PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
228 
dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil 
etdi. Aniqki, bu sohada tomonlar hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega [1]. 
2020-yil yanvar-may oylarida tovar ayriboshlash hajmi 1,315 mlrd dollarni, shu jumladan, eksport 
196,6 mln dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi. 
Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2014-2020-yillarga moʻljallangan begʻaraz 
yordami toʻgʻrisidagi koʻp yillik indikativ dasturi doirasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni 
amalga oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablagʻ ajratildi. 
Shu sababli Toshkent va Bryusselda 2019-yildan beri muhokama qilinayotgan keng qamrovli 
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻg‘risidagi yangi kelishuv doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni 
rivojlantirish istiqbollariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 
Toshkentning Markaziy Osiyoda olib borayotgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatini qoʻllab-
quvvatlagan holda Bryussel mintaqamizga nisbatan oʻz siyosatini tubdan qayta koʻrib chiqdi. Bu Yevopa 
Ittiffoqining 2019-yilda qabul qilingan Markaziy Osiyo boʻyicha yangilangan strategiyasida oʻz aksini topdi. 
Mazkur hujjatda mintaqalararo oʻzaro bog‘liqlikni rivojlantirish, Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy 
barqarorligi va izchil taraqqiyotini Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. 
Ayni paytda Oʻzbekiston “Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimi” (GSP)dan foydalanmoqda. Unga 
koʻra, 3000 ga yaqin tovarlar bojxona toʻlovisiz va 3200 ga yaqin mahsulotlar Yevopa Ittiffoqiga arzon 
narxlarda eksport qilinishi mumkin. “Umumlashtirilgan imtiyozlar plyus tizimi” – GSP+ boʻyicha bir 
tomonlama tarif imtiyozlar olinsa, Yevropa bozoriga 6200 dan ortiq tovar turlarini bojxona toʻlovlarisiz 
eksport qilish imkoniyati yaratiladi. 
Ushbu imtiyozlarni berishda, Yevopa Ittiffoqi tomonidan bir qator omillarga asoslaniladi. Bular 
mamlakatda xavfsiz mehnat sharoitlari, mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarish 
jarayonini samarali boshqarish ta’minlanganlik darajasini oʻz ichiga oladi.
Oʻzaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga koʻtarish maqsadida Toshkent va 
Bryussel oʻrtasidagi yangi ikki tomonlama hujjat-“Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻg’risida”gi 
bitimni tuzish boʻyicha 2019-yildan boshlab faol muzokaralar oʻtkazilmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan koʻp 
jabhali muloqotni rivolantirishga xizmat qilayotgan mazkur yoʻnalishga asosan, 2017-2021-yillarga 
moʻljallangan “Harakatlar strategiyasi” doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli 
erishildi. Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek, 
Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash va 
konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel 
mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta koʻrib chiqdi. 
Bularning bachasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019-yil, iyun oyida) 
yangi strategiyada yaqqol namoyon boʻldi. Yevropa tomonning pozitsiyasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi va unga 
a’zo davlatlar Markaziy Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa 
oʻrtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir. Oʻzbekistonning majburiy mehnatga 
barham berish, sud islohotlari, qiynoqlarning oldini olish va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan bog’liq 
muammolarni hal etish borasidagi yutuqlarini Yevropa Ittifoqi alohida ta’kidlaydi. 
Ushbu sohalardagi sezilarli yutuqlar tufayli 2019-yilda Yevropa Ittifoqi “individual holatlar” deb 
nomlanuvchi roʻyxatni birinchi marta taqdim etmadi [2]. Albatta, bu mamlakatimizda mazkur sohalarda olib 
borilayotgan islohotlardagi sezilarli oʻzgarishlardan dalolat beradi. Ma’lumot uchun: “Oʻzbekiston-Yevopa 
Ittiffoqi” quyi qoʻmitasining adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va aloqador masalalari boʻyicha yig’ilishlari 
doirasida Yevropa tomoni qamoqdan ozod qilish talabi bilan “siyosiy mahbuslar” deb ataluvchi 10-15 
kishining roʻyxatini an’anaviy tarzda taqdim etar edi. Bundan tashqari 2019-2020-yillarda oqlanganlarning 
oʻtgan yillarga nisbatan juda koʻpligi Oʻzbekiston sud tizimidagi islohotlar amalda ijobiy natijalarni 
koʻrstayotganidan dalolat beradi. Oʻzbekistonning ushbu sohada erishgan ijobiy natijalari Yevropa 
Ittifoqining dunyoda inson huquqlari va demokratiya boʻyicha yillik hisobotida (2020-yil, iyun oyida e’lon 
qilingan) ham yuqori baholandi. Hujjatda 2016-yildan boshlab liberallashtirish va demokratlashtirishga 
qaratilgan keng qamrovli islohotlar dasturi, shu jumladan, siyosiy dasturlar amalga oshirilayotgani 
ta’kidlangan. 
Alohida qayd etilishicha, bu yoʻnalishda jiddiy yutuqlarga 2019-yil yakunida (22-dekabr) boʻlib 
oʻtgan parlament saylovida erishildi. Bu esa, oʻz navbatida, respublikamiz rahbariyatining tub oʻzgarishlarni 
amalga oshirishga boʻlgan intilishlarini yaqqol namoyish etdi. 
Bundan tashqari, Yevopa Ittiffoqi hisobotida soʻz erkinligi sohasida erishilgan ijobiy oʻzgarishlarga 
e’tibor qaratilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi turli davlat idoralari bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelgan oʻzbekistonlik 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish