• Asosiy qism.
  • Key words: uzbek language, physical education, sports, research, semantic unit “sport”, sports  terminology.  Kirish




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet317/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Key words: uzbek language, physical education, sports, research, semantic unit “sport”, sports 
    terminology. 
    Kirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-son “Oʻzbek 
    tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi [1], 2020-yil 
    20-oktyabrdagi PF–6084-son “Mamlakatimizda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish 
    chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi Farmonlari [2] ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqimizning koʻp asrlik 
    madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan 
    oʻzbek tilini targ‘ib qilish hamda oʻzbek tilshunosligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni 
    rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi “Oʻzbek 
    tili va adabiyoti boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari 
    toʻg‘risida”gi 139-sonli Qarori [3] qabul qilingan. 
    Asosiy qism. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya komissiyasi 
    oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyasi natijalari koʻra, 2015-2021-yillarda “10.00.01 – 
    Oʻzbek tili (filologiya fanlari)” ixtisosligi boʻyicha 124 ta dissertatsiya ishi himoya qilingan. Ulardan 108 
    tasi falsafa doktori (PhD), 16 tasi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan tadqiqotlar sanaladi 
    [4]. 
    Mazkur 
    dissertatsion 
    tadqiqotlarning 
    faqat 
    bittasidagina, 
    ya’ni 
    Shokirova 
    Mahbuba 
    Nazirg‘ulomovnaning “Oʻzbek tilidagi “sport” sememali birliklarning struktur-semantik tadqiqi” nomli 
    tadqiqot ishidagina jismoniy tarbiya va sport sohasi atamalari bilan bog‘liq muammolar oʻrganilgan [4]. 
    Muallif tadqiqotlarida “ot va ot sporti bilan bog‘liq odatlarni ifodalovchi leksemalar” mazmun va mohiyatiga 
    asosiy e’tiborini qaratgan [5]. Soʻnggi 5 yilda 10.00.01 – Oʻzbek tili (filologiya fanlari) ixtisosligidan 
    himoya qilingan umumiy tadqiqotlarning 0,0088 foizi jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid muammolar 
    ulushiga toʻg‘ri keladi. Tahlillarga koʻra, M.N.Shokirova tadqiqotining ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni:
    1) oʻzbek tili umumlisoniy leksikasi, sport sohaviy birliklari va terminologik qatlamga doir lug‘aviy 
    birliklarning iste’mol darajasi ochib berilganligini;
    2) “sport” sememali shaxs, predmet va jarayon nomlarini anglatuvchi leksemalarning semantik 
    belgilari aniqlanganligini; 
    3) sohaviy birliklar tarkibidagi kurashmoq, tepmoq, yugurmoq, sakramoq singari leksemalarning 
    sintagmatik munosabati orqali ularning lokal va temporal valentliklari asoslanganligi; 
    4) oʻzbek milliy kurashi va ot sportiga doir uloq, koʻpkari, kurash, qilichbozlik kabi lug‘aviy 
    birliklarning lingvokulturologik asoslari ochib berilganligini alohida e’tirof etish mumkin [4]. 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words: uzbek language, physical education, sports, research, semantic unit “sport”, sports  terminology.  Kirish

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish