil
materiallaridan toʻg‘ri va samarali foydalanishga erishilgan, zaruriy oʻrinlarda ularning oʻzbekcha
muqobiliga almashtirishda foydalanilgan.
Muhokamalar va natijalar. Oʻzbek tilidagi sportga oid tushunchalarning lingvokulturologik tahliliga
doir nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalardan 2015-2017-yillarda bajarilgan A–1-099 raqamli
“Oʻzbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-
axloqiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” nomli amaliy loyihada foydalanilgan.
Natijada xalq oʻyinlari, milliy sportga xos soʻzlar, umumtil materiallaridan oʻrinli foydalanishga erishilgan
[3]. Shuningdek, 2017-2021-yillarda “13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va
metodikasi (pedagogika fanlari)” ixtisosligi boʻyicha 51 ta dissertatsiya ishi himoya qilingan. Ulardan 49 tasi
falsafa doktori (PhD), 2 tasi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan tadqiqotlar sanaladi [3].
Lekin tahlillarimiz natijasiga koʻra, soʻnggi 4 yilda birorta izlanishning tadqiqot predmeti sifatida “sport
atamashunosligi” oʻrin olmagan.
Hozirda ilmiy-ijodiy guruh tomonidan:
- sport ensiklopediyasi;
- sport jihozlarining oʻzbek tilida nomlanishi;
- jismoniy tarbiya va sport atamalari lug‘ati hamda izohli lug‘ati;
- sport sohasiga oid oʻzbek tiliga xorijiy tillardan oʻzlashtirilgan soʻz va atamalar lug‘ati hamda izohli
lug‘ati;
- sport turlari boʻyicha soʻz va atamalar hamda izohli lug‘ati yaratilmoqda.
Tahlillardan koʻrinadiki, bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha atamalarni oʻzbek tilida
muqobillashtirish muammosini tadqiq etish juda ham sust ravishda kechmoqda. Soʻnggi yillarda chop
etilayotgan yoki nashr etishga ruxsat berilgan qator oʻquv adabiyotlarida, ayniqsa, “sport jihozlari”, “sport
anjomlari”, “sport asboblari” va boshqalarning oʻzbekchalashgan muqobillari turli koʻrinishlarda
berilmoqda. Masalan, sport gimnastikasi boʻyicha jihozlardan birining nomi bir oʻquv adabiyotida “kozyol”,
yana birida “kon”, boshqasida “eshak” va (yoki) “uloqcha” tarzida yozilishini uchratish mumkin.
Xulosa. Birinchidan, istiqbolda bu kabi jismoniy tarbiya va sport sohasi atamashunosligi bilan bog‘liq
muammolarni tadqiq etishda, soha mutaxassislari oʻzbek tili mutaxassislari bilan hamkorlikda fundamental,
amaliy, innovatsion tadqiqot ishlarini olib borishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Ikkinchidan, mazkur tadqiqotlar natijasiga tayanib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshchiligida
“Jismoniy tarbiya va sport ensiklopediya”sini tuzish va iste’molga kiritish zarur hisoblanadi.
|
| |