• OʻZBEKISTON VA YEVROPA: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
  • Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Keywords
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet306/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    227 
    IQTISODIYOT VA TURIZM 
     
    Nurazimxon MAMAXONOVA 
    Buxoro davlat universiteti 
    tarix (yoʻnalishlar va mamlakatlar boʻyicha) 
    mutaxassisligi 1-bosqich magistranti 
    OʻZBEKISTON VA YEVROPA: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI 
     
    Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan savdo-diplomatik 
    aloqalarining soʻnggi bosqichi haqida adabiyotlar va internet materiallari tahlili asosida fikr-mulohazalar 
    yuritilgan. 
    Kalit soʻzlar: investitsiyaviy, individual holatlar, Federiko Mogerini, chegarasiz OAV, qora hudud
    benefitsiar, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Parlamenti. 
    В данной статье на основе анализа литературы и интернет-материалов даны отзывы о 
    последнем этапе торгово-дипломатических отношений Республики Узбекистан со странами 
    Европейского Союза. 
    Ключевые слова: инвестиции, индивидуальные случаи, Федерико Могерини, СМИ без границ
    черная зона, бенефициар, ЕС, Европейский парламент. 
    In this article, opinions on the last stage of trade-diplomatic relations of the Republic of Uzbekistan 
    with the countries of the European Union are made on the basis of literature and analysis of internet 
    materials.
    Keywords: investment, individual cases, Federico Mogherini, Mass Media Without Borders, black 
    zone, beneficiary, European Union, European Parliament. 
    Kirish. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi 
    munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri 
    boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya (2018-yil, oktyabr), Germaniya (2019-yil, 
    yanvar) va Turkiyaga (2017-yil, oktyabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning 
    natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli 
    kelishuvlarga erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil, may) hamda 
    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an (2018-yil, aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga 
    oshirganini alohida qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya 
    kabi davlatlar bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ish olib borilmoqda[1]. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish