|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 312/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKalit soʻzlari: milliy qadriyat, goʻzallik, tuyg‘u, madaniy meros, an’ana, ijodiy uslub, ramz, timsol,
oʻlim, qum soat, harakat, durdona, natyurmort, ilhomlanish, kompozitsiya.
В статье даны методологические основы философского анализа произведений, выполненных
методом “vantitas” в системе непрерывного образования, описаны пути повышения качества и
эффективности обучения на основе новаторского подхода к философскому анализу жанров
натюрморта в композиции и живописи.
Ключевые слова: национальная ценность, красота, эмоции, культурное наследие, традиция,
творческий стиль, символ, эмблема, смерть, песочные часы, движение, жемчужина, натюрморт,
вдохновение, композиция.
The article gives the methodological foundations of the philosophical analysis of works made by the
“vantitas” method in the system of lifelong education, describes the ways to improve the quality and
effectiveness of learning based on an innovative approach to the philosophical analysis of still life genres in
composition and painting.
Key words: national value, beauty, emotions, cultural heritage, tradition, creative style, symbol,
emblem, death, hourglass, movement, pearl, still life, inspiration, composition.
Kirish. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy hamda
innovatsiya yutuqlarini amalga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish vazifasi belgilangan. Ota-
bobolarimizning qanchalik buyuk shaxslar, yetuk alloma, olim va ulamolar boʻlgani bilan faxrlanibgina
qolmasdan, balki ularga munosib farzand boʻlish, olamshumul kashfiyotlar qilishga qodir xalq ekanimizni
amalda isbotlashimiz ham lozim. Bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning sifatini
oshirish, pirovardida yurtimizning ilmiy-texnologik salohiyatini mustahkamlab, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga
xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab
chiqarish salohiyati bilan balki, birinchi navbatda, oʻzining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan
kuchlidir. Madaniy meros va yuksak badiiylik milliy an’analarni rivojlantirish, undan foydalanish, undagi
ijodiy amaliyot uslublarini joriy etish, tabiiy materiallar bilan ishlash, insonlarda, ayniqsa, yoshlarda qunt,
chidam, qat’iyat, tasviriy va amaliy san’atning falsafiy, psixologik, qirralarini oʻrgatish maqsadga
muvofiqdir. Ta’lim tizimida, ya’ni maktab, lisey, kasb-hunar kollejlarida, oliy oʻquv yurtlarida oʻquvchi-
yoshlarni siyosiy–g‘oyaviy va estetik ruhda tarbiyalashda, goʻzallikni seza bilishga, san’at asarlarini kitob
oʻqigandek oʻqiy olishga, ulardan bahra olishga, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshirishga,
ushbu san’atga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish, kasb tanlash va dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol
oʻynaydi. Deni Didro shunday degan edi: “Qaysi millat oʻz bolalariga rasm ishlashni xuddi xat-savodni
oʻqish va hisob-kitobni oʻrgangandek qunt bilan oʻrgatsa, bu millat fan, san’at va hunarmandchilikda boshqa
xalqlardan oʻzib ketadi”.
|
| |